Barcha Islom kutubxonasi

8 - The Spoils of War - Al-'Anfāl

:1

Sendan oljalar haqida sorarlar. Sen: «Oljalar Alloh va Paygambarnikidir. Bas, Allohga taqvo qilinglar va oz oralaringizni isloh etinglar. Agar momin bolsangiz, Allohga va Uning Paygambariga itoat qilinglar», deb ayt.

:2

Albatta, Alloh zikr qilinsa, qalblari titraguvchi, oyatlari tilovat etilsa, iymonlarini ziyoda qilguvchi va Robbilariga tavakkul qilguvchilargina mo`minlardir.

:3

Ular namozni to`kis ado etadiganlar va Biz rizq qilib bergan narsalardan infoq qiladiganlardir.

:4

Ana oshalar haqiqiy mominlardir. Ularga Robbilari huzurida darajalar, mag`firat va karamli rizq bor.

:5

Albatta, bu holat, mominlardan bir guruhi yoqtirmagan bolsalar ham, Robbing seni haq ila uyingdan chiqarganga o`xshaydi.

:6

Xuddi ozlari korib turgan hollarida olimga haydalayotgandek, haq ayon bolgandan keyin ham sen bilan bahslashadilar.

:7

Oshanda Alloh sizga ikki toifadan biri albatta sizniki bolishini va'da qilgan edi. Sizlar shavkati yogi sizlarniki bolishini suyar edingiz. Alloh esa, Oz kalimalari ila haqni haq qilishni va kofirlarning dumini qirqishni iroda qilgan edi.

:8

Jinoyatchilar yoqtirmasalar ham, haqni haq, botilni botil qilish uchun shunday bo`lishini iroda qilgan edi.

:9

Oshanda Robbingizdan madad soraganingizda, sizni (so`rovingizni) ijobat qilib: «Albatta, Men sizlarga ketma-ket keladigan mingta farishta ila madad beruvchiman», – dedi.

:10

Alloh u(madad)ni bashorat va qalblaringiz u bilan xotirjam bolishi uchungina qildi. oalaba esa, faqat Allohning huzuridadir. Albatta, Alloh g`olib va hikmatli Zotdir.

:11

Oshanda U sizni Ozidan omonlik qilib, mudroq ila oragan edi va sizni poklash, sizdan shaytonning vasvasasini ketkazish hamda qalblaringizni boglash va qadamlaringizni sobit qilish uchun ustingizga osmondan suv tushirgan edi.

:12

Oshanda Robbingiz farishtalarga: «Men, albatta, siz bilanman, bas, siz iymon keltirganlarni sobit qiling, tezda kufr keltirganlarning qalblariga qorqinch solaman. Bas, bo`yinlar ustidan zarba beringlar va hamma barmoqlariga zarba beringlar», deb vahiy qilgan edi.

:13

Bu ularning Allohga va Uning Rasuliga qarshi turganlari uchundir. Kim Allohga va Uning Rasuliga qarshi tursa, bas, albatta, Allohning iqobi shiddatlidir.

:14

Mana shu sizniki, tortaveringlar! Albatta, kofirlarga do`zax azobi bordir.

:15

Ey, iymon keltirganlar, kufr keltirganlarga yaqinlashib, yuzma-yuz kelganingizda ularga orqa o`girmangiz.

:16

Kimki osha kunda jang hunari korsatib yoki boshqa guruhga qoshilmoqchi bolgan holatdan tashqari, ularga orqa ogirib qochsa, bas, batahqiq, Allohdan bolgan g`azab ila qaytibdi. Uning joyi jahannamdir. U qanday ham yomon joy.

:17

Ularni siz oldirmadingiz, balki Alloh oldirdi. Otgan paytingda, sen otmading, balki Alloh otdi. Va mominlarni gozal sinov ila sinash uchun (shunday qildi). Albatta, Alloh eshitguvchi va bilguvchi Zotdir.

:18

Ana oshalarning (sizga bolishi) Alloh, albatta, kofirlarning hiylasini zaif qilguvchi bo`lganidandir.

:19

Agar orani ochishni soragan bolsangiz, bas, batahqiq sizga orani ochish keldi. Agar toxtasangiz, bu ozingiz uchun yaxshidir. Agar siz qaytsangiz, Biz ham qaytamiz. Sizning guruhingiz qancha kop bolsa ham, sizga hech bir hojatingizni chiqara olmas. Albatta, Alloh mo`minlar bilan birgadir.

:20

Ey, iymon keltirganlar, Allohga va Uning Rasuliga itoat qilingiz va eshitib turib, Undan yuz o`girib ketmangiz.

:21

Va ozlari eshitmasalar ham, «eshitdik» deganlar kabi bolmangiz.

:22

Allohning huzurida hayvonning eng yomoni, albatta, karu soqov bo`lib, aql ishlatmaydiganlardir.

:23

Agar Alloh ularda biror yaxshilikni bilganida, albatta eshittirar edi va agar ularga eshittirsa ham, albatta yuz o`girib, burilib ketar edilar.

:24

Ey, iymon keltirganlar, sizga hayot beradigan narsaga chaqirganlarida, Alloh va Rasuliga javob bering va bilingki, albatta, Alloh kishi bilan uning qalbini ajratib qoyadi va, albatta, Uning huzurida toplanursiz.

:25

Va sizlardan faqat zulm qilganlarning o`zigagina yetmaydigan fitnadan saqlaning. Va bilingki, albatta, Allohning iqobi shiddatlidir.

:26

Siz yer yuzida oz sonli, zaifhol bolib, odamlar sizni tutib olishidan qorqib yurgan holingizni eslang. Bas, U zot sizga joy berdi, Oz nusrati ila qolladi va sizlarga pok narsalarni rizq qilib berdi. Shoyadki, shukr qilsangiz.

:27

Ey, iymon keltirganlar, bilib turib, Allohga, Payg`ambarga va omonatlaringizga xiyonat qilmang.

:28

Va bilingki, mollaringiz va farzandlaringiz fitnadan ozga narsa emas va, albatta, Allohning huzurida ulug ajr bordir.

:29

Ey, iymon keltirganlar, agar Allohga taqvo qilsangiz, sizga furqon beradi, sizning gunohlaringizni yuvib, magfirat qiladi. Alloh ulug fazl egasidir.

:30

Kufr keltirganlar seni ushlash, o`ldirish yoki chiqarib yuborish uchun makr qilganlarini esla. Ular makr qildilar va Alloh ham «makr» qildi. Alloh «makr» qilguvchilarning ustasidir.

:31

Ularga oyatlarimiz tilovat qilinsa: «Batahqiq, eshitdik, agar xohlasak, bunga oxshashni ozimiz ham aytamiz. Bu avvalgilarning afsonasidan o`zga narsa emas», – deydilar.

:32

«Allohim! agar mana shu sening huzuringdan kelgan haq bolsa, ustimizga osmondan tosh yogdirgin yoki bizga alamli azob yuborgin», deganlarini esla.

:33

Modomiki, sen ularning ichida ekansan, Alloh ularni azoblamas. Modomiki, ular istig`for aytar ekanlar, Alloh ularni azoblovchimas.

:34

Nega endi Alloh ularni azoblamas ekan. Ular Masjidul Haromdan tosmoqdalar. Holbuki, Uning valiylari emaslar. Uning valiylari taqvodorlardan ozga hech kim emas. Lekin ko`plari bilmaslar.

:35

Ularning Bayt oldidagi namozlari hushtak va qarsak chalishdan iborat edi, xolos. Bas, kufr keltirganingiz tufayli azobni tatib ko`ring.

:36

Albatta, kufr keltirganlar mollarini Allohning yolidan tosish uchun sarflarlar. Bas, ularni sarflarlar-u, songra, ozlariga hasrat boladir, keyin maglub bolurlar. Kufr keltirganlar jahannamga toplanurlar.

:37

Alloh pokdan nopokni ayirishi uchun va nopokning ba'zisi ustiga ba'zisini taxlab, hammasini jahannamga tashlashi uchun. Ana oshalar ziyon korguvchilardir.

:38

Kufr keltirganlarga ayt, agar toxtasalar, otgan narsalar magfirat qilinur va agar qaytadigan bolsalar, bas, batahqiq, avvalgilarning sunnati o`tgan.

:39

Va ular bilan to fitna bolmaguncha va dinning hammasi Allohga bolguncha urush qiling. Agar toxtasalar, bas, Alloh, albatta, nima qilayotganlarini korib turguvchi Zotdir.

:40

Agar yuz o`girsalar, bas, bilginki, albatta, Alloh xojangizdir. U qanday ham yaxshi xoja va qanday ham yaxshi nusrat berguvchi!

:41

Va agar Allohga, furqon kuni — ikki jamoat toqnashgan kuni bandamizga nozil qilgan narsamizga iymon keltirgan bolsangiz, bilingki, o`ljaga olgan narsangizdan beshdan biri Allohga, Rasuliga, yaqinlariga, yetimlarga, miskinlarga va musofirlargadir. Va Alloh har bir narsaga qodirdir.

:42

Oshanda sizlar (vodiyning Madinaga) yaqin tarafida, ular uzoq tarafida, otliqlar esa sizdan pastda edi. Agar va'dalashib olganingizda ham, kelishilgan joy va vaqtda xilof qilardingiz. Lekin Alloh qilinishi kerak bolgan ishni hal etishi uchun, halok boladigan odam ochiq-oydin hujjat bilan halok bolishi uchun, yashashi kerak bolgan odam ochiq-oydin hujjat bilan yashashi uchun (toqnashdingiz). Va, albatta, Alloh eshitguvchi va bilguvchi Zotdir.

:43

Oshanda Alloh tushingda ularni senga oz korsatdi. Agar ularni senga kop korsatganida, tushkunlikka uchrar edingizlar va bu ishda oralaringizda nizo chiqar edi. Lekin Alloh saqladi. Albatta, U dilingizdagi narsani bilguvchi Zotdir.

:44

Oshanda, toqnashganingizda, ularni sizning kozingizga oz qilib korsatganini, sizni ularning koziga oz qilib korsatganini eslang. Buni Alloh qilinishi kerak bo`lgan ishni hal etish uchun qildi. Va barcha ishlar Allohga qaytarilur.

:45

Ey, iymon keltirganlar! (Kofir) jamoatga robaro kelganingizda, sabotli boling va Allohni kop zikr qiling, shoyadki, najot topsangiz.

:46

Allohga va Uning Rasuliga itoat qiling. O`zaro nizo qilmang, u holda tushkunlikka uchraysiz va kuch-quvvatingiz ketadir. Va sabr qiling. Albatta, Alloh sabr qilguvchilar bilandir.

:47

Va diyorlaridan kibru havo bilan, odamlarga riyo uchun chiqib, Allohning yolidan tosadiganlarga o`xshamang. Alloh nima qilayotganlarini ihota qilguvchidir.

:48

Oshanda shayton ularga amallarini ziynatlab korsatdi va: «Bu kunda odamlardan sizga golib kela oladigan hech kim yoq. Men sizning homiyingizman», – dedi. Ikki jamoa bir-birini korganida esa, orqasiga qaytdi va: «Albatta, men siz kormayotgan narsani kormoqdaman. Men Allohdan qorqaman», – dedi. Alloh iqobi shiddatli Zotdir.

:49

Oshanda munofiqlar va dillarida maraz bolganlar: «Anavilarni dini magrur qilib yubordi», – dedilar. Kim Allohga tavakkul qilsa, bas, albatta, Alloh golib va hikmatli Zotdir.

:50

Agar farishtalar kufr keltirganlarning jonini olaturib, yuzlariga va ketlariga urib: «Yong`in azobini toting!

:51

Bu, qolingiz taqdim qilgan narsa tufaylidir. Albatta, Alloh bandalariga hech zulm qilguvchi emasdir», – deyishlarini korsang edi.

:52

Xuddi Oli Fir'avn va ulardan oldingilarning qilmishlariga o`xshaydi. Allohning oyatiga kufr keltirdilar. Bas, Alloh ularni gunohlari tufayli tutdi. Albatta, Alloh kuchli va iqobi shiddatli Zotdir.

:53

Bunday bolishi Alloh bir qavmga bergan ne'matini, toki, ular ozlarini ozgartirmagunlaricha, ozgartiruvchi bolmasligi va Alloh eshitguvchi va bilguvchi zot bolganidandir.

:54

Xuddi Oli Fir'avn va ulardan oldingilarning qilmishiga oxshab, Robbilarining oyatlarini yolgonga chiqardilar. Bas, Biz ularni gunohlari tufayli halok qildik va Oli Fir'avnni g`arq qildik. Hammalari zolim edilar.

:55

Albatta, Allohning huzurida hayvonning yomoni kufr keltirganlaridir. Bas, ular iymon keltirmaslar.

:56

Ulardan sen ahdlashganlar songra har safar ahdlarini buzarlar va ular U zotdan qorqmaslar.

:57

Agar urushda ulardan zafar qozonsang, bas, ularni halok qilish bilan ortlaridagilarni sarson qilib qo`y, shoyadki, eslasalar.

:58

Agar bir qavmning xiyonatidan qorqadigan bolsang, ularga tengma-teng (ahd buzilganini) o`rtaga tashla. Albatta, Alloh xoinlarni sevmas.

:59

Kufr keltirganlar ozdik deb oylamasinlar. Ular hech qochib qutula olmaslar.

:60

Ular uchun qolingizdan kelganicha kuch-quvvat va egarlangan otlarni tayyorlab qoyingizki, bu bilan Allohning dushmanini, oz dushmaningizni va ulardan boshqa ozingiz bilmaydiganlarni qorqitasiz. Ularni Alloh biladir. Alloh yolida nimani sarf qilsangiz, sizga to`liq qaytarilur. Sizga zulm qilinmas.

:61

Agar ular tinchlikka moyil bolsalar, sen ham moyil bol. Va Allohga tavakkul qil. Albatta, U eshitguvchi va bilguvchi Zotdir.

:62

Agar seni aldashni iroda qilsalar, bas, senga Alloh kifoya qiladir. U seni Oz nusrati va mominlar bilan qo`llagan.

:63

Hamda ularning qalblarini birlashtirgan Zotdir. Agar yer yuzidagi hamma narsani sarf qilsang ham, ularning qalblarini birlashtira olmas eding. Lekin Alloh ularni birlashtirdi. Albatta, U g`olib va hikmatli Zotdir.

:64

Ey Nabiy, senga va senga ergashgan mo`minlarga Alloh kifoyadir.

:65

Ey Nabiy, mominlarni jangga chorla! Agar sizdan yigirmata sabrli bolsa, ikki yuztani yengadi. Agar sizdan yuzta bolsa, kufr keltirganlardan mingtasini yengadi. Bu, ular tushunmaydigan qavm bolganlaridandir.

:66

Endi, Alloh sizlardan yengillashtirdi, sizlarda ojizlik borligini bildi. Bas, agar sizdan yuzta sabrli bolsa, ikki yuztani yengadi. Agar sizdan mingta bolsa, Allohning izni ila ikki mingtani yengadi. Alloh sabrlilar bilandir.

:67

Nabiy uchun yer yuzida zabardast bolmagunicha asirlari bolishi yaxshi emas edi. Sizlar dunyoning otkinchi matohini istaysizlar. Alloh esa, oxiratni istaydir. Va Alloh golib va hikmatli Zotdir.

:68

Agar Allohning oldindan yozgani bolmaganida, sizga olgan narsalaringiz tufayli ulug azob yetar edi.

:69

Bas, oljaga olgan narsalaringizdan halol-pok holda yenglar. Allohga taqvo qilinglar. Albatta, Alloh magfirat qilguvchi va rahimli Zotdir.

:70

Ey Nabiy, qolingizdagi asirlarga: «Agar qalblaringizda yaxshilik bolsa, Alloh bilur va sizga ozingizdan olingan narsadan kora yaxshiroq narsani berur va sizni magfirat qilur. Alloh magfirat qilguvchi va rahimli Zotdir», – deb ayt!

:71

Agar senga xiyonat qilishni istasalar, batahqiq, bundan oldin Allohga xiyonat qilgan edilar. Bas, U ularga qarshi imkon topdi. Alloh bilguvchi va hikmatli Zotdir.

:72

Albatta, iymon keltirgan, hijrat qilgan, Allohning yolida molu jonlari bilan jihod qilganlar va joy berib, yordam korsatganlar, ana oshalar bir-birlariga valiydirlar. Iymon keltirgan, ammo hijrat qilmaganlarga esa, to hijrat qilmagunlaricha, siz hech valiy bola olmassiz. Agar ular sizdan dinda yordam sorasalar, yordam bermogingiz vojib. Faqat, siz bilan ortalarida ahdnoma bor qavm ziddiga emas. Alloh nima qilayotganingizni korguvchi Zotdir.

:73

Kufr keltirganlar bir-birlariga valiydirlar. Agar (mazkur narsani) qilmasangiz, yer yuzida fitna va katta fasod bo`ladir.

:74

Iymon keltirgan, hijrat etgan, Allohning yolida jihod qilganlar va joy berib, yordam korsatganlar, ana oshalar haq mominlardir. Ular uchun mag`firat va karamli rizq bordir.

:75

Keyin iymon keltirib, hijrat qilgan va sizlar bilan jihod qilganlar ham sizlardandir. Allohning kitobida qarindoshlar bir-birlariga haqliroqdirlar. Albatta, Alloh har bir narsani bilguvchi Zotdir.