7 - The Heights - Al-'A`rāf
Alif. Laam. Miym. Sood.
Bu, senga u ila ogohlantirishing uchun va mominlarga eslatma etib nozil qilingan kitobdir. Konglingda undan tanglik bo`lmasin.
Sizlarga Robbingizdan nozil qilingan narsaga ergashinglar! Undan boshqa valiy — do`stlarga ergashmanglar. Juda oz eslaysizlar.
Qanchadan-qancha shahar-qishloqlarni halok qildik. Bas, azobimiz ularga tun uyqusida yoki kun uyqusida keldi.
Bas, Bizning azobimiz kelgan chogida ularning da'volari: «Albatta, biz zolimlardan bolgan edik», – deyishlaridan boshqa narsa bo`lmadi.
Bas, Biz, albatta, Paygambar yuborilganlardan ham va, albatta, Paygambarlardan ham so`rarmiz.
Bas, ularga ilmiy ravishda qissa qilib berurmiz. Holbuki, Biz goyib bolmagan edik.
Osha kuni (amallarni) tortish haqdir. Bas, kimning tortilgan(amal)lari ogir kelsa, ana o`shalar najot topguvchilardir.
Va kimning tortilgan (amal)lari yengil kelsa, bas, ana oshalar Bizning oyatlarimizga zulm qilib, ozlariga ziyon etganlardir.
Batahqiq, sizlarga yer yuzida qudrat va imkoniyatlar berdik va unda sizlar uchun yashash vositalari qildik. qanchalar oz shukr qilasizlar-a?!
Va batahqiq, Biz sizlarni yaratdik, keyin sizlarga suvrat berdik. Songra esa, farishtalarga: «Odamga sajda qiling», – dedik. Bas, ular sajda qildilar. Magar iblis sajda qiluvchilardan bolmadi.
U zot: «Senga amr etganimda sajda qilishingdan nima tosdi?» – dedi. U: «Men undan yaxshiman, meni otdan yaratding va uni loydan yaratding», – dedi.
U zot: «Bas, u(jannat)dan tush! Sen uchun unda mutakabbirlik qilib yurish yoq. Bas, chiq! Albatta, sen xoru zor bolguvchilardansan», – dedi.
U: «Menga ular qayta tiriltiriladigan kungacha muhlat ber», – dedi.
U zot: «Albatta, sen muhlat berilganlardansan», – dedi.
U: «Meni igvoga uchirganing sababli, albatta, men ularni Togri yolingda tosib otiraman.
Songra, ularning oldilaridan, orqalaridan, ong tomonlaridan va chap tomonlaridan kelaman. Va ularning ko`plarini shukr qiluvchi holda topmassan», – dedi.
U zot: «Undan mazammatga uchragan va quvilgan holingda chiq!!! Ulardan kim senga ergashsa, albatta, jahannamni sizlarning hammangiz bilan to`ldirurman», – dedi.
Ey Odam, sen jufting bilan jannatni maskan tut. Ikkovingiz xohlagan joyingizdan yeng. Ammo mana bu daraxtga yaqinlashmanglar. Uning sababidan zolimlardan bo`lib qolmanglar.
Bas, shayton ikkovlarining berkitilgan avratlarini ochish uchun ularni vasvasa qildi va: «Robbingiz sizni ushbu daraxtdan faqat ikkovingiz farishta bo`lmasligingiz yoki abadiy qolmasligingiz uchungina man qildi», – dedi.
Ularga: «Albatta, men sizlarga nasihat qiluvchilardanman», – deb qasam ichdi.
Bas, ularni aldov ila past(holat)ga tushirdi. Ikkovlari daraxtdan tatib korishganda, avratlari ozlariga korinib qoldi va ozlariga jannat barglaridan tosiq toqiy boshladilar. Shunda, Robbilari ularga nido qilib: «Sizlarni ana o`sha daraxtdan qaytargan emasmidim va, albatta, shayton ikkovingizga ochiq-oydin dushmandir, demaganmidim?!» – dedi.
Ikkovlari: «Ey Robbimiz, biz ozimizga zulm qildik. Agar Sen bizni magfirat qilmasang va bizga rahim qilmasang, albatta, ziyon korganlardan bolamiz», – dedilar.
U zot: «Bir-biringizga dushman bo`lgan holingizda tushinglar. Sizlarga yer yuzida qarorgoh bor va ma'lum vaqtgacha foydalanish bor», – dedi.
U zot: «Unda hayot kechirasizlar, unda o`lasizlar va undan qayta chiqarilasizlar», – dedi.
Ey, Odam bolalari, batahqiq, sizlarga avratingizni tosadigan libos va ziynat libosini nozil qildik. Taqvo libosi, ana osha yaxshidir. Ana o`shalar Allohning oyat-belgilaridandir. Shoyadki, eslasalar.
Ey, Odam bolalari, shayton ota-onangizni ozlariga avratlarini korsatish uchun ustlaridan liboslarini yechib, jannatdan chiqarganidek, sizni ham fitnaga solmasin. Albatta, u va uning yordamchilari sizni siz kormaydigan tomondan koradir. Biz, albatta, shaytonlarni iymon keltirmaydiganlarga do`st qilganmiz.
Ular qachon fohisha ish qilsalar: «Ota-bobolarimiz ushbuni qilayotganini ko`rdik. Buni bizga Alloh buyurgan», – derlar. «Alloh, albatta, fahsh ishlarga buyurmas. Alloh sha'niga bilmaydigan narsangizni aytasizmi?!» – degin.
Sen: «Robbim adolatga amr qildi. Har bir ibodatxonada yuzingizni togri tuting. Uning diniga ixlos etgan holda duo qiling. Sizlarni avvalda qanday yaratgan bolsa, osha holda qaytasizlar», – deb ayt.
Bir guruhni hidoyat qildi. Boshqa guruhga yoldan ozish haq boldi. Chunki, ular Allohni qoyib shaytonlarni ozlariga dost tutdilar. Hamda ozlarini, albatta, hidoyat topganlar, deb hisoblarlar.
Ey, Odam bolalari, har bir ibodat chogida oz ziynatingizni oling. Yeb-iching va isrof qilmang. Chunki, U isrof qiluvchilarni sevmas.
Sen: «Alloh Oz bandalariga chiqargan ziynatlarni va pokiza rizqlarni kim harom qildi?!» – deb ayt. Sen: «Ular hayoti dunyoda iymon keltirganlarga, qiyomat kunida esa faqat ozlariga xosdir», – deb ayt. Biladigan qavmlar uchun oyatlarni mana shunday mufassal bayon qilurmiz.
Sen: «Robbim faqatgina oshkora va yashirin fahsh ishlarni, gunohlarni, nohaq tajovuzkorlikni va Allohga hech qanday hujjat tushirmagan narsalarni sherik qilib olishingizni hamda Allohga nisbatan bilmagan narsani aytishni harom qilgan, xolos», – deb ayt.
Har bir ummatning ajali bor. Ajallari kelgan vaqtida biror soatga ketga ham, oldinga ham sura olmaslar.
Ey, Odam bolalari, agar sizlarga ozingizdan bolgan Paygambarlar kelib, oyatlarimni sozlaganda, bas, kim taqvo qilsa va yaxshi amal qilsa, ularga xavf yoqdir va ular xafa ham bolmaslar.
Oyatlarimizni yolgonga chiqarganlar va ulardan kibr qilganlar, ana oshalar do`zax egalaridir. Ular unda abadiy qolurlar.
Allohga nisbatan yolgon toqigan yoki uning oyatlarini yolgonga chiqargan kimsadan ham zolimroq odam bormi?! Ana oshalarga kitobdan nasibalari yetar. Bizning elchilarimiz kelib ularning jonlarini olayotib: «Allohdan ozga ibodat qilayotgan narsalaringiz qani?» – derlar. Ular: «Bizdan goyib bolishdi», – derlar va oz ziyonlariga, kofir bo`lganlarini aytib, guvohlik berarlar.
U zot: «Sizdan oldin otgan, jin va insdan bolgan ummatlar bilan dozaxga kiring», – der. Qachonki, qaysi bir ummat (dozaxga) kirsa, sherigini la'natlar. Biroq u yerda hammalari topishganlarida, keyingilari avvalgilarini (malomat qilib): «Ey Robbimiz, bizni anavilar adashtirgan edilar. Ularga do`zax azobini ikki barobar qilib ber», – derlar. U zot: «Hammaga ham ikki barobar, lekin bilmaysizlar», – der.
Avvalgilar keyingilarga: «Sizlarning bizdan afzallik tomoningiz yo`q. Qilgan kasbingizga yarasha azobni tortaveringlar», – derlar.
Albatta, oyatlarimizni yolgonga chiqarganlar va ulardan kibr qilganlarga osmon eshiklari ochilmas va ular tuya igna teshigidan otmaguncha jannatga kirmaslar. Jinoyatchilarni mana shunday jazolaymiz.
Ularga jahannamdan to`shak va ustlariga choyshab bor. Zolimlarni mana shunday jazolaymiz.
Iymon keltirib, yaxshi amallarni qilganlar — Biz hech bir jonni toqatidan tashqari narsaga taklif qilmaymiz — ana o`shalar jannat egalaridir. Ular unda abadiy qolurlar.
Va koksilaridagi gillu gashlarni chiqarib oldik, ostilaridan anhorlar oqib turibdi. Ular: «Bizni shunga hidoyat qilgan Allohga hamdlar bolsin, agar Alloh bizni hidoyat qilmaganda, ozimiz yol topa olmas edik. Robbimizning elchilari haqni keltirdilar», – dedilar. Va ularga: «Mana shu jannatingizni qilgan amallaringiz tufayli meros qilib oldingiz», – deb nido qilinur.
Va jannat egalari dozax egalariga: «Biz Robbimiz bizga va'da qilgan narsaning haq ekanini topdik. Sizlar ham Robbingiz va'da qilgan narsaning haq ekanini topdingizmi?!» – deb nido qiladir. Ular: «Ha!» – derlar. Bas, ular ortalarida bir jarchi: «Zolimlarga Allohning la'nati bo`lsin!!!
Allohning yolidan tosadigan, uni buzishni istaydigan va oxiratga kofir bo`luvchilarga!!!» – deb jar soladir.
Oralarida tosiq bor, u devorlar ustidagi kishilar hammalarini siymolaridan tanirlar. Tama' qilgan hollarida kirmay turgan jannat egalariga: «Sizga salom bolsin», – deb nido qilurlar.
Qachonki kozlari dozax egalari tomon burilib qolsa: «Ey Robbimiz, bizni zolim qavmlar bilan birga qilmagin», derlar.
A'rof egalari siymolaridan taniydigan kishilariga nido qilib: «To`plaganingiz va qilgan kibru havoingiz sizga asqotmabdi-ku!
Sizlar «Alloh ularga rahmat yetkazmas», deb qasam ichganingiz ana ularmi?! (Ularga): Jannatga kiringlar! Sizga xavf yoq va siz xafa ham bolmaysiz, deyildi-ku!» – derlar.
Dozax egalari jannat egalariga: «Bizga ham suvdan yoki Alloh sizga rizq qilib bergan narsadan tokinglar», – deb nido qilarlar. Ular: «Albatta, Alloh bularni kofirlarga harom qilgan.
Dinlarini oyin-kulgi qilib olgan va hayoti dunyo gururiga ketganlarga», – derlar. Bas, bu Kunda ular bugungi holga duchor bo`lishlarini unutganlari va oyatlarimizni inkor qilganlaridek, Biz ham ularni unutamiz.
Batahqiq, Biz ularga ilm ila mufassal qilingan, iymon keltirgan qavm uchun hidoyat va rahmat bo`lgan kitobni keltirdik.
Ular uning ta'viylini — oqibatini kutmoqdalar, xolos. Uning ta'viyli kelgan kunda ilgari uni unutganlar: «Robbimizning Paygambarlari haq ila kelgan ekanlar. Endi bizga shafoat qiluvchilar bormi, shafoat qilsalar yoki ortga qaytarilsag-u, qilgan amallarimizdan boshqacha amallarni qilsak», – derlar. Batahqiq, ular ozlariga ziyon qildilar va toqib olgan narsalari ulardan goyib bo`ldi.
«Albatta, osmonlaru yerni olti kunda yaratgan, songra (Zoti va ulugligiga munosib suratda) Arshga yuksalgan Robbingiz kecha ila kunduzni qoplaydir. Unisi bunisini shoshilib quvlaydir. Quyosh, oy va yulduzlarni Oz amriga boysundirilgan qilib yaratdi. Ogoh boling, yaratish va amr qilish Uning Oziga xosdir. Olamlarning Robbi — Alloh buyukdir.
Robbingizga tazarru' ila va maxfiy duo qiling. Zotan, U haddan oshuvchilarni sevmas.
Va isloh qilingandan keyin yer yuzida fasod qilmang va Undan qo`rqib tama' ila duo qiling. Albatta, Allohning rahmati yaxshilik qiluvchilarga yaqindir.
U Oz rahmatidan oldin shamollarni xushxabar qilib yuboradigan Zotdir. Qachonki, ular ogir bulutlarni kotarib keltirgach, u ila olik yurtni sugoramiz. Undan suv tushirib, osha ila turli mevalar chiqaramiz. O`liklarni ham shunday qilib chiqaramiz. Shoyadki, eslasangizlar.
Pok yurtning nabototi Robbining izni ila chiqadir. Nopok bo`lgani esa, faqat qiyinchilik ila chiqadir. Shukr keltirgan qavmlar uchun oyatlarimizni shunday xilma-xil bayon qilamiz.
Batahqiq, Biz Nuhni oz qavmiga yubordik. Bas, u: «Ey qavmim, Allohga ibodat qilinglar. Sizlarga Undan ozga iloh yoq. Albatta, men sizlarning buyuk kunning azobiga giriftor bolishingizdan qo`rqaman», – dedi.
Uning qavmidan bolgan zodagonlar: «Albatta, biz sening ochiq-oydin zalolatda ekaningni koryapmiz», – dedilar.
U: «Ey qavmim, menda zalolat yoq. Va lekin men olamlarning Robbidan Paygambarman.
Sizlarga Robbimning yuborganlarini yetkazaman, nasihat qilaman va Alloh tomonidan siz bilmagan narsani bilaman.
Ozingizdan bolgan bir kishiga, sizlarni ogohlantirish uchun va taqvo qilib, shoyad, rahmatga erishsangiz deb, Robbingizdan eslatma kelganidan ajablanasizlarmi?!» – dedi.
Bas, uni yolgonchiga chiqardilar. Song, Biz uni va u bilan birga bolganlarni kemada qutqardik va oyatlarimizni yolgonga chiqarganlarni garq qildik. Chunki, ular kor qavm edilar.
Va Odga oz birodari Hudni (yubordik). U: «Ey qavmim, Allohga ibodat qilinglar. Sizlarga Undan ozga iloh yo`q. Taqvo qilmaysizlarmi?!» – dedi.
Uning qavmidan kufr keltirgan zodagonlar: «Albatta, biz seni esi pastlikda korib turibmiz va albatta biz seni yolgonchilardan deb bilamiz», – dedilar.
U: «Ey qavmim, menda esi pastlik yoq. Va lekin men olamlarning Robbidan Paygambarman.
Sizlarga Robbimning yuborganlarini yetkazaman va men sizlarga ishonchli nasihatgo`yman.
Ozingizdan bolgan bir kishiga sizlarni ogohlantirish uchun Robbingizdan eslatma kelganidan ajablandingizmi?! Sizlarni Nuh qavmidan keyin xalifa qilganini va xilqatingizda kuch-quvvatni ziyoda qilganini eslang. Allohning ne'matlarini eslang. Shoyadki, najot topsangiz», – dedi.
Ular: «Sen bizga yolgiz Allohning Oziga ibodat qilishimiz va ota-bobolarimiz ibodat qilgan narsalarni tark etishimiz uchun keldingmi?! Agar rostgoylardan bolsang, bizga va'da qilayotgan narsangni keltir!» – dedilar.
U: «Batahqiq, ustingizga Robbingiz tomonidan azob va gazab tushdi. Men bilan, Alloh hech bir hujjat tushirmagan, ozingiz va ota bobolaringiz qoyib olgan nomlar haqida tortishasizlarmi?! Bas, intizor bolib turinglar! Men ham sizlar bilan intizor bo`luvchilardanman», – dedi.
Bas, unga va u bilan birga bolganlarga Oz rahmatimiz ila najot berdik va oyatlarimizni yolgonga chiqarganlarning ketlarini uzdik. Ular momin emas edilar.
Va Samudga oz birodari Solihni (yubordik). U: «Ey qavmim, Allohga ibodat qilinglar. Sizlarga Undan ozga iloh yoq. Sizga Robbingizdan hujjat keldi. Allohning mana bu tuyasi sizlarga belgidir. Uni Allohning yerida tek qoyinglar. Unga yomonlik yetkazmanglar. Yana sizni alamli azob tutmasin-a!
Va sizlarni Oddan keyin xalifa qilganini va sizga yer yuzida imkon berib, tekisliklarida qasrlar qurib, toglardan uylar oyganlaringizni eslang. Allohning ne'matlarini eslang va yer yuzida fasod-la buzg`unchilik qilmang!» – dedi.
Uning qavmidan mutakabbir bolgan zodagonlar zaifhol bolganlardan iymon keltirganlariga: «Solihni Robbidan Payg`ambar qilib yuborilgan, deb bilmoqdamisiz?!» – dedilar. Ular: «Albatta, biz u ila yuborilgan narsaga iymon keltiruvchilarmiz», – dedilar.
Mutakabbir bo`lganlar: «Albatta, biz siz iymon keltirganga kofirmiz», – dedilar.
Bas, tuyani soydilar, Robbilari amrida tajovuzkorlik qilishdi va: «Ey Solih, agar rostgoylardan bo`lsang, bizga va'da qilayotgan narsangni keltir!» – dedilar.
Bas, ularni shiddatli zilzila oldi va joylarida o`tirib qoldilar.
Keyin, ulardan yuz o`girdi va: «Ey qavmim, batahqiq, men sizga Robbimning yuborganini yetkazdim va nasihat qildim. Lekin siz nasihat qiluvchilarni sevmas ekansiz», – dedi.
Va Lutni (yubordik). Uning o`z qavmiga: «Sizdan oldin olamlarda hech kim qilmagan fohisha ishni qilasizlarmi?!
Albatta, sizlar ayollarni qoyib, erkaklarga shahvat ila yaqinlik qilmoqdasizlar. Yoq! Sizlar isrofchi qavmsiz!» – deganini esla.
Qavmning javobi: «Ularni qishlogingizdan chiqarib yuboring, chunki ular juda ham pokiza bolaveradigan odamlar ekan», deyishlaridan boshqa narsa bo`lmadi.
Bas, unga va ahliga najot berdik. Magar xotini halok bolguvchilardan boldi.
Va Biz ularning ustidan «yomgir» yogdirdik. Jinoyatkorlarning oqibati qanday bo`lganiga nazar sol!
Va Madyanga oz birodarlari Shu'aybni (yubordik). U: «Ey qavmim, Allohga ibodat qiling. Sizga Undan ozga iloh yoq. Batahqiq, sizga Robbingizdan hujjat keldi. Bas, olchov va tarozuni toliq ado eting, odamlarning narsalaridan kamaytirib qolmang va yer yuzida uning islohidan keyin buzgunchilik qilmang. Agar momin bolsangiz, shunday qilmogingiz ozingiz uchun yaxshidir.
Har kochada otirib olib qorqitmang. Allohning yolidan Unga iymon keltirganlarni tosmang va u(yol)ning egri bolishini istamang. Oz bolgan chogingizda sizni kopaytirib qoyganini eslang. Buzgunchilarning oqibati qanday bo`lganiga nazar soling.
Agar sizdan bir toifa men ila yuborilgan narsaga iymon keltirgan va boshqa toifa iymon keltirmagan bo`lsa, bas, Alloh oramizda hukm qilguncha sabr qilinglar. U hukm qiluvchilarning yaxshisidir», – dedi.
Uning qavmidan mutakabbir bolgan zodagonlar: «Ey Shu'ayb, yoki, albatta, seni va sen bilan birga iymon keltirganlarni oz qishlogimizdan chiqaramiz yoki oz millatimizga qaytasizlar», – dedilar. U: «Garchi yomon koruvchi bolsak ham-a?!
Agar sizning millatingizga Alloh bizga undan najot bergandan song qaytsak, batahqiq, Allohga nisbatan yolgon toqigan bolamiz. Biz uchun unga qaytish mutlaqo mumkin emas, magar Robbimiz — Alloh xohlasagina (mumkin). Robbimiz hamma narsani o`z ilmi ila qamrab olgandir. Allohga tavakkal qildik. Ey Robbimiz, biz bilan qavmimizning oramizni haq ila ochgin. Sen ochuvchilarning yaxshisidirsan», – dedi.
Uning qavmidan bolgan, kufr keltirgan zodagonlar: «Agar Shu'aybga ergashsangiz, u holda, albatta, ziyon koruvchidirsiz», – dedilar.
Bas, ularni shiddatli zilzila oldi va joylarida o`tirib qoldilar.
Shu'aybni yolgonchiga chiqarganlar, xuddi u yerda yashamagandek boldilar. Shu'aybni yolgonchiga chiqarganlar, oshalar ziyon koruvchilar boldilar.
Keyin ulardan yuz ogirdi va «Ey qavmim, batahqiq, sizga Robbimning yuborganlarini yetkazgan edim hamda sizga nasihat qilgan edim. Qanday qilib kofir qavmlarga qayguray», – dedi.
Qaysi bir qishloqqa Payg`ambar yuborsak, albatta, uning ahlini tazarru' qilishlari uchun zararlar va musiybatlar ila tutganmiz.
Songra yomonlikni yaxshilikka almashtirganmiz. Toki, kopayishib va «Ota-bobolarimizga ham qiyinchilik va xursandchilik yetgan edi», deganlarida, ularni ozlariga sezdirmay, tosatdan tutganmiz.
Agar qishloqlar ahllari iymon keltirganlarida va taqvo qilganlarida edi, Biz, albatta, ularga osmonu yerdan barakotlarni ochib qoyar edik. Lekin ular yolgonga chiqardilar, bas, ularni qilgan kasblari tufayli tutdik.
Qishloqlar ahli ularga Bizning balo-qazoyimiz tunda, uxlayotgan hollarida kelishidan xotirjammilar?!
Qishloqlar ahli ularga Bizning balo-qazoyimiz choshtgohda, o`ynayotgan hollarida kelishidan xotirjammilar?!
Allohning makridan xotirjam boldilarmi?! Allohning makridan faqat ziyon koruvchi qavmlargina xotirjam bo`lurlar.
Yerga uning ahlidan keyin merosxor bolganlarga, agar xohlasak, gunohlari tufayli ularga musiybat yetkazishimiz va qalblariga muhr bosib, eshitmaydigan qilib qoyishimiz ayon bolmadimi?!
Biz senga ana osha qishloqlarning xabarlarini qisqa qilib aytib bermoqdamiz. Batahqiq, ularga Paygambarlari ochiq-oydin hujjatlar bilan keldilar. Ammo, ular oldin yolg`onga chiqargan narsalariga iymon keltirmadilar. Alloh shunday qilib kofirlar qalbiga muhr bosdi.
Ularning koplarida ahdga vafo kormadik. Agar ularning ko`plarini topsak ham, fosiqlikda topdik.
Songra, ularning ortidan Musoni Oz oyatlarimiz ila Fir'avn va uning zodagonlariga yubordik. Bas, u(oyat)larga zulm qildilar. Buzgunchilarning oqibati qanday bolishiga nazar sol.
Muso: «Ey Fir'avn, albatta, men olamlarning Robbidan Payg`ambarman.
Menga Alloh haqida haqdan boshqani aytmaslik lozimdir. Batahqiq, men sizlarga Robbingizdan ochiq-oydin hujjat keltirdim. Men ila Bani Isroilni qo`yib yubor», – dedi.
U: «Agar mo'jiza keltirgan bolsang, rostgoylardan bolsang, keltir uni», – dedi.
Asosini tashlagan edi... banogoh u aniq ajdar bo`ldi.
Va qolini chiqargan edi... banogoh u nazar soluvchilarga oppoq bolib ko`rindi.
Fir'avn qavmidan bo`lgan zodagonlar: «Albatta, bu bilimdon sehrgardir!
Sizlarni yeringizdan chiqarishni xohlaydi. Bas, nimaga amr qilasizlar?» – dedilar.
Ular: «Uni va akasini qoyib turgin-da, shaharlarga toplovchilarni yubor.
Hamma bilimdon sehrgarlarni senga olib kelsinlar», – dedilar.
Sehrgarlar Fir'avnga kelib: «Agar biz golib bolsak, albatta, mukofot olsak kerak?» – dedilar.
U: «Ha. Va, albatta, mening yaqin kishilarimdan bo`lursizlar».
Ular: «Ey Muso, yoki sen tashla, yoki biz tashlovchi bo`laylik», – dedilar.
U: «Sizlar tashlanglar», – dedi. Ular tashlaganlarida, odamlarning kozini sehrladilar, qorqitdilar va zor sehr korsatdilar.
Biz Musoga: «Asoingni tashlagin», deb vahiy yubordik. Birdan, u ular uydirayotgan narsani yuta boshladi.
Bas, haq qaror topdi va ularning qilayotganlari botil bo`ldi.
Osha yerda yengildilar va beobro bo`ldilar.
Va sehrgarlar sajdaga tashlanib:
«Olamlarning Robbiga iymon keltirdik.
Muso va Horunning Robbiga», – dedilar.
Fir'avn: «Men sizga izn bermay turib unga iymon keltirdingizmi?! Albatta, bu sizning shahardan uning ahlini chiqarish uchun qilgan makringizdir. Hali bilasiz.
Albatta, oyoq-qo`llaringizni qarama-qarshi tomonidan kesaman va hammangizni osaman», – dedi.
Ular: «Albatta, biz Robbimizga qaytguvchimiz.
Sen bizdan faqat Robbimizning oyatlari kelganda ularga iymon keltirganimiz uchungina och olmoqdasan! Ey Robbimiz, ustimizdan sabr tokkin va musulmon holimizda vafot ettirgin», – dedilar.
Fir'avn qavmidan bolgan zodagonlar: «Seni va xudolaringni tark qilsa ham, Muso va uning qavmini yer yuzida buzgunchilik qilishlariga yol qoyib berasanmi?» – dedilar. U: «Ogillarini oldirurmiz va ayollarini tirik qoldirurmiz va, albatta, biz ular ustidan qahr otkazuvchimiz», – dedi.
Muso oz qavmiga: «Allohdan yordam soranglar va sabr qilinglar. Yer Allohniki, uni bandalaridan kimni xohlasa, o`shanga meros qilib beradir. Va oqibat taqvodorlarnikidir», – dedi.
Ular: «Sen bizga kelmasingdan oldin ham, kelganingdan keyin ham ozor tortdik», – dedilar. U: «Shoyadki, Robbingiz dushmanlaringizni halok etib, sizlarni yer yuziga xalifa qilib, qanday amal qilishingizga nazar solsa», – dedi.
Biz Fir'avn ahlini, shoyad eslasalar deb, (qahatchilik) yillar va mevalar tanqisligi ila tutdik.
Ular ozlariga yaxshilik yetganda: «Bunga biz haqdormiz», – dedilar. Agar ularga yomonlik yetsa, Muso va u bilan birga bolganlardan shumlandilar. Ogoh bolsinlarkim, ularning shumliklari Allohning huzuridan boshqa joyda emas. Lekin koplari bilmaslar.
Ular: «Har qancha oyat keltirib bizni sehrlamoqchi bo`lsang ham, biz senga iymon keltirguvchi emasmiz», – dedilar.
Bas, ularning ustidan tofon, chigirtka, mita, baqa va qonlarni ochiq-oydin va mufassal belgilar qilib yubordik. Bas, ular mutakabbirlik qildilar va jinoyatchi qavm boldilar.
Qachonki ustilariga azob tushsa: «Ey Muso, senga bergan ahd hurmati, Robbingga duo qil, agar bizdan azobni kotarsang, albatta, senga iymon keltirurmiz va Bani Isroilni sen bilan qoyib yuborurmiz», – der edilar.
Qachonki ustilaridagi azobni ozlari yetib boradigan muddatga kotarsak, qarabsanki, qasamlarini buzib turibdilar.
Bas, ulardan intiqom oldik. Oyatlarimizni yolgonga chiqarganlari va ulardan gofil bolganlari uchun ularni dengizga garq qildik.
Va xorlanib yurgan qavmni esa, ozimiz barakali qilgan yerning mashriqiyu magribiga merosxor qildik. Sabr qilganlari uchun Robbingning gozal sozlari Bani Isroilga batamom bo`ldi. Fir'avn va uning qavmi qurgan narsalarni va ular yuksaltirgan narsalarni vayron qildik.
Va Bani Isroilni dengizdan olib otdik. Bas, ular oz sanamlariga berilib siginayotgan qavm ustiga keldilar. Ular:» Ey Muso, bizga ham xuddi ularning xudolariga oxshash xudo qilib ber», – dedilar. U: «Albatta, siz johil qavm bo`layotibsiz.
Axir, anavilar ichida turgan narsa halokatdir va qilayotgan ishlari botildir», – dedi.
«Sizlarga Allohdan o`zgani xudo qilib beraymi?! Holbuki, U sizlarni olamlardan afzal qilgan zot-ku!» – dedi.
Sizlarni yomon azoblarga qoyayotgan, ogillaringizni oldirib, qizlaringizni tirik qoldirayotgan Fir'avn ahlidan qutqarganimizni eslang! Va bu ishda Robbingizdan ulug` sinov bordir.
Va Muso bilan ottiz kechaga va'dalashdik. Keyin esa, uni on (kecha) bilan tugal qildik. Bas, Robbining belgilagan vaqti toliq qirq kecha boldi. Muso akasi Horunga: «Qavmimda mening ornimni ol, yaxshi ish qil, buzgunchilarning yo`liga ergashma», – dedi.
Muso miyqotimizga kelib, Robbi unga gapirganida, U: «Robbim, menga (jamolingni) korsatgin, Senga nazar solay», – dedi. U zot: «Meni hech kora olmassan. Lekin toqqa nazar sol, agar u makonida sobit tura olsa, bas, Meni korasan», – dedi. Robbi toqqa tajalliy qilganida, uni titilgan holga keltirdi va Muso hushidan ketib yiqildi. Hushiga kelgach: «Sen poksan, Senga tavba qildim. Men mominlarning avvalgisiman», – dedi.
«Ey Muso, men seni odamlar ichidan Paygambarligim va gaplashishim ila tanlab oldim. Bas, senga bergan narsamni ol va shukr qiluvchilardan bol!» – dedi.
Va unga lavhlarda hamma narsadan mav'iza va har bir narsaning tafsilotini yozib berdik. «Bas, ularni quvvat ila tut va ahlingga buyur, ularning eng yaxshilarini olsinlar. Endi, sizlarga fosiqlarning diyorini ko`rsataman», – dedik.
Endi, yer yuzida nohaqdan mutakabbirlik qilayotganlarni, barcha oyatlarni korsalar ham, ularga iymon keltirmayotganlarni, togrilik yolini korsalar ham, uni ozlariga yol tutmayotganlarni, agar adashuv yolini korsalar, uni ozlariga yol tutayotganlarni Oz oyatlarimdan buraman. Bunday bolishi ularning oyatlarimizni yolgonga chiqarishlari va ulardan gofil bolishlari sababidandir.
Oyatlarimizni va oxirat muloqotini yolg`onga chiqarganlar amallari behuda ketganlardir. Ular faqat qilib yurgan amallarining jazosini olurlar.
Musoning qavmi undan keyin taqinchoqlaridan (bolgan), bokiradigan buzoq jasadini (xudo) tutdilar. Uning ularga gapirmasligini va ularni hidoyat qilmasligini bilmadilarmi?! Uni (xudo) tutdilar va zulm qiluvchilardan bo`ldilar.
Qollari tushgan paytda va ozlarining adashganlarini bilganlarida: «Agar Robbimiz bizga rahim qilmasa va magfirat etmasa, albatta, ziyonkorlardan bolamiz», – dedilar.
Qachonki Muso oz qavmiga gazablangan va afsus qilgan holida qaytganida: «Mening ketimdan qanday ham yomon xalifa boldingiz. Robbingizning amridan (oldin) shoshildingizmi?!» – dedi va lavhlarni tashlab, akasining boshidan tutib, oziga torta boshladi. U (Horun): «Ey onamning bolasi, shubhasiz, bu qavm meni xorladi va oldirib qo`yishlariga sal qoldi. Endi sen dushmanlarni ustimdan kuldirmagin va meni ham zolim qavmlardan deb bilmagin», – dedi.
U: «Robbim, meni va akamni magfirat qilgin va bizlarni Oz rahmatingga kiritgin. Sening Ozing rahim qilguvchilarning rahimlirogisan», dedi.
Albatta, buzoqni (xudo) tutganlarga Robbilaridan gazab va hayoti dunyoda xorlik yetadir. Yolgon to`quvchilarni mana shunday jazolarmiz.
Gunoh ishlarni qilganlar, undan keyin tavba qilsalar va iymon keltirsalar, albatta, Robbing undan song magfirat qilguvchi va mehribon Zotdir.
Qachonki Musoning gazabi bosilgach, lavhlarni oldi. Ularning nusxasida Robbilaridan haqiqatda qorqadiganlar uchun hidoyat va rahmat bor edi.
Va Muso miyqotimizga qavmidan yetmish kishini tanlab oldi. Ularni dahshatli zilzila tutgan paytda: «Ey Robbim, agar xohlasang, bularni ham, meni ham bundan oldin halok qilsang bolardi. Esi pastlarimiz qilgan ish tufayli bizni halok qilasanmi? Bu Sening sinovingdan boshqa narsa emas. U ila kimni xohlasang, adashtirasan va kimni xohlasang, hidoyatga solasan. Sen valiyimizsan, bas, bizni magfirat qil va rahim et. Sening Ozing magfirat qiluvchilarning eng yaxshisisan.
Va bizga bu dunyoda ham, oxiratda ham yaxshilikni yozib qoy. Biz Sening Ozingga tavba qildik», – dedi. U zot: «Azobim ila kimni xohlasam, tutaman. Rahmatim esa, hamma narsadan kengdir. Uni taqvo qilganlarga, zakot berganlarga, oyatlarimizga iymon keltirganlarga yozajakman.
Ular oz huzurlaridagi Tavrot va Injilda yozilgan holida topiladigan, ularni yaxshilikka buyurib, yomonlikdan qaytaradigan, ularga pokiza narsalarni halol qilib, nopok narsalarni harom qiladigan, ustilaridagi yukni yengillatib, kishanlarni yechadigan ummiy Nabiy, Paygambarga ergashurlar. Bas, unga iymon keltirib, yordam berib va uni qollab-quvvatlagan hamda unga nozil bolgan nurga ergashganlar — ana o`shalar najot topguvchilardir», – dedi.
Sen: «Ey odamlar, albatta, men sizlarning barchangizga, osmonlaru yerning mulki Uniki bolgan, Undan ozga iloh yoq bolgan va tiriltirib oldiradigan Allohning Paygambaridirman. Bas, Allohga hamda Uning Alloh va Uning kalimalariga iymon keltiradigan ummiy Nabiysiga iymon keltiring. Va unga ergashing, shoyadki, hidoyat topsangiz», – deb ayt.
Va Musoning qavmidan ba'zi jamoalar borki, haq ila hidoyat qilib, u ila adolat qilurlar.
Ularni on ikki urug — jamoaga bolib yubordik. Va qavmi undan suv talab qilgan paytda Musoga: «Asoing ila toshni ur!» deb vahiy yubordik. U(tosh)dan on ikkita buloq otilib chiqdi. Hamma odamlar oz suvxonasini bildi. Va ularga bulutni soyabon qildik, mann va bedanalarni nozil qildik. «Sizlarga rizq qilib bergan narsalarimizning poklarini yenglar» (dedik). Ular Bizga zulm qilmadilar. Lekin ozlariga zulm qilar edilar.
Ularga: «Mana bu shaharni maskan tutinglar, unda xohlagan joyingizda taom yeng va «Hittatun» (gunohlarimizni kechir) deb eshikdan sajda qilgan holingizda kirsangiz, sizning xatolaringizni mag`firat qilamiz, ehson qiluvchilarga ziyoda qilamiz», deganimizni esla.
Bas, ulardan zulm qilganlari ularga aytilgandan o`zga gapni almashtirdilar. Bas, zulm qilganlari tufayli ustlariga osmondan azob yubordik.
Ulardan dengiz sohilida bolgan qishloq haqida, shanba kunida haddan oshganlari, shanbalik kunlarida baliqlari ochiq kelib, shanbalik qilmagan kunlari kelmagani haqida sora. Qilgan fosiqliklari tufayli ularni shunday sinaymiz.
Ulardan bir jamoat: «Alloh halok qiluvchi yoki shiddatli azob-la azoblovchi qavmga va'z qilib nima qilasiz?!» deganida, ular: «Robbingizga uzr bo`lishi uchun va shoyadki, taqvo qilsalar deb», – dedilar.
Bas, ular ozlariga eslatma bolgan narsani unutganlarida, yomonlikdan qaytarayotganlarga najot berdik va zulm qilganlarni qilgan fosiqliklari tufayli shiddatli azob ila tutdik.
Bas, ular ozlari qaytarilgan narsadan qaytmay, takabburlik qilganlarida, ularga: «Xorlangan maymunlarga aylaning!» – dedik.
Robbing, albatta, ularning ustlariga qiyomat kunigacha ularga yomon azobni tottiradiganlarni yuborishni e'lon qilganini esla! Albatta, Robbing iqobi tez Zotdir va, albatta, U mag`firatli va rahimli Zotdir.
Va ularni yer yuzida jamoatlarga bo`lib yubordik. Ulardan ahli solihlari bor va ulardan unday emaslari ham bor. Shoyadki, qaytsalar deb, ularni yaxshiliklar va yomonliklar ila sinadik.
Bas, ulardan song, ortlaridan kitobni merosga olgan bir orinbosarlar keldiki, ular mana bu tubanning otkinchi(matohi)ni oladilar va «Bizni kechirilur», – derlar. Agar oshanga oxshash otkinchi narsa kelsa, yana olaveradilar. Ulardan Allohga nisbatan faqat haqdan boshqa narsa aytmaslikka Kitobning ahdu paymoni olingan emasmidi?! Ular u(kitob)dagi narsalarni o`rganganlar-ku?! Oxirat hovlisi taqvo qilganlar uchun yaxshidir. Aql ishlatmaysizlarmi?!
Kitobni mahkam tutganlar va namozni tokis ado etganlar bolsa, albatta, Biz ahli solihlarning ajrlarini zoye qilmasmiz.
Ularning ustiga togni xuddi soyabondek kotarganimizni, ular uni, ustimizga tushib ketadi, deb o`ylaganlarida, sizga bergan narsamizni quvvat ila olinglar va undagi narsani eslanglar, shoyadki, taqvo qilsangiz, deganimizni esla.
Robbing Bani Odamning umurtqa pogonasidan, qiyomat kuni «bundan gofil edik» demasliklaringiz uchun, zurriyotlarini olib, ozlariga ozlarini guvoh qilib: «Robbingiz emasmanmi?» – deganida, «Xuddi shunday! Guvoh bo`ldik!» – deganlarini esla.
Yoki: «Haqiqatda, shirk keltirganlar oldingi ota-bobolarimiz, biz, ularning keyingi zurriyotimiz. Botil ish qiluvchilarning qilmishi tufayli bizlarni halok etasanmi?» demasligingiz uchun.
Shoyad qaytsalar deb, oyatlarni mana shunday batafsil bayon qilamiz.
Ularga oyatlarimizni berganimizda, ulardan ozini olib qochgan va uni shayton ergashtirib ketib, igvoga uchganlardan bo`lgan shaxsning xabarini tilovat qilib ber!
Agar xohlasak, uni osha(oyat)lar bilan kotarar edik. Lekin uning ozi yerga yopishdi va havoyi nafsiga ergashdi. Bas, uning misoli xuddi bir itga oxshar, uni haydasang ham, tilini osiltirib turaveradir, tek qoysang ham, tilini osiltirib turaveradir. Bu, Bizning oyatlarimizni yolgonga chiqargan qavmlarning misolidir. Bu qissani hikoya qil, shoyadki, tafakkur qilsalar.
Oyatlarimizni yolgonga chiqargan qavmlarning misoli qanday ham yomon boldi! Ular o`zlariga zulm qiladilar.
Alloh kimni hidoyatga solsa, osha hidoyat topuvchidir. Kimni adashtirsa, oshalar ozlari ziyon koruvchilardir.
Batahqiq, jahannam uchun koplab jin va inslarni yaratdik. Ularning dillari bor-u, tushuna olmaslar. Kozlari bor-u, kora olmaslar. Quloqlari bor-u, eshita olmaslar. Ana oshalar chorva hayvonlari kabidirlar. Balki ulardan ham battarroqdirlar. Ana oshalar gofildirlar.
Allohning gozal ismlari bordir. Bas, Unga osha (ism)lar ila duo qiling va Uning ismlaridan ogadiganlarni tek qoying. Yaqinda qilgan amallariga yarasha jazolanurlar.
Va Biz yaratgan kimsalar ichida haq ila hidoyat qiladigan va u ila adolat qiladigan jamoat ham bor.
Oyatlarimizni yolg`onga chiqarganlarni esa, ular bilmaydigan tomondan asta-sekin olamiz.
Ularga muhlat berib qo`yaman. Albatta, Mening «makrim» metindir.
Ular oz sohiblarida majnunlik yoqligini tafakkur qilib ko`rmaydilarmi?! U faqat oshkora ogohlantiruvchi, xolos.
Osmonlaru yerning mulklariga, Alloh yaratgan narsalarga va, ajab emaski, ajallari yaqinlashib qolgan bo`lishiga nazar solmaydilarmi? Bundan keyin yana qaysi gapga ishonadilar?!
Alloh kimni zalolatga ketkazsa, unga hidoyat qiluvchi yoqdir. Ularni tek qoyib qoyadi, tugyonlarida adashib-uloqib yuraveradilar.
Sendan soat (qiyomat) qachon sobit bolishi haqida sorarlar. Sen: «Uning ilmi faqat Robbim huzuridadir. Uni faqat Ozigina zohir qiladir. U osmonlaru yerda ogir ish boladi. Sizlarga faqat tosatdan keladir», – deb ayt. Xuddi sen uni bilishing kerakdek, sendan sorarlar. Sen: «Uning ilmi faqat Allohning huzuridadir. Lekin kop odamlar bilmaslar», – deb ayt.
Sen: «Ozim uchun na foyda va na zararga molik emasman. Magar Allohning xohlagani bolur. Agar gaybni bilganimda, yaxshilikni kopaytirib olgan bo`lar edim va menga yomonlik yetmasdi. Men faqat iymon keltiradigan qavmlar uchun ogohlantiruvchi va bashorat beruvchiman, xolos», – deb ayt.
U sizlarni bir jondan yaratgan va orom olsin uchun undan juftini yaratgan Zotdir. Vaqtiki u (juftini) oraganida yengil homilador boldi. Bas, u bilan yurdi. U ogirlashganda esa, ikkovlon Robbilari Allohga: «Agar bizga solih (farzand) bersang, albatta, shukr keltiruvchilardan bolamiz», – deb duo qildilar.
Ularga solih(farzand)ni berganida esa, Alloh bergan narsada Unga sheriklar qila boshlarlar. Alloh ular keltirgan shirkdan oliydir.
Hech narsani yarata olmaydigan, o`zlari yaratiladigan narsalarni shirk keltirurlarmi?
Va ularga yordam berishga qodir emaslar hamda o`zlariga ham yordam bera olmaslar.
Agar ularni hidoyatga da'vat qilsangiz, sizga ergashmaslar. Ularni da'vat qilasizmi yoki jim turuvchi bo`lasizmi, siz uchun bari bir.
Albatta, siz Allohdan ozga ibodat qilayotganlar ozingizga oxshash bandalardir. Agar rostgoy bolsangiz, ularni chaqirib koring, bas, sizga javob bersinlar-chi!
Yoki ularning oyoqlari bormiki, yursalar; yoki qollari bormiki, ushlasalar; yoki kozlari bormiki, ko`rsalar; yoki quloqlari bormiki, eshitsalar. Sen: «Sheriklaringizni chaqiring-da, menga hech muhlat bermay, ziddimga hiyla-nayrang qilavering!
Albatta, mening valiyim — egam Kitobni nozil qilgan Allohdir. U solihlarni do`st tutadir.
Undan ozga siz ibodat qilayotganlar sizga yordam berishga qodir emaslar va ozlariga ham yordam bera olmaslar.
Agar ularni hidoyatga da'vat qilsangiz, eshitmaslar. Ularni senga nazar solib turgandek korasan. Holbuki, ular kormaslar», – deb ayt.
Kechirimli bol, yaxshilikka buyur va johillardan yuz ogir.
Agar senga shayton tomonidan sanchish sanchilsa, Allohdan panoh sora. Albatta, U yaxshi eshituvchi va yaxshi koruvchi Zotdir.
Taqvo qiluvchilar, agar ularga shaytondan bir sharpa yetsa, albatta, zikr qilarlar, bas, koribsanki, ular (togri yolni) koruvchi bolib turibdilar.
Va u(shayton)larning birodarlari yoldan ozdirishda ularga madad berarlar, songra bunda to`xtamaslar.
Va agar ularga mo'jiza keltirmasang, «Ozing toqib qoyavermaysanmi?» – derlar. Sen: «Men faqat Robbimdan vahiy qilingan narsaga ergashaman, xolos. Mana bu — iymon keltiruvchi qavm uchun Robbingizdan ko`z ochuvchi, hidoyat va rahmatdir», deb ayt.
Qur'on tilovat qilganda, uni tinglanglar va jim turinglar, shoyad, rahmatga erishsangiz.
Robbingni ertayu kech ichingda tazarru'-la, qorqib, ovoz chiqarib gapirmay zikr qil va gofillardan bo`lma.
Robbing huzuridagilar, albatta, Uning ibodatidan mutakabbirlik qilmaslar, Uni poklab yod etadilar va Unga sajda qilarlar.