82 - The Cleaving - Al-'Infiţār
Vaqtiki, osmon yorilsa.
Va vaqtiki, yulduzlar sochilib ketsa.
Va vaqtiki, dengizlar portlatilsa.
Va vaqtiki, qabrlar ostin-ustin bo`lsa.
Har bir jon — nimani taqdim qildiyu nimani ta'xir qildi — biladir.
Ey Inson! Seni nima Karamli Robbing haqida g`ururga ketkazdi?!
U seni tola-tokis va mo`'tadil qilib yaratgandi.
O`zi xohlagan suvratda seni tarkib qildi.
Yoq!!! Balki, siz jazoni yolgonga chiqarmoqdasiz!!!
Holbuki, sizning ustingizdan kuzatib turuvchilar bordir.
Ular hurmatli yozib turguvchilardir.
Ular nima qilayotganingizni biladir.
Albatta, yaxshilar jannatdadir.
Va, albatta, fojirlar jahannamdadir.
Ular u yerga qiyomat kuni kiradir.
Va ular undan goyib bola olmaslar.
Va, jazo kuni nima ekanini senga nima bildirdi?
So`ng, jazo kuni nima ekanini senga nima bildirdi?
Osha kunda hech bir jon boshqa bir jon uchun biror narsa qilish imkoniga molik emas. U kunda barcha ish Allohning Oziga xos.