77 - The Emissaries - Al-Mursalāt
Ket-ket yuborilganlar bilan qasam.
Qattiq esgan shamollar bilan qasam.
Va (shariatni) nashr qiluvchilar bilan qasam.
Farqlovchilar bilan qasam.
Vahiyni tashuvchilar bilan qasam.
Uzrlarni yoki ogohlantirishlarni ham.
Albatta, sizga va'da qilinayotgan narsa voqe' bo`lguvchidir.
Bas, vaqtiki yulduzlar o`chirilsa.
Va vaqtiki, osmon yorilsa.
Va vaqtiki, toglar kochirilsa.
Va vaqtiki, Payg`ambarlarga vaqt belgilansa.
Qandoq kunga surilgan-a?
Ajratish kuniga.
Ajratish kunini senga nima bildirdi?
Oshal kunda yolgonga chiqaruvchilarga vayl bo`lsin!
Avvalgilarni halok qilmadikmi?
So`ngra keyingilarini ularga ergashtirmadikmi?
Gunohkorlarni shundoq qilamiz.
Oshal kunda yolgonga chiqaruvchilarga vayl bo`lsin!
Sizlarni haqir suvdan yaratmadikmi?
Bas, uni mustahkam qarorgohga joylamadikmi?!
Ma'lum vaqtgacha.
Bas, Biz qodir boldik va qandoq ham yaxshi qodir boluvchimiz.
Oshal kunda yolgonga chiqaruvchilarga vayl bo`lsin!
Yerni oziga tortuvchi qilib qoymadikmi?!
Tiriklarni va o`liklarni.
Va Biz unda yuksak toglar qildik va sizlarni zilol suv bilan sugordik.
Oshal kunda yolgonga chiqaruvchilarga vayl bo`lsin!
Yuringiz! Ozingiz yolgonga chiqargan narsaga qarab.
Yuringiz! Uch sho`'basi bor «soya»ga qarab.
U, salqin qiluvchimas va olovni ham qaytarmas.
Albatta, u (jahannam) qasrdek uchqunlarni otadir.
U (uchqun) xuddi qoramtir-sargish tuyalarga oxshaydir.
Oshal kunda yolgonga chiqaruvchilarga vayl bo`lsin!
Bu, ular gapira olmaydigan kundir.
Va ularga uzr aytishga izn berilmaydir.
Oshal kunda yolgonga chiqaruvchilarga vayl bo`lsin!
Bu ajratish kuni sizlarni va avvalgilarni jamladik.
Bas, sizlarning hiylangiz bolsa, Menga ishlatib koring-chi?
Oshal kunda yolgonga chiqaruvchilarga vayl bo`lsin!
Albatta, taqvodorlar soyalar va buloqlardadir.
Va o`zlari xohlagan mevalardadir.
Yenglar va ichinglar, osh bo`lsin. Qilgan amallaringiz sababidandir.
Albatta, Biz muhsinlarni shunday mukofotlarmiz.
Oshal kunda yolgonga chiqaruvchilarga vayl bo`lsin!
Yenglar va mazza qilinglar, ozginagina. Albatta, sizlar gunohkorsizlar.
Oshal kunda yolgonga chiqaruvchilarga vayl bo`lsin!
Va agar ularga ruku' qilinglar deyilsa, ruku' qilmaslar.
Oshal kunda yolgonga chiqaruvchilarga vayl bo`lsin!
Bas, undan keyin qaysi so`zga ishonadilar?!