85 - The Mansions of the Stars - Al-Burūj
Burjlar egasi bo`lgan osmon bilan qasam.
Va va'da qilingan kun bilan qasam.
Guvohlik beruvchi va guvohlik berilgan bilan qasam.
«Uxdud» egalariga la'nat bo`lsin.
U yoqilgisi kop, qattiq isigan olovdir.
U(kofir)lar osha(chuqur)lar atrofida otiribdirlar.
Va ular mominlarga qilayotgan narsalariga ozlari guvohdirlar.
Va (ular) mominlardan Aziyz, Hamiyd Allohga bolgan iymondan boshqa «ayb» topa olmadilar.
U shunday zotki, osmonlaru yerning mulki Unga xosdir va Alloh har bir narsaga O`zi guvohdir.
Albatta, momin va mominalarni fitna qilib, songra tavba qilmaganlarga, ana oshalarga jahannam azobi va kuydiruvchi azob bor.
Albatta, iymon keltirgan va solih amal qilganlarga, ularga, ostidan anhorlar oqib turgan jannatlar bor. Bu esa nihoyatda ulkan yutuqdir.
Albatta, Robbingning changali juda ham shiddatli, qattiqdir.
Albatta, U O`zi boshlaydir va qaytaradir.
Va U magfirat qiluvchi, barchaga yaxshilikni ravo koruvchi Zotdir.
U, Arsh egasi hamda qadri ulug` Zotdir.
U nimani xohlasa, qila oluvchi Zotdir.
Senga askarlarning xabari keldimi?
Fir'avn va Samudning.
Balki, kofirlar yolg`onga chiqarishadir?
Holbuki, Alloh ularning ortidan ihota qilib turuvchidir.
Yo`q!!! U Qur'oni Majiyddur.
U Lavhul Mahfuzdadir.