Barcha Islom kutubxonasi

89 - The Dawn - Al-Fajr

1

Fajr bilan qasam.

2

Va o`n kecha bilan qasam.

3

Juftu toq bilan qasam.

4

Va yurgan tun bilan qasam.

5

Mana shularda aql egasi uchun (qanoatlantiruvchi) qasam bordir?!

6

Sening Robbing Odga qanday (muomala) qilganini bilmadingmi?

7

Baland ustunli «Iram»ga?

8

Uning misli boshqa diyorlarda xalq qilinmaganga?

9

Va vodiyda xarsang toshlarni kesib (imorat yasagan) Samudni.

10

Va ko`p askarlari bor Fir'avnni.

11

Ular turli olkalarda tugyonga ketgan edilar.

12

Ular u(olka)larda buzgunchilikni ko`paytirgan edilar.

13

Bas, Robbing ularning boshiga turli azoblarni quydi.

14

Albatta, Robbing kuzatib turuvchidir.

15

Bas, qachon insonni Robbi sinash uchun ikrom qilsa va ne'mat bersa, «Meni Robbim ikrom qildi», deydir.

16

Bas, qachon Robbi sinash uchun rizqini tor qilib qo`ysa, u: «Robbim meni xorladi», deydir.

17

Yo`q! Balki sizlar yetimlarni ikrom qilmaysizlar.

18

Bir-biringizni miskinlarga taom berishga undamaysizlar.

19

Va merosni shiddat-la yeysizlar.

20

Va molni kop yaxshi korasizlar.

21

Yoq! Vaqtiki, yer zilzilaga tushib, parcha-parcha bolib ketsa.

22

Va Robbing va farishtalar saf-saf bo`lib kelsalar.

23

Va osha kunda jahannamni keltirsa, osha kunda inson eslaydir. Lekin bu eslashdan endi ne foyda.

24

U: «Afsuski, oxirat hayotimga ham biror narsa taqdim qilsam bo`lar ekan», deydir.

25

Bas, osha kunda Allohning azobiga oxshash azob-la hech kim azoblamaydir.

26

Va Uning boglashiga oxshash hech kim bog`lamaydir.

27

Ey, xotirjam nafs!

28

Robbingga sen Undan, U sendan rozi bo`lgan holda qayt!

29

Bas, bandalarim ichiga kirgin!

30

Va jannatimga kirgin!