Barcha Islom kutubxonasi

87 - The Most High - Al-'A`lá

:1

Oliy qadar bo`lgan Robbing ismini poklab yod et.

:2

U yaratgan va mutanosib qilgan Zotdir.

:3

U, o`lchov bilan qilgan va hidoyatga boshlagan Zotdir.

:4

U, ot-olanni chiqargan Zotdir.

:5

Bas, uni qoraygan xashak qilgan Zotdir.

:6

Biz senga (Qur'onni) qiroat qildiramiz, bas, sen uni esdan chiqarmassan.

:7

Illo, Alloh xohlaganini. Albatta, U oshkorni ham, maxfiy narsalarni ham biladir.

:8

Va seni oson yo`lga muyassar qilamiz.

:9

Bas, agar eslatish manfaat bersa, eslatgin.

:10

Albatta, U zotdan qo`rqqan esga oladir.

:11

Va badbaxtgina undan chetda bo`ladir.

:12

U katta olovga kiradir.

:13

Songra, uning ichida olmay ham, tirilmay ham qoladir.

:14

Haqiqatan, kim pok bo`lsa, yutuq topadir.

:15

Va Robbi ismini zikr qilsa va namoz o`qisa hamdir.

:16

Balki, sizlar bu dunyo hayotini ustun qo`yasizlar.

:17

Holbuki, oxirat yaxshiroq va boqiyroqdir.

:18

Albatta, bu avvalgi sahifalarda bordir.

:19

Ibrohim va Muso sahifalaridadir.