Barcha Islom kutubxonasi

79 - Those who drag forth - An-Nāzi`āt

1

Shiddat bilan (jonni) sug`urib oluvchi(farishta)lar bilan qasam.

2

Yumshoqlik bilan jon oluvchi(farishta)lar bilan qasam.

3

Suzib yuruvchi(farishta)lar bilan qasam.

4

O`zishda musobaqa qiluvchi(farishta)lar bilan qasam.

5

Amrning tadbirini qiluvchi(farishta)lar bilan qasam.

6

Iztirobga tushuvchi iztirobga tushgan kunda.

7

Unga ergashuvchi ergashganda.

8

Osha kunda qalblar xavfga toladir.

9

Ularning kozlari qorqinchga to`ladir.

10

Ular: «Biz, albatta, ortga qaytarilamizmi?» – derlar.

11

«Chirigan suyak bo`lganimizdan keyin ham-a?»

12

Agar shundoq bo`lsa, bu hasratiy qaytish-ku!» – derlar.

13

Albatta, u(qiyomat) bir qichqiriqdan boshqa narsa emas.

14

Ko`ribsizki, ular (qiyomat) maydonida turibdir.

15

Senga Musoning xabari keldimi?

16

Qachonki Robbisi unga Muqaddas Tuva vodiysida nido qildi.

17

«Fir'avn huzuriga bor, albatta, u tug`yonga ketdi.

18

Bas unga ayt: «Senda poklanishga (rag`bat) bormi?

19

Va seni Robbingga hidoyat qilsam, shoyadki (undan) qo`rqsang», degin».

20

Va unga ulkan alomatni ko`rsatdi.

21

Ul uni yolgonga chiqardi va osiy boldi.

22

Song ortiga ogirilib, tezlab ketdi.

23

Keyin (odamlarni) to`pladi va nido qildi.

24

Va, men sizlarning eng oliy Robbingizman, dedi.

25

Bas, Alloh uni avvalgi va oxirgi gunohlari uchun azobga oldi.

26

Albatta, bunda U zotdan qo`rqqanlar uchun ibrat bordir.

27

Sizlarni yaratish qiyinmi yoki U zot bino qilgan osmonnimi?

28

Uning shiftini yuqori kotardi va bekami-kost, mustahkam qilib qo`ydi.

29

Kechasini qorongu va kunduzini yorug qildi.

30

Va undan so`ng yerni tuxum shaklida qildi.

31

Undan suvni, ot-olanlarni chiqardi.

32

Va tog`larni sobit qildi.

33

Sizlarga va chorvalaringizga manfaat bo`lsin uchun.

34

Vaqtiki katta g`olib (qiyomat) kelsa.

35

U kuni inson qilgan ishlarini eslaydir.

36

Va jahannam ko`radiganlarga zohir qilinadir.

37

Ammo kimiki tugyonga ketgan bolsa.

38

Va bu dunyo hayotini ustun qoygan bolsa.

39

Bas, albatta, Jahiym (unga) orin boladir.

40

Va ammo, kim Robbisining maqomidan qorqqan va oz nafsini havolanib ketishidan qaytargan bo`lsa...

41

Bas, albatta, jannat (unga) orin boladir.

42

Sendan, qiyomat qachon bolur, deb sorashadir.

43

U(qiyomat)ning zikrini sen qandoq bilarding.

44

Uning intihosi Robbinggagina xos.

45

Albatta, sen u(qiyomat)dan qo`rquvchilarga ogohlantiruvchisan, xolos.

46

U(qiyomat)ni korgan kunlari, xuddi, bu dunyoda bir kecha yoki kunduzdan boshqa turmaganga oxsharlar.