86 - The Nightcommer - Aţ-Ţāriq
:1
Osmon bilan qasam va toriq bilan qasam.
:2
Toriq nimaligini senga ne bildirdi?
:3
U, nur sochib turuvchi yulduzdir.
:4
Hech bir jon yoqki, uning hifz qilib turuvchisi bo
lmasa.
:5
Inson nimadan yaralganiga nazar solsin.
:6
U otilib chiquvchi suvdan yaralgandir.
:7
U (suv) sulb (orqa umurtqa) va taroib (ko`krak suyagi) orasidan chiqadir.
:8
Albatta, U zot uni qayta tiriltirishga qodirdir.
:9
Sirlar fosh bo`ladigan kundadir.
:10
Bas (oshanda) u(inson)da quvvat ham, nusrat beruvchi ham bo
lmaydir.
:11
Qaytuvchi sohibi bo`lgan osmon bilan qasam.
:12
Yorib chiquvchi egasi bo`lgan yer bilan qasam.
:13
Albatta, u (Qur'on) ajratuvchi so`zdir.
:14
Va u hazil emasdir.
:15
Albatta, ular hiyla qiladir.
:16
Va Men ham «hiyla» qilurman.
:17
Bas, kofirlarga muhlat ber. Ha, ularga ozgina muhlat ber.