Barcha Islom kutubxonasi

9 - The Repentance - At-Tawbah

:1

(Bu) Allohdan va Uning Rasulidan mushriklarning siz ahdlashganlaringizga «baroat» — ora ochiqligi (e'loni)dir.

:2

Bas, yer yuzida to`rt oy sayr qilib yuringlar va bilinglarki, albatta, siz Allohni ojiz qoldiruvchi emassiz va, albatta, Alloh kofirlarni xor qilguvchidir.

:3

(Bu) Alloh va Uning Rasulidan odamlarga «hajjul akbar» kunidagi bildirishdir. Albatta, Alloh va Uning Rasulining mushriklar bilan oralari ochiqdir. Bas, agar tavba qilsangiz, u ozingiz uchun yaxshidir. Agar yuz ogirib ketadigan bo`lsangiz, bilinglarki, albatta, sizlar Allohni ojiz qoldiruvchi emassiz. Kufr keltirganlarga alamli azobning «bashoratini» beraver.

:4

Magar mushriklardan siz ahdlashganingizdan keyin hech narsani nuqson qilmaganlari va sizga qarshi birovga yordam bermaganlarining ahdlarini muddatlarigacha batamom qiling. Albatta, Alloh taqvodorlarni sevadir.

:5

Bas, harom oylar chiqqanda, mushriklarni qayerda topsangiz, oldiringlar, tutinglar, qamal qilinglar va ularni har joyda poylanglar. Agar tavba qilsalar, namozni tokis ado etsalar va zakotni bersalar, yollariga qoyib yuboringlar. Albatta, Alloh mag`firatli va rahimli Zotdir.

:6

Agar mushriklardan birontasi panoh sorasa, unga panoh ber, toki u, Allohning kalomini eshitsin. Songra, uni omonlik joyiga yetkazib qoy. Bu, ularning bilmaydigan qavm bolganlari uchundir.

:7

Qanday qilib mushriklarga Allohning huzurida va Uning Rasulining huzurida ahd bo`lsin?! Magar siz bilan Masjidul Harom oldida ahdlashganlar, sizga nisbatan mudom mustaqiym tursalar, siz ham mustaqiym turing. Albatta, Alloh taqvodorlarni sevadir.

:8

Qanday qilib (ularga ahd bolsinki), ular agar sizdan ustun kelsalar, na ahdga va na burchga rioya etmaslar. Sizni ogizlari bilan rozi qiladilar-u, qalblari konmas. Ularning koplari fosiqlardir.

:9

Ular Allohning oyatlarini ozgina bahoga sotib, Uning yolidan tosdilar. Darhaqiqat, ularning qilganlari qanday ham yomon bo`ldi?!

:10

Ular momin haqida na ahdga va na burchga rioya qilmaslar. Ana oshalar, o`zlari tajovuzkorlardir.

:11

Bas, agar tavba qilsalar, namozni to`kis ado etsalar va zakotni bersalar, din qardoshingizdirlar. Biladigan qavm uchun oyatlarimizni batafsil bayon qilamiz.

:12

Agar ahd berganlaridan keyin ahdlarini buzsalar va diningizga ta'na toshini otsalar, kufrboshilarga qarshi jang qiling! Zero, ularning ahdlari yoqdir. Shoyadki, toxtasalar.

:13

Ahdlarini buzgan, Rasulni (yurtdan) chiqarishga qasd qilgan va sizga (qarshi) birinchi bolib (urush) boshlagan qavm bilan urushmaysizmi?! Ulardan qorqasizmi?! Agar momin bolsangiz, qo`rqishingizga loyiq zot Allohdir!

:14

Ularga qarshi jang qilinglar! Alloh ularni sizning qolingiz bilan azoblaydir, xorlaydir va ularga qarshi sizga yordam beradir. Va momin qavmlarning ko`ngillariga shifo beradir.

:15

Va qalblaridagi achchiqni ketkazadir. Alloh kimni xohlasa, o`shaning tavbasini qabul qiladir. Alloh bilguvchi va hikmatli Zotdir.

:16

Sizdan jihod qilganlarni, Allohdan, Uning Rasulidan va mominlardan ozgani dost tutmaganlarni bilmay turib, Alloh tomonidan tark etib qoyilmogingizni oyladingizmi? Alloh nima qilayotganlaringizdan xabardor Zotdir.

:17

Mushriklarga, ozlarining kofir ekanliklariga guvoh bolgan hollarida, Allohning masjidlarini obod qilishlari joiz emas. Ana oshalar amallari habata bolganlardir va ular do`zaxda abadiy qoluvchilardir.

:18

Albatta, Allohning masjidlarini faqat Allohga va oxirat kuniga iymon keltirganlar, namozni tokis ado etganlar, zakotni berganlar va Allohdan boshqadan qorqmaganlargina obod qilurlar. Ajab emaski, ana oshalar hidoyat topguvchilardan bolsalar.

:19

Hojilarga suv berishni va Masjidul Haromni obod qilishni Allohga, oxirat kuniga iymon keltirgan va Allohning yo`lida jihod qilgan kabi qildingizmi?! Ular Allohning huzurida teng emaslar. Alloh zolim qavmlarni hidoyat qilmas.

:20

Iymon keltirib, hijrat qilganlar va Allohning yolida mollari va jonlari bilan jiddu jahd qilganlarning darajalari Allohning huzurida juda ulugdir. Ana o`shalar yutuqqa erishuvchilardir.

:21

Robbilari ularga Oz tarafidan bolgan rahmat, rozilik va ichida ularga atalgan doimiy ne'matlar bor jannatlarning bashoratini beradir.

:22

Ular unda abadiy qoluvchilardir. Albatta, Alloh — huzurida ulug` ajr bor Zotdir.

:23

Ey, iymon keltirganlar! Agar kufrni iymondan ustun korsalar, ota-onangiz va aka-ukalaringizni dost tutmang. Sizdan kim ularni dost tutsa, bas, ana oshalar, o`zlari zolimlardir.

:24

«Agar ota-onalaringiz, bolalaringiz, aka-ukalaringiz, juftlaringiz, qarindosh-uruglaringiz, kasb qilgan mollaringiz, kasod bolishdan qorqqan tijoratlaringiz va xush korgan maskanlaringiz sizga Allohdan, Uning Rasuli va Uning yolida jiddu jahd qilishdan mahbubroq bolsa, u holda, Alloh O`z amrini keltirguncha kutib turing. Alloh fosiq qavmni hidoyat qilmas», – deb ayt.

:25

Batahqiq, Alloh sizlarga kop joylarda nusrat berdi. Hunayn kunida ham. Oshanda sizni kopligingiz magrur qilgan edi. Bas, sizga hech foyda bermadi va keng yer sizga torlik qilib qoldi. So`ngra, ortga qarab qochdingiz.

:26

Songra, Alloh sokinligini Paygambariga va mominlarga tushirdi hamda siz kormaydigan lashkarlarni tushirdi va kufr keltirganlarni azobladi. Ana o`sha, kofirlarning jazosidir.

:27

Songra, oshandan keyin Alloh Ozi xohlagan kishilarning tavbasini qabul qildi. Alloh magfiratli va rahimli Zotdir.

:28

Ey, iymon keltirganlar! Albatta, mushriklar najasdirlar, bunga shubha yoq, bu yillaridan keyin Masjidul Haromga yaqin kelmasinlar. Agar faqirlikdan qorqsangiz, Alloh, Ozi xohlasa, sizni tezda fazli ila boy qilib qoyadir. Albatta, Alloh bilguvchi va hikmatli Zotdir.

:29

Allohga va oxirat kuniga iymon keltirmaydiganlarga, Alloh va Uning Rasuli harom qilgan narsalarni harom deb bilmaydigan va haq dinga yurmaydigan kitob berilganlarga qarshi, to ular boyinsungan hollarida oz qo`llari bilan «jizya» bermagunicha, jang qiling.

:30

Yahudiylar: «Uzayr Allohning oglidir», – dedilar. Nasorolar: «Masiyh Allohning oglidir», – dedilar. Bu ogizlari bilan aytgan gaplaridir. Avvalgi kufr keltirganlarning gapiga oxshaturlar. Alloh ularni la'natlasin. Qayon burilmoqdalar?!

:31

Ular Allohni qoyib ozlarining hibr va rohiblarini hamda Masiyh ibn Maryamni Robb tutdilar. Ular faqat bitta ilohdan boshqaga ibodat qilmaslikka amr qilingan edilar. Undan ozga ibodatga sazovor zot yoq. U zot ular shirk keltirayotgan narsadan pokdir.

:32

Ular Allohning nurini ogizlari bilan ochirmoqchi bolurlar. Alloh esa, garchi kofirlar yoqtirmasa ham, Oz nurini batamom qilishdan boshqa har narsadan bosh tortadir.

:33

U, garchi mushriklar yoqtirmasa ham, O`z Rasulini hidoyat va haq din bilan uni hamma dindan ustun qilish uchun yuborgan Zotdir.

:34

Ey, iymon keltirganlar! Albatta, hibr va rohiblarning koplari odamlarning mollarini botil yol bilan yerlar va Allohning yolidan tosarlar. Oltin va kumushni xazinaga bosadigan, Allohning yo`lida sarflamaydiganlarga alamli azobning bashoratini beraver.

:35

Bir kuni osha(oltin-kumush)larni jahannam otida qizitilur va peshonalari, yonboshlari hamda orqalariga bosilib: «Mana bu ozingiz uchun toplagan narsangiz, bas, endi toplab yurgan narsangizni tatib koring!» – deyilur.

:36

Albatta, Allohning kitobida oylarning soni Allohning huzurida osmonlaru yerni yaratgan kuni on ikki oy qilib belgilangan. Ulardan torttasi (urush qilish) harom (oylar)dir. Mana shu togri dindir. U(oy)larda ozingizga zulm qilmang. Mushriklarga qarshi jam bolib, ular sizga qarshi jam bo`lib urushayotgandek, urush qiling. Va bilingki, albatta, Alloh taqvodorlar bilandir.

:37

Albatta, «nasiyu» kufrda ziyoda bolishdan ozga narsa emas. Bu bilan kufr keltirganlar zalolatga ketkazilurlar. Alloh harom qilgan narsaning adadiga moslash uchun uni bir yil halol qilurlar, bir yil harom qilurlar. Bas, bu bilan Alloh harom qilgan narsani halol qilurlar. Ularga amallarining yomonligi ziynatlandi. Alloh kofir qavmlarni hidoyat qilmas.

:38

Ey, iymon keltirganlar! Sizga nima boldiki, Allohning yolida qozgaling, deyilsa, yerga yopishib oldingiz. Yoki oxiratni qoyib, dunyo hayotiga rozi boldingizmi? Oxirat oldida bu dunyo hayoti juda oz-ku?!

:39

Agar qozgalmasangiz, sizni alamli azob bilan azoblaydir. O`rningizga boshqa qavmni keltiradir. Siz Unga zarar keltira olmassiz. Alloh har bir narsaga qodirdir.

:40

Agar siz unga yordam bermasangiz, batahqiq, Alloh unga, kufr keltirganlar uni ikki kishining biri bolgan holida chiqarganlarida, nusrat berdi. Ular ikkovlon gorda turganlarida, u sherigiga: «Xafa bolma, Alloh, albatta, biz bilan», dedi. Bas, Alloh uning ustidan Oz sokinligini nozil qildi va siz kormagan lashkarlar bilan qolladi. Kufr keltirganlar kalimasini past qildi. Allohning kalimasi esa, ozi yuqori. Alloh golib va hikmatli Zotdir.

:41

Yengil bolsa ham, ogir bolsa ham, qozgalingiz va Allohning yolida mollaringiz va jonlaringiz ila jiddu jahd qilingiz. Agar bilsangiz, shu ishingiz o`zingiz uchun yaxshidir.

:42

Agar oson manfaat va yaqin safar bolganida, albatta, senga ergashar edilar. Lekin ularga masofa uzoq korindi. Ular tezda Alloh nomi bilan qasam ichib: «Agar qodir bolganimizda, albatta, siz bilan chiqar edik», – derlar. Ular ozlarini halok qilurlar. Holbuki, Alloh ular yolg`onchi ekanlarini albatta biladir.

:43

Alloh seni afv qildi. Nima uchun ularga, to senga rostgoy bolganlar ravshan bolmay turib va yolgonchilarni bilmasingdan turib, izn berding?

:44

Allohga va oxirat kuniga iymon keltirganlar sendan mollari va jonlari bilan jiddu jahd qilishdan qolishga izn so`ramaslar. Alloh taqvodorlarni bilguvchi Zotdir.

:45

Albatta faqat Allohga va oxirat kuniga ishonmaydiganlar va qalblari shubhaga tolganlargina sendan izn sorarlar. Bas, ular shubhalarida ikkilanaveradilar.

:46

Agar chiqishni xohlaganlarida, unga tayyorgarlik korar edilar. Lekin Alloh ularning harakatlanishlarini yoqtirmay tutib qoldi. Ularga: «Otiruvchilar bilan o`tiringlar», dedi.

:47

Agar ular ichingizda chiqqanlarida ham sizga yomonlikdan boshqa narsani ziyoda qilmasdilar, tezlab orangizga fitna solishga urinardilar. Holbuki, ichingizda ularga quloq soluvchilar bor edi. Alloh zolimlarni bilguvchi Zotdir.

:48

Batahqiq, bundan avval ham, toki ular yoqtirmasalar-da, haq kelib, Allohning ishi ustun bolgunicha, fitna qozib, senga ishlarni agdar-tontar qilishar edi.

:49

Ulardan: «Menga izn ber, meni fitnaga solma», deydigani ham bor. Ajabo, ular fitnaga tushmadilarmi? Albatta, jahannam kofirlarni o`rab olguvchidir.

:50

Agar senga yaxshilik yetsa, ularni xafa qiladir. Agar senga musiybat yetsa: «Oldindan ishning oldini olgan edik», – deb xursand bolib yuz ogirib ketarlar.

:51

Sen: «Bizga Alloh yozib qoygan narsadan ozgasi zinhor yetmaydi. U bizning xojamizdir. Mo`minlar Allohgagina tavakkal qilsinlar», – deb ayt.

:52

Sen: «Siz biz uchun faqat ikki yaxshilikdan birini kutmoqdasiz, xolos. Biz esa, Alloh sizni Oz huzurida boladigan yoki bizning qo`limizdan yetadigan azobga duchor qilishini kutmoqdamiz. Bas, kutaveringlar, biz ham sizlar bilan birga kutuvchilarmiz», – deb ayt.

:53

Xohlab yoki xohlamay nafaqa qilaveringlar. Sizdan zinhor qabul qilinmas. Sizlar, shubhasiz, fosiq qavm bo`ldingiz.

:54

Ularning nafaqalarining qabul etilishidan man qilgan narsa faqat Allohga va Uning Rasuliga kufr keltirganlari, namozga doimo dangasa hollarida kelganlari va doimo yoqtirmay infoq qilganlaridir.

:55

Ularning mollari va bolalari seni ajablantirmasin. Aslida, Alloh o`sha narsalar sababli ularni hayoti dunyoda azoblashni va kofir hollarida jonlari chiqishini xohlaydi, xolos.

:56

Ular ozlari, albatta, sizdan ekanliklariga Alloh nomi ila qasam icharlar. Holbuki, ular sizdan emas. Lekin ular qorqadigan qavmdirlar.

:57

Agar biror boshpanohmi, gormi yoki kirib oladigan joymi topsalar, shoshilib osha tomonga yuzlanarlar.

:58

Ulardan sadaqalar ishida senga ayb qoyadiganlari ham bor. Agar osha sadaqalardan ularga berilsa, ular rozi bolarlar. Agar berilmasa, koribsanki, g`azablanarlar.

:59

Agar Alloh va Uning Rasuli ularga bergan narsalaridan rozi bolganlarida va «Alloh bizga kifoya qilur, bizga tezda Alloh va Uning Rasuli oz fazlidan beradi. «Albatta, biz Allohga ragbat qiluvchilarmiz», deganlarida, yaxshi bolardi.

:60

Albatta, sadaqalar faqirlarga, miskinlarga, sadaqa ishida ishlovchilarga, kongillarini ulfat qilinadiganlarga, qul ozod qilishga, qarzdorlarga, Allohning yoliga va yol og`lilariga berilishi Alloh tomonidan farz qilingandir. Alloh bilguvchi va hikmatli Zotdir.

:61

Ulardan Paygambarga ozor beradigan va: «U quloqdir» deydiganlar bor. «Sizga yaxshilik narsalarga quloqdir. Allohga iymon keltiradir, mominlarga ishonadir, sizlardan iymon keltirganlarga rahmatdir. Allohning Rasuliga ozor beradiganlarga alamli azob bordir», – deb ayt.

:62

Ular sizlarni rozi qilish uchun Allohning nomi ila qasam icharlar. Agar momin bolsalar, Allohni va Uning Rasulini rozi qilmoqlari haqli edi.

:63

Ular kimki Allohga va Uning Rasuliga xilof qilsa, albatta, unga jahannam otash bo`lib, unda abadiy qolishini, ana shu katta sharmandalik ekanligini bilmaslarmi?!

:64

Munofiqlar ularga qalblaridagi narsaning xabarini beradigan sura nozil bolishidan qorqarlar. Sen: «Istehzo qilaveringlar. Alloh siz qo`rqayotgan narsani albatta chiqarguvchidir», – deb ayt.

:65

Agar ulardan sorasang, albatta: «Biz faqat ozimizcha gap qilib o`ynayotgan edik, xolos», – deyishadi. Sen: «Allohni va Uning oyatlarini istehzo qilayotgan edingizmi?» – deb ayt.

:66

Uzr aytmanglar. Batahqiq, iymoningizdan keyin kufr keltirdingiz. Agar sizdan bir toifani afv etsak, boshqa toifani jinoyatchi bo`lganlari uchun azoblaymiz.

:67

Munofiq erkaklar va munofiq ayollar hammalari birdirlar, yomonlikka buyururlar, yaxshilikdan qaytarurlar va qo`llarini mahkam yumarlar. Allohni unutdilar, bas, U ham ularni unutdi. Albatta, munofiqlar — ular fosiqlardir.

:68

Alloh munofiq erkaklarga, munofiq ayollarga va kofirlarga jahannam otashini va'da qildi. Unda abadiy qolurlar. O`sha ular uchun yetarlidir. Hamda Alloh ularni la'natladi. Ularga doimiy azob bordir.

:69

Ozingizdan avvalgilarga oxshaysiz. Ular sizlardan kora quvvatliroq, molu dunyo va bola-chaqalari koproq edilar. Bas, oz nasibalari ila maza qildilar. Ozingizdan oldingilar nasibalari ila maza qilganlaridek, siz ham oz nasibangiz ila maza qildingiz. Ular shongigandek siz ham shongidingiz. Ana oshalarning amallari dunyoyu oxiratda habata boldi. Ana oshalar ozlari ziyon korguvchilardir.

:70

Ularga ozlaridan oldin otganlarning, Nuh, Od, Samud qavmining va Ibrohim qavmining, Madyan egalarining va tontarilgan (qishloq)larning xabari kelmadimi? Ularga Paygambarlari ochiq-oydin hujjatlar bilan keldilar. Bas, Alloh ularga zulm qilmas edi. Lekin ular o`zlariga zulm qilar edilar.

:71

Momin erkaklar va momina ayollar bir-birlariga dostdirlar. Ular yaxshilikka buyururlar, yomonlikdan qaytarurlar, namozni tokis ado eturlar, zakotni berurlar hamda Allohga va Uning Rasuliga itoat qilurlar. Ana oshalarga Alloh tezda rahim qilur. Albatta, Alloh golib va hikmatli Zotdir.

:72

Alloh momin er va momina ayollarga ostidan anhorlar oqib turgan jannatlarni, ularda abadiy qolishni va barqarorlik jannatidan pokiza maskanlarni va'da qildi. Allohdan boladigan rozilik esa, eng ulugidir. Ana o`sha ulkan yutuqdir.

:73

Ey Paygambar, kofirlar va munofiqlarga qarshi jiddu jahd qil va ularga nisbatan qattiqqol bo`l. Ularning joyi jahannamdir. U qanday ham yomon qaytadigan joy.

:74

Ular gapirmaganlari haqida Allohning nomi ila qasam icharlar. Batahqiq, kufr kalimasini aytdilar va Islomlaridan keyin kufr keltirdilar hamda yeta olmagan narsalariga qasd qildilar. Holbuki, ular Alloh va Uning Rasuli ularni Oz fazlidan boy qilib qoyganlaridan boshqa «ayb» topa olmadilar. Agar tavba qilsalar, ozlariga yaxshi boladir. Gar yuz ogirib ketsalar, Alloh ularni bu dunyoyu oxiratda alamli azob bilan azoblaydir. Yer yuzida ularga dost ham, yordamchi ham yo`q.

:75

Ulardan: «Agar U zot Oz fazlidan bersa, albatta, sadaqa qilamiz va, albatta, ahli solihlardan bolamiz», – deb Allohga ahd beruvchilar bor.

:76

U zot Oz fazlidan bergan chogda esa, baxillik qilib, yuz o`girib, orqaga qarab ketarlar.

:77

Bas, Allohga bergan va'dalariga xilof qilganlari va yolgon gapirganlari uchun Unga robaro boladigan kungacha qalblarida nifoqni oqibat qilib qo`ydi.

:78

Ular Alloh ularning sirlarini ham, yashirin gaplarini ham albatta bilishini va Alloh, albatta, g`ayblarni bilguvchi Zot ekanini bilmasmidilar?

:79

Mominlardan kongilli bolib sadaqa qiluvchilarni va oz kuchlari yetgandan boshqani topa olmaydiganlarni ayblaydigan va masxara qiladiganlarni Alloh masxara qiladir va ularga alamli azob bo`ladir.

:80

Ular uchun istigfor aytsang ham yoki istigfor aytmasang ham, baribir. Agar ular uchun yetmish marta istigfor aytsang ham, Alloh ularni zinhor magfirat qilmas. Bu, ularning Alloh va Uning Rasuliga kufr keltirganlari uchundir. Alloh fosiq qavmlarni hidoyat qilmas.

:81

Ular, Allohning Rasuliga xilof qilib ortda qolganlar otirgan joylarida xursand boldilar va Allohning yolida mollari va jonlari bilan jiddu jahd qilishni yoqtirmadilar hamda: «Issiqda qozg`almanglar», – dedilar. «Jahannamning otashi issiqroq, agar tushunsalar», – deb ayt.

:82

Bas, qilgan kasblari tufayli oz kulib, kop yiglasinlar.

:83

Bas, Alloh seni ulardan bir toifasiga qaytarsa-yu, ular sendan (urushga) chiqishga izn sorasalar: «Men bilan hech qachon chiqmaysizlar va men bilan birga hech qachon jang qilmaysizlar, sizlar birinchi martada otirishga rozi boldingiz, bas, ortda qoluvchilar bilan otiraveringlar», – deb ayt.

:84

Va hech qachon ulardan olgan birortasiga ham (janoza) namoz oqima, qabri ustida turma. Chunki, ular Allohga va Uning Rasuliga kufr keltirdilar hamda fosiq hollarida o`ldilar.

:85

Ularning mol-dunyolari va bola-chaqalari seni ajablantirmasin. Aslida, Alloh o`sha narsalar sababli ularni dunyoda azoblashni va kofir hollarida jonlari chiqishini xohlaydi, xolos.

:86

«Allohga iymon keltiringlar va Uning Rasuli bilan jiddu jahd qilinglar», – deb sura nozil qilingan paytda ulardan boy-zodagonlari: «Bizni tek qoy, otiruvchilar bilan birga bolaylik», – deb izn soraydilar.

:87

Ular xotin-xalajlar bilan birga bolishga rozi boldilar va qalblariga muhr bosildi. Bas, ular anglamaslar.

:88

Lekin Paygambar va u bilan birga iymon keltirganlar mollari va jonlari bilan jiddu jahd qildilar. Ana oshalarga, ozlariga yaxshiliklar boladir. Ana oshalar, ozlari najot topguvchilardir.

:89

Alloh ular uchun ostidan anhorlar oqib turgan jannatlarni tayyorlab qo`yadir. Unda abadiy qolurlar. Ana shu buyuk yutuqdir.

:90

A'robiylardan uzr aytuvchilar ularga izn berilishini sorab keldilar. Allohga va Rasuliga yolgon gapirganlar esa, otirib qoldilar. Ulardan kofir bolganlarga alamli azob yetadir.

:91

Zaifhollarga, bemorlarga va sarf-xarajat qiladigan narsa topa olmayotganlarga, Allohga va Rasuliga ixlosli bolsalar, nasihat qilsalar, gunoh yoq. Chiroyli amal qiluvchilarni ayblashga yol yoq. Alloh mag`firatli va rahimli Zotdir.

:92

Yana, senga ulov berishing uchun kelganlarida: «Sizlarni mindirgani narsa topa olmayapman», deganingda gamgin bolib, kozlaridan yoshlari tokilib, orqaga qaytib ketganlarga ham, sarf-xarajat qiladigan narsa topa olmaganlari uchun gunoh yo`q.

:93

Boy-badavlat bola turib sendan izn soraydiganlarni ayblashga yol bor. Ular xotin-xalajlar bilan birga bolishga rozi bo`ldilar. Alloh ularning qalblariga muhr bosdi. Bas, ular bilmaslar.

:94

Huzurlariga qaytib kelganingizda, sizga uzr aytarlar. Sen: «Uzr aytmanglar, biz sizlarga hech qachon ishonmaymiz. Batahqiq, Alloh bizga sizlarning xabarlaringizni berdi. Albatta, Alloh va Uning Rasuli amalingizni koradir, songra, g`aybni va shahodatni bilguvchi Zotga qaytarilasizlar. Bas, U sizga qilib yurgan amalingizning xabarini beradir», – deb ayt.

:95

Ularning huzurlariga qaytib kelganingizda ularni ayblamasligingiz uchun sizga Allohning nomi ila qasam icharlar. Bas, ulardan yuz o`giringlar! Albatta, ular nopokdirlar. Qilib yurgan kasblari jazosiga joylari jahannamdadir.

:96

Ular sizlar ulardan rozi bolishingiz uchun sizga qasam icharlar. Agarchi siz ulardan rozi bolsangiz ham, Alloh fosiq qavmlardan rozi bo`lmas.

:97

A'robiylar kufr va nifoqda ashaddiyroq va Alloh Oz Paygambariga nozil qilgan narsaning chegaralarini bilmaslikka loyiqroqdirlar. Alloh bilguvchi va hikmatli Zotdir.

:98

A'robiylardan qilgan infoqni ziyon deb biladigan va sizga balo-ofat kelishini kutib turadiganlari ham bor. Yomon balolari o`zlariga ursin! Alloh eshitguvchi va bilguvchi Zotdir.

:99

A'robiylardan Allohga va oxirat kuniga iymon keltiradigan hamda infoq qiladigan narsasini Allohga qurbat hosil qilish va Rasulning duosiga musharraf etish vositasi deb biladiganlari ham bor. Bilsinlarki, albatta, osha narsalar ular uchun qurbatdir. Albatta, Alloh ularni Oz rahmatiga kiritadir. Albatta, Alloh mag`firatli va rahimli Zotdir.

:100

Birinchi peshqadam muhojirlar va ansoriylar va ularga yaxshilik bilan ergashganlar. Alloh ulardan rozi boldi, ular ham Allohdan rozi boldilar. Ularga ostidan anhorlar oqib turgan jannatlarni tayyorlab qoydi. Ularda abadiy qolurlar. Ana osha ulkan yutuqdir.

:101

Atrofingizdagi a'robiylardan munofiqlar bor. Madina ahlidan ham. Ular nifoqda siyqasi chiqqanlardir. Sen ularni bilmassan, ularni Biz bilarmiz. Albatta, ularni ikki marta azoblarmiz. So`ngra, ulkan azobga qaytarilurlar.

:102

Boshqalar esa, gunohlarini e'tirof qildilar: ular yaxshi va yomon amalni aralashtirib qilganlardir. Shoyadki, Alloh ularning tavbasini qabul qilsa. Albatta, Alloh mag`firatli va rahimli Zotdir.

:103

Ularning mollaridan sadaqa ol. Bu bilan ularni poklaysan, tozalaysan va ularning haqqiga duo qil. Albatta, sening duoing ular uchun sokinlikdir. Alloh eshitguvchi va bilguvchi Zotdir.

:104

Ular, albatta, Alloh Oz bandalaridan tavbani qabul qilishini va sadaqalarni olishini va, albatta, Allohning Ozi tavbalarni ko`plab qabul qilguvchi va rahimli Zot ekanini bilmaslarmi?

:105

Sen: «Amal qilinglar! Bas, albatta, Alloh, Uning Rasuli va mominlar amalingizni koradilar. Va, albatta, g`aybni va shahodatni bilguvchi Zotga qaytarilasizlar. Bas, U sizlarga qilib yurgan amallaringizning xabarini beradi», – deb ayt.

:106

Va Allohning amriga havola qilingan boshqalar bor. Ularni yoki azoblaydir yoki tavbalarini qabul qiladir. Alloh bilguvchi va hikmatli Zotdir.

:107

Ziyon, kufr, mominlar orasiga tafriqa solish va bundan oldin Allohga va Uning Rasuliga urush ochgan kimsani kutish joyi bolishi uchun masjid qurganlar, albatta, biz yaxshilikdan boshqa narsani iroda qilganimiz yoq, deb qasam icharlar. Alloh shohidlik beradiki, ular, albatta, yolgonchilardir.

:108

Sen u(masjid)da hech qachon turma! Albatta, birinchi kundan taqvo asosida qurilgan masjidda turmoqliging haqdir. Unda poklanishni sevadigan kishilar bor. Alloh esa, poklanuvchilarni sevadir.

:109

Binosini Allohga bolgan taqvo va Uning roziligi asosida qurgan kimsa yaxshimi yoki binosini yemirilayotgan jar yoqasini asos qilib qurib, u bilan birga jahannam otiga qulagan kimsa yaxshimi? Va Alloh zolim qavmlarni hidoyat qilmas.

:110

Barpo qilgan binolari qalblarida shak-shubha holida bardavom qoladir. Magar qalblar qiymalanib ketsagina, shak-shubha qolmas. Alloh bilguvchi va hikmatli Zotdir.

:111

Albatta, Alloh mominlardan ularning jonlari va mollarini jannat evaziga sotib oldi. Ular Allohning yolida jang qilurlar, oldirurlar va oldirilurlar. Bu, Tavrotda, Injilda va Qur'onda Uning zimmasidagi haq va'dadir. Allohdan ham ahdiga vafodorroq kim bor? Kim Allohga bergan ahdiga vafo qilsa, bas, qilgan savdolaringizdan shod bolavering. Ana shuning ozi ulkan yutuqdir.

:112

Ular tavba qiluvchilar, ibodat qiluvchilar, hamd aytuvchilar, roza tutuvchilar, ruku' qiluvchilar, sajda qiluvchilar, yaxshilikka buyurib, yomonlikdan qaytaruvchilar, Allohning chegarasida turuvchilardir. Va mominlarga xushxabar ber!

:113

Paygambar va mominlar uchun dozax egalari ekanligi ayon bolgan mushriklarga, agar yaqin qarindoshlari bolsa ham, istigfor aytishlari durust emasdir.

:114

Ibrohimning otasi uchun aytgan istigfori unga bergan va'dasi ustidan edi, xolos. Vaqtiki, unga otasining Allohga dushman ekanligi ayon bolganda, undan voz kechdi. Albatta, Ibrohim tazarru'li va haliymdir.

:115

Alloh bir qavmni hidoyatga boshlaganidan song, ularga saqlanishlari lozim bolgan narsani bayon qilmasdan turib, zalolatga ketkazmas. Albatta, Alloh har bir narsani bilguvchi Zotdir.

:116

Albatta, osmonlaru yerning mulki Allohnikidir. U tiriltirar va oldirar. Sizlarga Allohdan boshqa dost ham yoq, yordamchi ham yoq.

:117

Batahqiq, Alloh Paygambarining, qiyinchilik vaqtida ergashgan muhojir va ansorlarning tavbasini qabul qildi. Ulardan ba'zilarining qalblari toyib ketay degandan song tavbalarini qabul qildi. Albatta, U Zot ularga marhamatli va mehribondir.

:118

Va ortda qolgan uch kishiga ham. Ularga keng yer tor bolib, yuraklari siqilib, Allohdan qochib, ozgaga borib bolmasligiga ishonganlaridan song, tavba qilishlari uchun tavba eshigi ochildi. Albatta, Alloh tavbalarni qabul qiluvchi va rahimli Zotdir.

:119

Ey, iymon keltirganlar, Allohga taqvo qilinglar va sodiqlar ila birga bo`linglar.

:120

Madina ahliga va ularning atrofidagi a'robiylarga Rasulullohdan chetda qolishlari va oz jonlarini kozlab, uning joniga e'tibor qilmasliklari durust emas. Zero, ularga Allohning yolida tashnalik, charchoq, ochlik yetsa, kofirlarning gazabini chiqaradigan biron qadam bossalar, dushmanga biron ziyon yetkazsalar, albatta, ularga solih amal yoziladir. Albatta, Alloh yaxshilik qiluvchilarning ajrini zoye qilmas.

:121

Kichik yoki katta nafaqa qilsalar ham, biron vodiyni kesib otsalar ham, albatta, ularga (solih amal) yozilar. Alloh ularga qilgan eng gozal amallarining mukofotini berar.

:122

Mominlarning hammalari (jangga) qozgalishlari lozim emas. Har jamoadan bir nafar toifa bolsaydi. Ular dinni chuqur anglab, qaytib kelgan vaqtlarida qavmlarini ogohlantirardilar. Shoyadki, ular hazir bo`lsalar.

:123

Ey, iymon keltirganlar, sizga yaqin bolgan kofirlarga qarshi jang qiling. Ular sizdagi shiddatni korsinlar. Va bilingki, albatta, Alloh taqvodorlar bilan birgadir.

:124

Ulardan, biron sura nozil qilingan vaqtda: «Bu sizdan kimning iymonini ziyoda qildi?» – deydigan kimsalar bor. Bas, iymon keltirganlarning iymonini ziyoda qildi va ular shodu xurram bo`ldilar.

:125

Ammo, qalblarida kasali borlarning iflosliklari ustiga ifloslik ziyoda qildi va ular kofir hollarida o`lurlar.

:126

Ular har yili bir yoki ikki marta fitna qilinayotganlariga qaramaslarmi? Shunda ham na tavba qilmaslar va na eslamaslar.

:127

Ular, biron sura nozil bolgan vaqtda, sizni birov kormadimi, deb bir-birlariga nazar soladilar-da, songra, burilib ketarlar. Ular fahmlamaydigan qavm bolganlari uchun, Alloh qalblarini burib qo`ydi.

:128

Batahqiq, sizlarga ozingizdan bolgan, sizning mashaqqat chekishingiz uning uchun ogir bolgan, sizning (saodatga yetishishingizga) tashna, mominlarga marhamatli, mehribon bolgan Payg`ambar keldi.

:129

Bas, yuz ogirib ketsalar, sen: «Menga Allohning Ozi yetarli. Undan ozga ibodatga sazovor Zot yoq, Unga tavakkal qildim, U ulug` arshning Robbisidir», – degin.