Barcha Islom kutubxonasi

88 - The Overwhelming - Al-Ghāshiyah

1

Batahqiq, senga g`oshiya xabari keldi.

2

Oshal kunda bir chehralar qorqinch bilan to`ladir.

3

Ular ish bajaruvchidir va nihoyatda charchagandir.

4

O`ta qizib turgan olovga kiradir.

5

Ular qaynab turgan buloqdan sug`oriladir.

6

Ularga tikandan boshqa taom yo`qdir.

7

U na semirtirmas va na ochlikni ketkazmasdir.

8

Oshal kunda bir chehralar ne'mat xursandligi bilan toladir.

9

Ular o`z ishlaridan rozidir.

10

Ular oliy darajali jannatdadir.

11

Unda bekorchi gaplarni eshitmaslar.

12

Unda oqib turgan buloqlar bordir.

13

Unda baland-baland so`rilar bordir.

14

Va tayyorlab qo`yilgan qadahlar bordir.

15

Va saf-saf qilib tizilgan yostiqlar bordir.

16

Hamma yoqqa to`shalgan gilamlar bordir.

17

Ular nazar solmasmi: Tuyaning qanday yaratilganiga?

18

Va osmonning qandoq ko`tarilganiga?

19

Va toglarning qandoq ornashtirilganiga?

20

Va yerning qandoq tekislab qo`yilganiga?

21

Bas, eslatgin, sen, albatta, eslatuvchidirsan.

22

Sen ularning ustidan hukmingni o`tkazuvchi emassan.

23

Illo, kim yuz ogirsa va kofir bolsa...

24

Bas, uni Alloh katta azob bilan azoblaydir.

25

Albatta, ularning qaytishi Bizgadir.

26

Songra, albatta, ularning hisob-kitobi ham Bizda boladir.