Barcha Islom kutubxonasi

78 - The Tidings - An-Naba

1

Nima haqida so`rashadi?

2

Ulkan, muhim xabar haqida.

3

Shunday xabarki, ular uning haqida ixtilofdadirlar.

4

Yo`q! Ular tezda bilurlar.

5

Yana yo`q! Ular tezda bilurlar!

6

Yerni beshikdek moslab qo`ymadikmi?

7

Va toglarni qoziq (qilib qoymadikmi?).

8

Va sizlarni juft qilib yaratdik.

9

Va uyqularingizni rohat qilib qo`ydik.

10

Va kechasini libos qildik.

11

Va kunduzni maosh (tirikchilik) vaqti qildik.

12

Tepangizga yetti mustahkam(osmon)ni bino qildik.

13

Va shu'la taratuvchi chiroq ham qildik.

14

Va siqilgan(bulut)lardan oquvchi suvlar tushirdik.

15

U(suv) bilan don va nabotot chiqarishimiz uchun.

16

Va daraxtlari bir-biriga kirishgan bo`stonlar.

17

Albatta, ajrim kuni vaqti belgilangan edi.

18

U kunda surga puflanur va sizlar top-top bo`lib kelursiz.

19

Osmon yorilib eshiklar ochilur.

20

Toglar ornidan ko`chirilib, sarobga aylanur.

21

Albatta, jahannam poylab turuvchidir.

22

Tug`yonga ketganlarning qaytar joyidir.

23

Ular (unda) zamonlar bo`yi qolarlar.

24

Ular (unda) sovuqni ham, sharobni ham tatiy olmaslar.

25

Magar qaynoq suv va yiringni (tatirlar).

26

Muvofiq jazo o`laroq.

27

Chunki, ular hisob-kitob bo`lishiga ishonmasdilar.

28

Va Bizning oyatlarimizni yolgon deyishgan edi, yolgon!

29

Biz har bir narsani kitobga jamlab qo`yganmiz.

30

Bas, tatib ko`ringlar, sizlarga azobdan boshqa hech narsani ziyoda qilmasmiz.

31

Albatta, taqvodorlarga yutuq bordir.

32

Bog-roglar, uzumzorlar bordir.

33

Va yangi bo`yi yetgan bir xil yoshdagi qizlar bordir.

34

Va to`ldirilgan qadahlar bordir.

35

U yerda bekorchi va yolg`on gaplarni eshitmaslar.

36

Robbingdan mukofot, sovg`a hisobidandir.

37

U, osmonlar, yer va ularning orasidagi barcha narsalarning Robbi, Rohmandir. Uning huzurida hech kim xitob qilishga qodir bo`lmas.

38

Osha kunda Ruh va farishtalar saf bolib turar. Rohman izn berganlar va togri sozlaganlardan ozgalar hech gapira olmaslar.

39

U haq kundir. Kim xohlasa, oz Robbiga qaytar yol oladir.

40

Albatta, Biz sizlarni yaqin kelajakdagi azobdan qorqitdik. U kunda, har kishi qoli taqdim qilgan narsaga nazar soladir. Va kofir. «Koshki tuproq bo`lib ketsam», deydir.