Barcha Islom kutubxonasi

80 - He Frowned - `Abasa

1

Aftini burishtirdi va yuz o`girdi.

2

Kozi kor kishi huzuriga kelganda.

3

Qayerdan bilasan, ehtimol, u poklanar.

4

Yoki nasihat olar va mav'iza unga manfaat berar.

5

Ammo istigno qilganga bolsa...

6

Sen u tomonga intilasan.

7

U poklanmasa, seni hech kim malomat qilmas.

8

Ammo huzuringga shoshilib kelgan.

9

Va U zotdan qorqqan holda bolgandan esa...

10

Bas, Sen undan mashgul bolasan.

11

Yo`q! Albatta ular (Qur'on oyatlari) eslatmadir.

12

Kim xohlasa, uni eslaydir.

13

Hurmatlangan sahifalardadir.

14

Oliy qadardirlar, poklangandirlar.

15

Elchi(farishta)lar qo`llaridadir.

16

Ular hurmatlangan va o`ta yaxshidirlar.

17

Insonga la'nat bolsin, uning kofirligi qandoq shiddatli boldi.

18

Uni qaysi narsadan yaratdi?

19

Nutfadan uni yaratdi va uni o`lchovli qildi.

20

Songra, chiqish yolini oson qildi.

21

Songra oldirdi va qabrga kirgazdi.

22

So`ngra (qachon) xohlasa, uni qayta tiriltiradi.

23

Yoq, undoq emas! U oziga U zot qilgan amrni bajarmadi.

24

Inson o`z taomiga nazar solsin.

25

Albatta, Biz suvni rosa quyib qo`yibmiz.

26

Songra yerni oziga xos yordik.

27

Biz unda donni.

28

Va uzum va ko`klarni.

29

Va zaytun va xurmolarni.

30

Va tigiz boglarni.

31

Va mevalaru ot-olanlarni ostirib qoydik.

32

Sizlarga va chorvalaringizga manfaat va lazzat bo`lsin, deb.

33

Vaqtiki kar qiluvchi ovoz kelsa.

34

U kunda kishi o`z aka-ukasidan.

35

Va onasi va otasidan.

36

Va xotini va bola-chaqasidan qochadi.

37

U kunda ulardan har bir shaxsni ovora qiluvchi o`z ishi bor.

38

U kunda porloq chehralar bor.

39

Ular kulgu bilan to`la, yetgan xushxabardan xursand.

40

U kunda bir chehralar borki, ularni g`ubor bosgan.

41

Ustini zulmat qoplagan.

42

Ular, ana o`shalar, kofirlar va fojirlardir.