67 - The Sovereignty - Al-Mulk
Qolida mulk bolgan Zot ulug, muqaddas boldi. U barcha narsaga qodirdir.
U, olim va hayotni sizlarning qaysilaringiz amalda yaxshiroq ekanligingizni sinash uchun yaratdi. U aziyz va ota mag`firatlidir.
U yetti osmonni tabaqama-tabaqa yaratgan. Rohmanning yaratganida hech tafovut kormassan. Qayta nazar sol! Biror kamchilik koryapsanmi?
So`ng takror-takror nazar sol, nazar senga istaganini topa olmay, horib-charchagan holda qaytadir.
Va darhaqiqat, Biz yaqin osmonni chiroqlar bilan ziynatlab qoydik va u(chiroq)larni shaytonlarga otiladigan narsa ham qilib qoydik. Va u(shayton)larga olovi qizib turgan jahannamni tayyorlab qo`ydik.
O`z Robbilariga kufr keltirganlar uchun jahannam azobi bordur va u qanday ham yomon qaytadigan joy!
Ular jahannamga tashlangan choglarida uning hangragan ovozini eshiturlar, u esa, qaynab turgan boladir.
U gazabdan yorilib ketay der. Har qachon unga yangi guruh tashlanganda, uning xizmatkorlari: «Sizlarga ogohlantiruvchi kelmaganmidi?» – deb soraydir.
Ular: «Ha, darhaqiqat, bizga ogohlantiruvchi kelgan edi. Lekin biz (uni) yolgonchiga chiqardik va: «Alloh hech narsa tushirgani yoq, sizlar katta adashuvdan boshqa hech narsa emassizlar», degan edik», deyishar.
Va ular: «Agar e'tibor qulogi bilan eshitganimizda yoki aqlni ishlatganimizda edi, dozaxiylar orasida bolmagan bolar edik», derlar.
Bas, ular oz gunohlarini e'tirof etdilar. Yoqolsin do`zaxiylar!
Albatta, oz Robbilaridan goyibdan qo`rqadiganlar uchun gunohlarini kechish va ulkan ajr-savoblar bordir.
Va siz sozingizni sir tutasizmi yoki oshkora aytasizmi, albatta, U kongillardagini ham bilguvchi Zotdir.
Yaratgan zot O`zi bilmasmi? Holbuki, U daqiqlargacha biluvchi va xabardordir.
U sizlarga yerni boysundirib qoygan Zotdir. Bas, aning turli joylarida yuring va Uning rizqidan yeng va qabrdan chiqib borish ham Uning huzuriga bo`ladir.
Osmondagi Zot sizlarni iztirobda harakatlanib turgan yerga yuttirib yuborishidan omonda bo`ldingizmi?
Yoki osmondagi Zot sizlarga azob shamolni yuborishidan omonda boldingizmi? Bas, albatta, ogohlantirish qandoq bolishini bilasizlar.
Va, darhaqiqat, ulardan avvalgilari ham yolgonga chiqargan edilar. Bas, inkorim qanday boldi?!
Tepalarida (qanotlarini) yoyib va yigib (uchayotgan) qushni kormaydilarmi? Ularni Rohmandan boshqa ushlab turuvchi yoq. Albatta, U barcha narsani koruvchidir.
Rohmandan boshqa sizlarga yordam beradigan askar kim ozi? Kofirlar gururdan boshqa hech narsada emaslar!
U rizqni tortib qoysa, sizga rizq beradigan kim ozi?! Balki ular abadiy tugyonda va haqdan nafratda bolurlar.
Yuz tuban qoqilib yurayotgan kishi hidoyatdami yoki togri yo`ldan qomatini tik tutib borayotgan kishimi?
Ayt: «U sizlarni yoqdan bor qilgan va sizlarga eshitish, korish va aqlni bergan Zotdir. Juda ham oz shukr qilasizlar-a?!»
Ayt: «U sizlarni yer yuzida yaratgan, kopaytirgan Zotdir. Va Uning huzuriga toplanursizlar».
Va ular: «Agar rostgoy bolsangiz, bu va'da qachon bo`lur?» – derlar.
Ayt: «Albatta, ilm faqat Allohning huzuridadir. Va albatta, men yaqqol ogohlantiruvchiman, xolos».
Bas u(azob)ni yaqindan korganda kufr keltirganlarning yuzlari qorayadir. Va ularga: «Soragan narsangiz shu bo`lur», deyilur.
Ayt: «Aytinglar-chi, agar Alloh meni va men bilan bo`lganlarni halok qilsa yoki rahim qilsa, kofirlarni alamli azobdan kim qutqarib qoladir?!
Ayt: «U Rohmandur, biz Unga iymon keltirdik va Unga tavakkal qildik. Bas, sizlar tezda kim ochiq-oydin xatoda ekanini bilursizlar».
Ayt: «Aytinglar-chi, agar suvlaringiz yerga singib ketsa, sizlarga kim osongina topiladigan suvni keltirur?»