69 - The Reality - Al-Ĥāqqah
Al-Haaqqoh.
Al-Haaqqoh nima o`zi?!
Al-Haaqqoh nimaligini senga nima bildirdi?!
Samud va Od qori'ani yolg`onga chiqarishdi.
Bas, ammo Samud haddan oshuvchi bilan halok qilindi.
Va ammo Od qattiq (sovuq) shamol bilan halok qilindilar.
U zot ularning ustidan bu shamolni yetti kechayu sakkiz kunduz «beminnat xizmat» qildirib qoydi. Bas, qavmning u yerda halok bolib, agdarilib yotganini korasan. Ular xuddi xurmoning chirigan tomirlariga o`xsharlar.
Bas, sen ulardan birortasining boqiy qolganini ko`rasanmi?
Fir'avn, undan avvalgilar va to`ntarilganliklar xato qildilar.
Bas, ular Robbilarining Rasuliga osiy bo`ldilar. Darhaqiqat, U zot ularni qattiq tutishlik bilan tutdi.
Albatta, Biz suv tugyonga kelgan paytda sizlarni kemada kotarganmiz.
Uni sizlarga eslatma qilish uchun va anglovchi quloqlar anglab olishi uchun.
Agar dudga birgina puflash-la puflansa...
Va yeru toglar kotarilib, bir martagina silkitilsa...
Bas, osha kunda, Voqi'a voqe' bolibdir.
Va osmon parchalansa, bas, o`sha kunda, u (osmon) beholdir.
Va farishtalar uning atrofida va osha kunda Robbingning arshini sakkiztasi kotarib turadir.
Bas, osha kunda korikdan o`tasizlar, birorta narsangiz maxfiy qolmaydir.
Bas, kimning kitobi ong tarafdan berilsa, u: «Mana, mening kitobimni oqib ko`ringlar!
Albatta, men hisob-kitobimga yo`liqishimga ishonardim», deydir.
Bas, u rozilik hayotidadir.
Oliy jannatdadir.
Uning mevalari yaqindir.
Otgan kunlarda qilgan narsalaringiz tufayli yenglar va ichinglar, osh bolsin.
Va ammo kimning kitobi chap tarafdan berilsa, u: «Voy sho`rim, koshki menga kitobim berilmasa edi.
Va hisob-kitob qandoqligini bilmasam edim.
Qani endi, (bu dunyodagi olim) oxirgisi bolsa edi.
Molu mulkim meni saqlab qola olmadi.
Mening sultonim ham halok bo`ldi», deydir.
Tutinglar uni va kishanlanglar uni!!!
So`ngra jahannamga solinglar uni!!!
So`ngra yetmish qulochli zanjirga kiriting uni!!!
Chunki, u ulug` Allohga iymon keltirmagan edi.
Va miskinlarga taom berishga qiziqtirmagan edi.
Bas, bugungi kunda unga bu yerda biron chin dost yoq.
Va gisliyndan ozga taom ham yo`q.
Uni xatokorlardan boshqa hech kim yemas.
Sizlar ko`rib turgan narsalar bilan qasam ichurman.
Va sizlar ko`rmaydigan narsalar bilan ham.
Albatta u (Qur'on) karamli Rasulning so`zidir.
Va u shoirning so`zi emas. Sizlar juda oz ishonasizlar.
Va u folbinning so`zi ham emas. Sizlar juda oz eslaysizlar.
U olamlar Robbisidan tushirilgandir.
Va agar u Bizning (nomimizdan) ba'zan yolgon sozlarni to`qisa.
Albatta, Biz uni qudrat bilan tutamiz.
So`ngra, albatta, uning shoh tomirini kesamiz.
Bas, sizlardan hech kim uni to`sib qola olmas.
Va albatta, u (Qur'on) taqvodorlar uchun eslatmadir.
Va albatta, Biz sizlarning ichingizda yolg`onga chiqaruvchilar borligini bilib turamiz.
Va albatta, u (Qur'on) kofirlar uchun hasratdir.
Va albatta, u (Qur'on) shubhasiz haqiqatdir.
Bas, ulug` Robbingning ismini poklab yod et.