68 - The Pen - Al-Qalam
Nuun. Qalam bilan va satrlarga yozadigan narsalar bilan qasam.
Sen Robbing ne'mati ila majnun emassan.
Va albatta, senga minnat qilinmaydigan ajr bordur.
Va albatta, sen ulkan xulqdasan.
Bas, tezda korasan va ular ham korurlar.
Sizlardan qaysingizda majnunlik borligini.
Albatta, Robbing Ozi kim Uning yolidan adashganini biluvchidur va U hidoyatda yuruvchilarni ham biluvchidur.
Bas, yolg`onga chiqaruvchilarga itoat qilma.
Agar sen murosa qilsang, ular ham murosa qilishni orzu qiladilar.
Itoat qilma! Har bir qasamxo`r, pastkashga.
Ayblovchi, chaqimchilik qilib yuruvchiga.
Yaxshilikni man qiluvchi, tajovuzkor, sergunohga.
Qopol, undan song, otasining tayini yo`qqa.
Moli va ogillari kop bolganidan.
Bizning oyatlarimiz unga o`qilgan paytda, avvalgilarning afsonalari, der.
Tezda uning tumshugiga belgi qoyamiz.
Albatta, Biz ularni bog egalarini sinaganimizdek sinab kordik. Vaqtiki, erta tongda terib olamiz, deb qasam ichdilar.
Va istisno qilmadilar.
Ular uxlab yotganda, u(bog)ning ustidan Robbingdan bolgan aylanuvchi aylanib chiqdi.
Bas, u xuddi mevasi terib olinganga o`xshab qoldi.
Ular tong saharda bir-birlarini chaqirdilar.
Agar teradigan bo`lsangiz, ekinzoringizga ertaroq boring, deb.
Bas, past ovoz bilan gaplashib yurib ketdilar.
Bugun siz boringizda u(bog)ga miskin kira kormasin, deb.
Va ertalabda qasd-la, o`zlarini qodir sezib, bordilar.
Uni ko`rganlarida, biz adashibmiz, dedilar.
Balki biz mahrum bo`lgandirmiz, dedilar.
Ularning eng yaxshi va adolatlisi: «Sizlarga tasbih aytsalaringiz-chi, demabmidim», dedi.
Robbimiz ayblardan pok bo`ldi, albatta, biz zolimlardan edik, dedilar.
Bas, ba'zilari ba'zilarini malomat qila boshladilar.
«Voy, shorimiz qursin, tugyonga ketgan ekanmiz.
Shoyad, Robbimiz uning orniga undan kora yaxshirogini bersa. Biz oz Robbimizga rag`batlimiz, dedilar.
Azob shundoq bolur va agar bilsalar, albatta, oxirat azobi bundan katta boladir.
Albatta, taqvodorlar uchun Robbilari huzurida na'iym jannatlari bordur.
Musulmonlarni jinoyatkorlarga oxshatib qoyarmidik?!
Sizlarga nima bo`ldi, qanday hukm chiqaryapsizlar?!
Yoki sizlarning kitobingiz bor-u, undan o`qidingizmi?
Unda sizlarga nimani ixtiyor qilsangiz, albatta, (bo`laveradi) deyilganmi?!
Yoki sizlarga bizning qiyomat kunigacha yetadigan bergan va'dalarimiz bolib, unda, albatta, siz nima hukm qilsangiz, shu boladi, deyilganmi?!
So`ra ulardan, qay birlari bu narsaga kafil ekan?
Yoki ularning sheriklari bormikin, agar rostgoy bolsalar, o`sha sheriklarini ham olib kelsinlar.
Boldirlar shimarilgan kunida va ular sajdaga chaqirilganda, qodir bo`lmaslar.
Ularning kozlari qorqinchga tola, xorlik orab olgan. Va darhaqiqat, ular salomatlik hollarida sajda qilishga chaqirilgan edilar.
Bu gapni yolgonga chiqaruvchilarni Mening Ozimga qoyib qoy. Biz ularni o`zlari bilmagan tarafdan asta-sekin olamiz.
Va ularga muhlat beraman. Albatta, Mening hiylam metindir.
Yoki sen ulardan haq so`rayapsan-u, ular qarzga botib qoldilarmi?
Yoki huzurlarida g`oyib ilmi bor-u, ular yozib oladilarmi?
Robbing hukmiga sabr qil va bir vaqtlar gamga tolgan holda nido qilgan baliq sohibiga o`xshama.
Agar uni Robbisining ne'mati topmaganda, ochiq sahro joyga, mazammatga qolgan holda tashlangan bo`lardi.
Bas, uni Robbisi tanlab oldi va solih bandalaridan qildi.
Va kofirlar zikrni eshitayotganlarida seni kozlari bilan toydirmoqchi boldilar va, albatta, u jinnidur, derlar.
Holbuki, u butun olamlarga eslatmadan o`zga narsa emas.