Barcha Islom kutubxonasi

90 - The City - Al-Balad

1

Mana shu shahar bilan qasam.

2

Sen muqim turgan bu shahar-la.

3

Va Volid va undan tarqagan valadlar bilan qasam.

4

Batahqiq, Biz insonni mashaqqatda yaratdik.

5

U inson unga hech kimning kuchi yetmas, deb hisoblarmi?

6

U: «Ko`plab mol-dunyo nafaqa qildim», deydir.

7

U ozini birov kormadi, deb hisoblaydirmi?

8

Biz unga ikki ko`zni.

9

Va tilni va ikki labni bermadikmi?

10

Va Biz uni ikki yolga yollab qo`ymadikmi?

11

Bas, u dovon oshib o`tmadi.

12

Dovon qandoq narsa ekanini senga nima bildirdi?

13

U qul ozod qilishdir.

14

Yoki ocharchilik kunida taom berishdir.

15

Qarindosh yetimga.

16

Yoki tuproqqa qorilgan miskinga.

17

Songra, iymon keltirganlar va bir-birini sabrga, mehr-shafqatga chaqirganlar bolsa...

18

Ana oshalar ong tomon egalaridir.

19

Oyatlarimizga kufr keltirganlar chap tomon egalaridir.

20

Ularni chiqib bolmaydigan ot-olov o`rab olgandir.