Barcha Islom kutubxonasi

10 - Jonah - Yūnus

:1

Alif. Laam. Ro. Bular, hikmatli kitobning oyatlaridir.

:2

Odamlarga ozlaridan bolgan bir kishiga vahiy yuborib: «Odamlarni ogohlantir va iymon keltirganlarga Robbilari huzurida ular uchun sobitqadamlik borligining bashoratini ber», deganimiz ajablanarli bo`ldimi? Kofirlar: «Albatta, bu ochiq-oydin sehrgardir», dedilar.

:3

Albatta, Robbingiz osmonlaru yerni olti kunda yaratgan, song, (Zoti va ulugligiga munosib suratda) arshga yuksalgan Allohdir. U ishning tadbirini qiladir. Uning iznisiz hech bir shafoatchi bolmas. Ana osha Alloh Robbingizdir. Bas, Unga ibodat qilinglar. Eslamaysizlarmi?!

:4

Barchangizning qaytishingiz Ungadir. Allohning va'dasi haqdir. Albatta, U avval boshda (barchani) Ozi yaratadir. Songra, iymon keltirgan va yaxshi amal qilganlarni adolat-la mukofotlash uchun ularni qaytaradir. Kofir bo`lganlar esa, kufr keltirganlari uchun, ularga qaynoq suvdan sharob va alamli azob bordir.

:5

U quyoshni ziyo va oyni nur qilgan hamda sizlar yillarning adadini va hisobini bilishingiz uchun uning manzillarini olchovli qilgan Zotdir. Alloh oshani faqat haq ila yaratdi. U biladigan qavmlar uchun oyatlarini batafsil bayon qiladir.

:6

Albatta, kecha va kunduzning almashib turishida va Alloh osmonlaru yerda yaratgan narsalarda taqvo qiladigan qavmlar uchun oyat — belgilar bordir.

:7

Albatta, Biz ila muloqot bolishini umid qilmaganlar va bu dunyo hayotidan rozi bolib, u bilan xotirjam qolganlar hamda oyatlarimizdan gofil bolganlar.

:8

Ana o`shalarning joylari, qilgan kasblari tufayli, jahannamdir.

:9

Albatta, iymon keltirganlar va yaxshi amallar qilganlarni Robbilari, iymonlari sababli, hidoyatga boshlaydir. Na'iym jannatlaridalar, ostlaridan anhorlar oqib turadir.

:10

U yerdagi duolari: «Allohim, Seni poklab yod etamiz»dir. U yerdagi sorashishlari «Salom»dir. Oxirgi duolari esa: «Olamlarning Robbi Allohga hamd bolsin»dir.

:11

Agar Alloh odamlarga yaxshilikni tez keltirgani kabi yomonlikni ham tezlatsa edi, ajallari bitgan bolur edi. Bas, Biz ila muloqotda bolishdan umidi yoqlarni tugyonlarida tashlab qo`yamiz, adashib-uloqib yuraveradilar.

:12

Qachonki insonga zarar yetsa, Bizga yonboshlagan, otirgan yoki turgan holida duo qiladir. Undan zararini ketkazsak, xuddi oziga yetgan zarar haqida Bizga duo qilmagandek, ketaveradir. Ana shunday qilib, isrofchilarga qilayotgan amallari ziynatlanib ko`rsatildi.

:13

Batahqiq, sizdan oldingi asrlarni zulm qilgan choglarida va Paygambarlari ochiq-oydin hujjatlar bilan kelganlarida iymon keltirmaydigan bo`lganlarida halok qilganmiz. Jinoyatchi qavmlarni ana shunday jazolaymiz.

:14

Songra, qanday amal qilishingizga nazar solishimiz uchun ularning ortidan sizlarni yer yuzida orinbosarlar qildik.

:15

Qachonki, ularga ochiq-oydin oyatlarimiz tilovat qilinganida, Bizga muloqot bolishdan umidi yoqlar: «Bundan boshqa Qur'on keltir yoki uni almashtir», dedilar. Sen: «Men ozimcha uni almashtira olmasman. Men faqat ozimga vahiy qilingan narsaga ergashaman, xolos. Albatta, men Robbimga osiylik qilsam, ulug kunning azobidan qorqaman», deb ayt.

:16

Sen: «Agar Alloh xohlaganida, uni sizlarga tilovat qilmas va uni sizlarga orgatmas edi. Batahqiq, men orangizda undan oldin ham umr kechirdim. Aql ishlatib kormaysizlarmi?» deb ayt.

:17

Allohga yolgon toqigan yoki Uning oyatlarini yolg`onga chiqargan kimsadan ham zolimroq odam bormi?! Albatta, jinoyatchilar najot topmaslar.

:18

Ular Allohni qoyib, ozlariga zarar ham, manfaat ham yetkaza olmaydigan narsalarga ibodat qilurlar va: «Ana o`shalar bizning Alloh huzuridagi shafoatchilarimizdir!» derlar. Sen: «Allohga U osmonlaru yerda bilmaydigan narsalarning xabarini bermoqchimisizlar?!» deb ayt. Alloh ular keltirayotgan shirkdan pok va yuksak Zotdir.

:19

Odamlar faqat bir ummat bolgan edilar. Songra, ixtilofga tushdilar. Agar Robbing tomonidan aytilgan soz bolmaganida, ular ixtilof qilayotgan narsa haqida oralarida hukm qilingan bo`lar edi.

:20

Va ular: «Unga Robbidan bir belgi — mo'jiza tushsa edi», derlar. Bas, Sen: «Fayb Allohnikidir. Intizor bolib turing, men ham siz ila intizor bo`luvchilardanman», deb ayt.

:21

Qachonki, odamlarga ularga yetgan zarardan song rahmatni totdirsak, banogoh, ularda oyatlarimiz haqida makr bolur. «Alloh makrda tezkordir. Albatta, elchilarimiz qilayotgan makrlaringizni yozib borurlar», degin.

:22

U sizlarni quruqlikda va dengizda yurgizadigan Zotdir. Toki sizlar kemada bolganingizda va u(kema)lar yaxshi yellar ila ularni olib ketganida hamda ular bundan xursand bolganlarida, qattiq shamol kelur va ularga har tomondan tolqin kelur. Ozlarining qurshovda qolganlarini anglaganlarida, Allohga chin ixlos bilan: «Agar bizni mana shundan qutqazsang, albatta, shukr keltiruvchilardan bo`lurmiz», deb duo qilurlar.

:23

Bas, qachonki U zot ularga najot bersa, koribsizki, ular yer yuzida nohaqdan zulm qilurlar. Ey odamlar! Bu zulmingiz faqat oz ziyoningizgadir. Bu, hayoti dunyo matohi, xolos. So`ngra, Bizga qaytishingiz bor. Bas, Biz nima amal qilganingizning xabarini berurmiz.

:24

Albatta, dunyo hayotining misoli xuddi Biz osmondan tushirgan suvga oxshaydir. Bas, odamlar va chorvalar yeydigan yer nabototi u bilan aralashib, yer bezagini olganda va ziynatlanganda hamda uning ahli, endi bunga erishdik, deb oylaganda, kechasi yoki kunduzi unga Bizning amrimiz keladir. Biz uni xuddi kuni kecha yashnab turmagandek quritib qo`yamiz. Tafakkur qiladigan qavmlar uchun oyatlarimizni ana shunday batafsil bayon qilurmiz.

:25

Alloh tinchlik diyoriga da'vat qilur va O`zi xohlaganlarni sirotul mustaqiymga hidoyat qilur.

:26

Gozal amal qilganlar uchun gozal savob va ziyodalik bordir. Ularning yuzlarini qarolik ham, xorlik ham qoplamas. Ana o`shalar jannat egalaridir. Ular unda abadiy qolurlar.

:27

Yomonliklarni kasb qilganlarga esa, yomonliklariga yarasha yomon jazo bolur. Ularni xorlik qoplar. Ular uchun Allohdan biror saqlovchi ham bolmas. Yuzlari xuddi tun zulmatidan bir parcha ila qoplangan kabi bolur. Ana oshalar do`zax egalaridir. Ular unda abadiy qolurlar.

:28

U kunda barchalarini toplarmiz. Songra, shirk keltirganlarga: «Sizlar ham, sherik qilganlaringiz ham joyingizdan qimirlamangiz», dermiz. Bas, oralarini ajratarmiz va sherik qilinmishlar: «Bizga ibodat etmagan edingiz.

:29

Biz bilan sizning orangizda shohidlikka Alloh kifoyadir. Biz, albatta, sizning ibodatingizdan g`ofil edik», derlar.

:30

Osha yerda har bir jon ozi qilib otgan ishdan soralur — xabardor bolur va haqiqiy xojalari Allohga qaytarilurlar. Hamda ozlaricha toqib chiqargan narsalari ulardan goyib bo`ladir.

:31

Sen: «Sizlarni osmonlaru yerda kim rizqlantiradi? Yoki quloq va kozlaringizning egasi kim, tirikni olikdan, o`likni tirikdan kim chiqaradi? Ishning tadbirini kim qiladi?» deb ayt. Ular, albatta: «Alloh», derlar. Bas, sen: «Taqvo qilmaysizlarmi?» deb ayt.

:32

Bas, mana shu Alloh sizning haq Robbingizdir. Haqdan song nima boladi? Magar zalolat bo`ladi. Bas, qayoqqa burilib ketmoqdasiz?

:33

Shunday qilib, fosiqlik qilganlarga Robbingning sozi haq boldi. Ular iymon keltirmaslar.

:34

Sen: «Sizning sherik keltirayotganlaringiz orasida maxluqotni avval boshda yaratib, songra uni qaytaradigani bormi?» deb ayt. Sen: «Alloh maxluqotni avval boshda yaratib, songra uni qaytarar. Bas, qayoqqa burilib ketmoqdasizlar?» deb ayt.

:35

Sen: «Sizning sherik keltirayotganlaringiz orasida haqqa hidoyat qiladigani bormi?» deb ayt. Sen: «Alloh haqqa hidoyat qiladir. Ergashishga haqqa hidoyat qiladigan Zot haqliroqmi yoki hidoyat qilmaydigan, balki ozi hidoyatga muhtoj kimsami? Sizga nima boldi?! Qanday hukm qilmoqdasiz?!» deb ayt.

:36

Ularning koplari gumonga ergashadilar, xolos. Albatta, gumon haq ornida hech narsa bo`la olmas. Albatta, Alloh nima qilayotganlarini bilguvchi Zotdir.

:37

Ushbu Qur'on Allohdan boshqa tomonidan toqib chiqarilgan emas. Va lekin u ozidan oldingining tasdigi va kitobning tafsilotidir. Unda hech shubha yoq. U olamlarning Robbisidandir.

:38

Yoki ozi toqib olgan derlarmi? Sen: «Agar rostgoy bolsangiz, unga o`xshash bir sura keltiring va (bu ishga) Allohdan boshqa, kuchingiz yetganicha, kimni xohlasangiz, chaqiring», deb ayt.

:39

Balki, ular ozlari ilmini bilmagan narsani, ularga uning ta'viyli yetmay turib, yolgonga chiqardilar. Ulardan oldingilar ham shunday yolgonga chiqargan edilar. Zolimlarning oqibati qanday bolganiga nazar sol.

:40

Ulardan unga iymon keltiradiganlar ham bor va ulardan unga iymon keltirmaydiganlar ham bor. Robbing esa, buzg`unchilarni yaxshi bilguvchi Zotdir.

:41

Agar ular seni yolgonchi qilsalar, sen: «Menga oz ishim, sizlarga o`z ishingiz, sizlar men qiladigan ishdan poksizlar, men sizlar qiladigan ishdan pokman», deb ayt.

:42

Va ulardan senga quloq tutadiganlari ham bor. Agar aql ishlatmasalar, karquloqlarga sen eshittira olurmisan?!

:43

Ulardan senga nazar soladiganlari ham bor. Agar ozlari (qalb kozlari ila) kormasalar, korlarni sen hidoyat qila olurmisan?!

:44

Albatta, Alloh odamlarga hech zulm qilmas, va lekin odamlar o`zlariga zulm qilurlar.

:45

Ularni toplaydigan kunda xuddi nahordan bir soatgina turganga oxshab, bir-birlari bilan tanishurlar. Batahqiq, Allohning muloqotini yolgonga chiqarganlar va hidoyat topganlardan bolmaganlar ziyon qilurlar.

:46

Yoki senga ularga va'da qilganimizning ba'zisini korsatamiz yoki seni vafot ettiramiz. Bas, ularning qaytishlari Bizgadir. Songra, nima qilayotganlariga Alloh shohiddir.

:47

Har ummatning oz Paygambari bordir. Qachonki ularga Payg`ambarlari kelsa, oralarida adolat ila hukm chiqarilur. Ularga zulm qilinmas.

:48

Ular: «Agar rostgoylardan bolsangiz, bu va'da qachon bo`ladi?» derlar.

:49

Sen: «Men ozim ham na zararga va na foydaga molik emasman. Magar Alloh nimani xohlasa (shu boladi). Har ummatning o`z ajali bor. Ajallari kelgan vaqtda bir soatga orqaga ham, oldinga ham sura olmaslar», deb ayt.

:50

Sen: «Xabar bering-chi, agar Uning azobi sizlarga kechasi yoki kunduzi kelsa, jinoyatchilar uning nimasiga shoshilmoqdalar?» deb ayt.

:51

U voqe bolganidan song unga ishondingizmi? Endi-ya?! Uni, tezroq kelsin, deb shoshilayotgan edingiz-ku?!

:52

So`ngra, zulm qilganlarga: «Mangu azobni tortinglar. Faqat kasb qilganingizga yarasha jazo olursizlar, xolos», deyilur.

:53

Ular sendan: «U haqmi?» deb so`rarlar. «Ha, Parvardigorim haqqi, albatta, u haqdir va sizlar qochib qutuluvchi emassizlar», deb ayt.

:54

Agar har bir zulm qilgan jonga yer yuzidagi hamma narsa berilsa-yu, uni fido qilsa ham. Azobni korganlarida ichlarida nadomat cheksalar ham. Ular ortasida adolat ila hukm chiqarilur. Ularga zulm qilinmas.

:55

Ogoh boling! Osmonlaru yerdagi narsalar, albatta, Allohnikidir. Ogoh boling! Allohning va'dasi, albatta, haqdir. Lekin ko`plari bilmaslar.

:56

U tiriltirur va o`ldirur va Ungagina qaytarilursiz.

:57

Ey odamlar! Sizga oz Robbingizdan mav'iza, koksingizdagi narsaga shifo, mo`minlarga hidoyat va rahmat keldi.

:58

Sen: «Allohning fazli ila va Uning rahmati ila. Bas, ana shu bilan xursand bo`lsinlar. U ular jamlaydigan narsalardan yaxshidir», deb ayt.

:59

Sen: «Alloh sizga nozil qilgan rizqdan xabar bering-chi! Uni harom va halol qilib oldingiz!» deb ayt. Sen: «Alloh sizga izn berdimi yoki Allohga nisbatan yolgon toqiyapsizmi?» deb ayt.

:60

Allohga nisbatan yolgon toqiyotganlarning qiyomat kuni haqida nima gumonlari bor? Albatta, Alloh odamlar uchun fazl egasidir. Lekin ko`plari shukr qilmaslar.

:61

Qaysi holda bolsang, Qur'ondan nimani tilovat etsang, ishlardan qay birini qilsang, albatta, Biz oshanga kirishayotgan paytinglarda sizlarga guvohmiz. Na yer yuzida va na osmonlarda zarra miqdoridagi, undan kichikroq yoki kattaroq narsa Robbingdan maxfiy bo`la olmas, balki, ochiq-oydin kitobdadir.

:62

Ogoh bolingkim, Allohning dostlariga xavf yoqdir va ular xafa ham bolmaslar.

:63

Ular iymon keltirganlar va taqvo qilganlardir.

:64

Ularga hayoti dunyoda ham, oxiratda ham xushxabar bor. Allohning sozlarini ozgartirish yoq. Ana osha ulug` yutuqdir.

:65

Ularning gapi seni xafa qilmasin. Albatta, azizlikning barchasi Allohnikidir. U eshitguvchi va bilguvchi Zotdir.

:66

Ogoh bolingkim, osmonlarda kim bolsa va yer yuzida kim bolsa, albatta, Allohnikidir. Allohdan ozga sheriklarga iltijo qilayotganlar nimaga ergashurlar? Ular faqat gumonga ergashurlar, xolos. Ular faqat taxmin qilurlar, xolos.

:67

U sizlarga sokinlik topishingiz uchun kechani va ko`rsatuvchi etib kunduzni qilgan Zot. Albatta, bunda eshitadigan qavmlar uchun oyat — alomatlar bordir.

:68

Ular, «Alloh farzand tutdi», dedilar. U (bundan) pokdir. U behojatdir. Osmonlardagi narsalar va yerdagi narsalar Unikidir. Bu haqda sizning hech qanday dalilingiz yo`q-ku! Allohga nisbatan bilmagan narsangizni aytaverasizmi?

:69

Sen: «Albatta, Allohga nisbatan yolgon toqiganlar najot topmaslar», deb ayt.

:70

Bu dunyoda (bir oz) foydalanish, keyin Bizga qaytishlari bor. Songra, Biz ularga, kufr keltirib otganlari uchun, shiddatli azobni tottiramiz.

:71

Ularga Nuhning xabarini tilovat qilib ber. Vaqtiki u oz qavmiga: «Ey qavmim, agar sizlarga mening maqomim va Allohning oyatlari ila eslatishim ogir kelayotgan bolsa, bas, men Allohga tavakkal qildim. Siz sherik keltirganlaringiz bilan birgalikda oz ishingizni bilaveringlar. Yana, ishlaringiz ozingiz uchun noaniq bolib qolmasin. So`ngra, menga nisbatan hukmingizni ijro etaveringlar, menga muhlat bermanglar.

:72

Bas, agar yuz ogirsangiz, men sizlardan ajr soraganim yoq. Mening ajrim faqatgina Allohdan. Va men musulmonlardan bolishga amr qilinganman», dedi.

:73

Songra, uni yolgonchiga chiqarishdi. Bas, Biz uni va u ila birga bolganlarni kemada qutqardik va ularni xalifalar qildik. Oyatlarimizni yolgonga chiqarganlarni garq etdik. Ogohlantirilganlarning oqibati qanday bolganiga nazar sol.

:74

Songra, undan keyin Paygambarlarni qavmlariga yubordik. Bas, ular ochiq-oydin hujjatlar ila keldilar. Ammo u (qavm)lar oldin yolgonga chiqargan narsalariga iymon keltiruvchi bolmadilar. Tajovuzkorlarning qalbiga shunday qilib muhr bosamiz.

:75

Songra, ulardan keyin Muso va Horunni Fir'avn va uning qavmiga Oz oyat — mo'jizalarimiz ila yubordik. Bas, ular kibru havo qildilar va jinoyatchi qavm boldilar.

:76

Bizning huzurimizdan ularga haq kelgan paytda: «Bu, albatta, ochiq-oydin sehrdir», dedilar.

:77

Muso: «Sizga haq kelganda (shunday) deysizlarmi?! Shu sehrmi?! Sehrgarlar najot topmaslar», dedi.

:78

Ular: «Sen bizni otalarimiz tutib kelayotganida topgan narsamizdan burish uchun va ikkovingizga yer yuzida kattalik bo`lishi uchun keldingmi? Biz ikkovingizga iymon keltiruvchilardan emasmiz», dedilar.

:79

Fir'avn: «Menga barcha bilimdon sehrgarlarni keltiringlar», dedi.

:80

Sehrgarlar kelganida, Muso ularga: «Sizlar tashlamoqchi bo`lgan narsangizni tashlangiz», dedi.

:81

Ular tashlaganlarida, Muso: «Siz keltirgan narsa sehrdir. Albatta, Alloh uni botil qilur. Zero, Alloh buzgunchilarning ishini onglamas.

:82

Va Alloh Oz kalimasi ila, garchi jinoyatchilar yoqtirmasa ham, haqni royobga chiqarur», dedi.

:83

Musoga oz qavmidan ba'zi zurriyotlargina Fir'avn va amaldor-zodagonlarining fitna qilmoqlaridan qorqqan hollarida iymon keltirdilar, xolos. Albatta, Fir'avn yer yuzida baland ketgan edi. Albatta, u isrofchilardan edi.

:84

Muso: «Ey qavmim, agar Allohga iymon keltirgan bolsangiz, agar musulmon bolsangiz, faqat Ungagina tavakkal qiling», dedi.

:85

Ular: «Allohgagina tavakkal qildik. Robbimiz, bizni zolim qavmlarga fitna qilib qo`yma.

:86

Va O`z rahmating ila bizga kofir qavmlardan najot bergin», dedilar.

:87

Biz Musoga va uning birodariga: «Ikkovingiz qavmingiz uchun Misrda uylar tayyorlang, uylaringizni qibla qilib, namozni tokis ado etinglar va mominlarga xushxabar ber», deb vahiy yubordik.

:88

Muso: «Ey Robbimiz, Sen Fir'avnga va uning amaldorlariga zebu ziynat va molu dunyo berding. Robbimiz, bu Sening yolingdan adashtirishlari uchundir. Robbimiz, ularning mollarini yoq qilgin va qalblarini qattiq qilgin, to alamli azobni ko`rmagunlaricha iymonga kelmasinlar», dedi.

:89

U: «Batahqiq, ikkovingizning duoingiz qabul boldi. Bas, sobit turinglar va bilmaydiganlarning yoliga ergashmanglar», dedi.

:90

Va Bani Isroilni dengizdan otkazdik. Bas, Fir'avn va uning askarlari haddan oshgan va tugyon qilgan holda ularni ta'qib etdilar. Toki unga garq bolish yetganida: «Bani Isroil iymon keltirgan Zotdan ozga Iloh yoqligiga iymon keltirdim va men musulmonlardanman», dedi.

:91

Endimi! Oldin isyon qilgan va buzgunchilardan bolgan eding-ku?!

:92

Bugun sening badaningni qutqaramiz. Toki ozingdan keyingilarga ibrat bolgin. Albatta, kop odamlar Bizning oyatlarimizdan gofildirlar.

:93

Batahqiq, Biz Bani Isroilni haqiqiy omonlik maskaniga joylashtirdik va ularni pok narsalar ila rizqlantirdik. Bas, ular to ozlariga ilm kelmaguncha ixtilof qilmadilar. Albatta, Robbing qiyomat kuni ular orasida ixtilof qilgan narsalari haqida Ozi hukm chiqarur.

:94

Agar senga nozil qilgan narsamizdan shakda bolsang, sendan oldin kitobni oqiganlardan sora. Batahqiq, senga Robbingdan haq keldi. Bas, hech shubha qilguvchilardan bolma.

:95

Zinhor, Allohning oyatlarini yolgonga chiqaruvchilardan bolma, u holda ziyonkorlardan bo`lib qolasan.

:96

Albatta, Robbingning kalimalari zimmasiga vojib bo`lganlar iymonga kelmaslar.

:97

Agar ularga hamma oyat-mo'jizalar kelsa ham, to alamli azobni kormagunlaricha.

:98

Qani endi, biron qishloq iymon keltirganda, unga iymoni manfaat bersa edi. Faqat, Yunus qavmi iymon keltirganlarida, ulardan hayoti dunyodagi xorlik azobini kushoyish qildik va ularni ma'lum vaqtgacha foydalantirdik, xolos.

:99

Agar Robbing xohlasa, yer yuzidagi kishilarning hammasi iymonga kelar edilar. Yoki sen odamlarni momin bolishga majburlaysanmi?

:100

Allohning iznisiz hech bir jon momin bola olmas. U aql yurgizmaydiganlarga ota ifloslikni ravo korur.

:101

Sen: «Osmonlaru yerdagi narsalarga nazar solinglar. Iymon keltirmaydigan qavmlarga oyat-mo'jizalar va qorqituvlar foyda bermas», deb ayt.

:102

Ular faqat ozlaridan oldin otganlarning kunlariga oxshash kunlarga intizor bolmoqdalarmi? Sen: «Bas, intizor bolinglar. Albatta, men ham sizlar bilan intizor bolguvchilardanman», deb ayt.

:103

Songra, Paygambarlarimizga va iymon keltirganlarga najot beramiz. Shunday qilib, mominlarga najot bermogimiz zimmamizdagi burchdir.

:104

«Ey odamlar, agar mening dinimda shak-shubhangiz bolsa, bas, (bilingki) men sizlar ibodat qilayotgan — Allohdan ozga — narsalarga ibodat qilmasman. Lekin sizni vafot ettiradigan Allohga ibodat qilurman va mominlardan bolmog`imga amr qilinganman», deb ayt.

:105

Yuzingni dinga togri tut. Mushriklardan bo`lma.

:106

Allohdan ozga — senga manfaat ham, zarar ham bermaydigan — narsaga iltijo qilma. Bas, agar shunday qilsang, unda, sen zolimlardan bolasan.

:107

Agar Alloh seni zarar ila tutsa, Undan ozga oshanga kushoyish beruvchi yoqdir. Agar U senga yaxshilikni iroda qilsa, Uning fazlini rad qiluvchi ham yoqdir. Uni bandalaridan xohlaganiga yetkazur. U mag`firat qilguvchi va rahimli Zotdir.

:108

Sen: «Ey odamlar, sizga Robbingizdan haq keldi. Bas, kim hidoyatga yursa, ozi uchun hidoyat topadir. Kim zalolatga ketsa, oz zarariga zalolat topadir. Men sizlarning ustingizdan qo`riqchi emasman», deb ayt.

:109

Va senga vahiy qilingan narsaga ergash va Alloh hukm qilguncha sabr qil. U hukm qilguvchilarning yaxshisidir.