Barcha Islom kutubxonasi

91 - The Sun - Ash-Shams

:1

Quyosh bilan va uning ziyosi bilan qasam.

:2

Uning ortidan kelgan oy bilan qasam.

:3

Va u(quyosh)ni ravshan ko`rsatgan nahor bilan qasam.

:4

Va u(quyosh)ni qoplagan tun bilan qasam.

:5

Va osmon bilan va uning bino qilinishi bilan qasam.

:6

Va yer bilan va uning to`shalishi bilan qasam.

:7

Va nafs bilan va uning mukammal qilinishi bilan qasam.

:8

Bas, unga fujurini va taqvosini bildirdi.

:9

Batahqiq, kim u(nafs)ni poklasa, yutuqqa erishdi.

:10

Va batahqiq, kim u(nafs)ni kirlasa, noumid bo`ldi.

:11

Samud qavmi oz tugyoni ila yolg`onga chiqardi.

:12

Vaqtiki, uning eng badbaxti shoshilib turdi.

:13

Bas, ularga Allohning Rasuli: «Allohning tuyasiga va uning suviga tegmanglar», dedi.

:14

Bas, (uni) yolgonchiga chiqarishdi va (tuyani) soyishdi. Bas, Robblari ularni gunohlari sababli yo`q qilib yubordi va bunda barchani barobar qildi.

:15

Va U zot bu(ish)ning oqibatidan qo`rqmas.