83 - The Defrauding - Al-Muţaffifīn
Vayl bolsin olchovdan urib qoluvchilarga.
Ular odamlardan narsa olchab olsalar, toliq olarlar.
Va agar odamlarga o`lchab yoki tortib bersalar, kamaytirarlar.
Ana shular, albatta, qayta tiriltirilishlarini o`ylamaydilarmi?
Ulug` bir kunda.
U kunda odamlar olamlarning Robbi huzurida tik turarlar.
Yo`q! Albatta fojirlarlarning kitobi «sijjiyn»dadir.
«Sijjiyn» qanday narsa ekanini senga nima bildirdi?!
U(Sijjiyn) yozilgan kitobdur.
Osha kunda yolgonga chiqaruvchilarga vayl bo`lsin!
Ular jazo (qiyomat) kunini yolg`onga chiqarurlar.
Uni haddan oshuvchi va ota gunohkorlardan boshqalar yolgonga chiqarmaslar.
Qachon unga oyatlarimiz tilovat qilinsa, «avvalgilarning afsonalari», der.
Yoq! Ularning qilgan kasblari qalblariga mogor bolib ornashib qolgandir.
Yoq!!! Albatta, ular osha kunda oz Robbilarini korishdan to`silurlar.
So`ngra, albatta, ular jahiymga kiruvchilardir.
Songra, mana bu, sizlar yolgonga chiqarib yurgan narsa, deyilur.
Yo`q!!! Albatta, abrorlarning kitobi «Illiyyiyn»dadur.
«Illiyyiyn» qandoq narsa ekanini senga nima bildirdi?!
U yozilgan kitobdur.
Unga muqarrab(farishta)lar shohid bo`lurlar.
Albatta, abrorlar jannati na'iymdadurlar.
Pardali baland so`rilar ustida nazar solib tururlar.
Ularning chehralaridan jannat ravnaqini bilib olasan.
Ular muhrlangan, nihoyatda pok sharobdan ichurlar.
U(sharob)ning xotimasi miskdandir. Va shu narsa uchun musobaqa qiluvchilar musobaqa qilsinlar.
U sharobning aralashmasi «Tasniym»dandir.
U(Tasniym) bir buloqdirki, undan muqarrablar icharlar.
Albatta, jinoyat qilganlar iymon keltirganlar ustidan kular edilar.
Agar mominlar ularning yonidan otsalar, masxaralab ishora qilar edilar.
Agar (kofirlar) o`z ahllari huzuriga qaytib borsalar, huzurlanib qaytib borar edilar.
Va agar u(momin)larni korsalar, «Albatta, anavilar adashganlar», der edilar.
Holbuki, ular mominlar ustidan kuzatuvchi qilib yuborilganlari yoq-ku!
Endi, bu Kunda iymon keltirganlar kofirlar ustidan kularlar.
Pardali, baland so`rilar ustida nazar solib turarlar.
Kofirlar bu dunyoda qilgan ishlarining «savobini» olarmikanlar?!