Barcha Islom kutubxonasi

81 - The Overthrowing - At-Takwīr

1

Vaqtiki, quyoshni buklab, o`ralsa.

2

Va vaqtiki yulduzlar uzilib tushib, sochilib ketsa.

3

Va vaqtiki, toglar joyidan kochirilsa.

4

Va vaqtiki, homilasiga on oy tolgan tuyalar qarovsiz qolsa.

5

Va vaqtiki, vahshiy hayvonlar bir joyga to`plansa.

6

Va vaqtiki, dengizlar alanga olib yonsa.

7

Va vaqtiki, nafslar juftlashtirilsa.

8

Va vaqtiki, tiriklay komilgan qizdan soralsa.

9

U nima gunoh uchun o`ldirilgan?

10

Va vaqtiki, sahifalar nashr qilinsa.

11

Va vaqtiki, osmon qo`porilsa.

12

Va vaqtiki, jahannam qizdirilsa.

13

Va vaqtiki, jannat yaqinlashtirilsa.

14

Har bir jon nima hozirlaganini biladir.

15

(Kunduzi) maxfiy bo`luvchi(yulduz)lar bilan qasam.

16

(Kechalari) yuruvchi, berkinuvchi(yulduz)lar bilan qasam.

17

Qorong`uligi ila kirib kelgan kecha bilan qasam.

18

Nafas olib kirib kelgan tong bilan qasam.

19

Albatta u(Qur'on) karamli elchining so`zidir.

20

U quvvatli, arsh Egasi huzurida martabasi oliydir.

21

Itoat qilingan, omonatlidir.

22

Sizning sohibingiz majnun emasdir.

23

Batahqiq, ul ani ochiq-oydin ufqda ko`rdi.

24

Va u g`aybga baxil emasdir.

25

Va u(Qur'on) toshboron qilingan shaytonning sozi emasdir.

26

Bas, qayoqqa ketmoqdasiz?!

27

U (Qur'on) olamlarga eslatmadan boshqa narsa emasdir.

28

Sizlardan istiqomat(togri yol)da bolishni xohlovchilar uchundir.

29

Olamlarning Robbi Alloh xohlamasa, sizlar xohlay olmassizlar.