Barcha Islom kutubxonasi

92 - The Night - Al-Layl

1

Tunning qoplab kelayotgan payti bilan qasam.

2

Nahorning tajalli payti bilan qasam.

3

Erkak va urg`ochining yaratilishi bilan qasam.

4

Albatta, sizlarning ishlaringiz turlichadur.

5

Ammo kimki (ato) bersa va taqvo qilsa...

6

Va go`zalni tasdiq qilsa...

7

Bas, Biz uni osonga muyassar qilamiz.

8

Va ammo, kimki baxillik va istig`no qilsa...

9

Va gozalni yolgonga chiqarsa...

10

Bas, Biz uni qiyinga muyassar qilamiz.

11

U qulagan vaqtda unga mol-mulki foyda bermas.

12

Albatta, hidoyatga boshlash Bizning zimmamizdadir.

13

Albatta, ham oxirat va ham bu dunyo Biznikidir.

14

Bas, Men sizlarni lovullagan o`tdan ogohlantirdim.

15

Unga badbaxtdan boshqa kirmas.

16

Osha yolgonga chiqargan va yuz o`girgan edi.

17

Va albatta, undan taqvodor banda chetda qoladir.

18

U, boyligini sarflaydir va o`zini poklaydir.

19

Biror kishining unda qaytarilishi lozim yaxshiligi yo`q edi.

20

Faqat, ozining oliy maqom Robbining roziligini sorab qiladir.

21

Va albatta, tezda rozi bo`ladir.