84 - The Sundering - Al-'Inshiqāq
Vaqtiki, osmon yorilsa.
U(osmon) oz Robbisiga quloq osdi, bo
ysundi va shundoq bo`lishi kerak edi.
Va vaqtiki, yer cho`zilsa.
Va o`z ichidagi narsalarni otib chiqarib, xoli qolsa.
U(er) oz Robbisiga quloq osdi, bo
ysundi va shundoq bo`lishi kerak edi.
Ey inson! Albatta, sen Robbingga yoliqquningcha, harakatu urinishda bo
lasan va oxiri unga yo`liqasan ham.
Ammo kimning kitobi o`ng tarafdan berilsa.
Tezda, osongina hisob qilinur.
Va ahli huzuriga xursand holda qaytib borur.
Va ammo kimning kitobi orqa tarafdan berilsa...
U tezda o`ziga halokatni chaqirur.
Va qizib turgan do`zaxga kirur.
Chunki, u (bu dunyoda) oz ahli bilan xursand bo
lib o`tgan edi.
Chunki, u hech qachon orqaga qaytmaslikni o`ylagan edi.
Ha! Albatta, Robbi uni doim ko`rib turuvchi edi.
Shafaq bilan qasamki.
Kechasi va u o`rab olgan narsalar bilan qasamki.
Va to`lin oy bilan qasamki.
Albatta, sizlar tabaqama-tabaqa minasizlar.
Nima bo`lgan ularga, iymon keltirmaslar?!
Va agar ularga Qur'on o`qilsa, sajda qilmaslar.
Balki kofirlar yolg`onga chiqarurlar.
Ular (qalblarida) nimani saqlayotganlarini Allohning O`zi biladir.
Ularga alamli azobning «bashoratini» ber.
Illo, iymon keltirganlarga va yaxshi amallar qilganlarga minnatsiz, uzluksiz ajrlar bor.