93 - The Morning Hours - Ađ-Đuĥaá
:1
Choshtgoh bilan qasam.
:2
Sukunatga cho`mgan tun bilan qasam.
:3
Robbing seni tark qilgani yoq, senga g
azab ham qilgani yo`q.
:4
Va albatta, oxirat sen uchun bu dunyodan yaxshidir.
:5
Va tezda Robbing senga ato qilur va sen rozi bo`lursan.
:6
U seni yetim topib, joylab qo`ymadimi?
:7
Va U seni hayron holda topib, hidoyatga boshlamadimi?
:8
Va U seni kambag`al holda topib, boy qilmadimi?
:9
Ammo yetimga qahr qilmagin.
:10
Va ammo, «soil»ga zajr qilma.
:11
Va ammo Robbingning bergan ne'mati haqida so`zla.