Barcha Islom kutubxonasi

66 - The Prohibition - At-Taĥrīm

:1

Ey Nabiy! Nima uchun xotinlaring roziligini tilab, Alloh senga halol qilgan narsani harom qilursan! Alloh kop magfirat qiluvchi va rahimlidir.

:2

Batahqiq, Alloh sizlarga qasamlaringizni boshatishni shariatga kiritdi. Va Alloh sizning xojangizdir va U ota biluvchi va o`ta hikmatlidir.

:3

Nabiy xotinlaridan ba'zisiga sir gap aytgan edi. Bas, u (sir)dan xabar berdi va Alloh u(ish)ni u(Nabiy)ga bildirdi. U ba'zisini bildirdi va ba'zisini eslamadi. Qachon u(Nabiy) ul(ayol)ga (ish) haqida xabar berganida, u: «Buni senga kim xabar qildi», dedi. U(Nabiy): «Menga hamma narsani biluvchi va hamma narsadan xabardor Alloh xabar berdi», dedi.

:4

Agar ikkovingiz Allohga tavba qilsangiz, batahqiq, qalblaringiz (haqqa) moyil bolur. Agar unga qarshi chiqsangiz, bas, albatta, Alloh uning yordamchisidir va Jabroil ham, solih mominlar ham. Undan so`ng farishtalar unga suyanchiqdir.

:5

U sizlarni taloq qilsa, shoyadki, Robbi sizdan yaxshiroq, muslima, momina, itoatli, tavbachi, ibodatli, rozador juvon va qizlarni o`rningizga xotin qilib bersa.

:6

Ey, iymon keltirganlar! Ozingizni va ahli ayolingizni yoqilgisi odamlaru toshdan bolgan otdan saqlang. Uning tepasida qopol, dargazab farishtalar bo`lib, ular Allohning amriga isyon qilmaslar va nimaga buyurilsalar, shuni qilurlar.

:7

Ey, kufr keltirganlar! Bugungi kunda uzr aytmanglar, siz o`zingiz qilgan ishlarning jazosini olyapsiz, xolos.

:8

Ey, iymon keltirganlar! Allohga xolis tavba qilinglar! Shoyadki, Robbingiz gunohlaringizni yuvsa va sizni (daraxtlari) ostidan anhorlar oqib turgan jannatlarga kiritsa. Bir kundaki, unda Alloh Nabiyni va u bilan birga bolgan iymon keltirganlarni sharmanda qilmas. Ularning nurlari oldilarida va ong taraflarida yurib boradir. Ular esa: «Robbimiz, bizga nurimizni batamom qilib ber, gunohlarimizni kechir, albatta, Sen barcha narsaga qodirsan», derlar.

:9

Ey Nabiy! Kofir va munofiqlarga qarshi jihod qil va ularga mahkam tur. Ularning joyi jahannamdir va u joy qandoq ham yomon manzil!

:10

Alloh kufr keltirganlarga Nuhning xotini va Lutning xotinini misol qilib keltirdi. Ular bandalarimizdan ikki solih bandaning tagida edilar. Bas, ularga xiyonat qildilar va (erlari) ulardan Allohning azobini qaytara olmadilar va ularga: «Do`zaxga kiruvchilar bilan kiringlar», deyildi.

:11

Alloh iymon keltirganlarga Fir'avnning xotinini misol qilib korsatdi. U (xotin): «Robbim, menga Oz huzuringda, jannatda bir uy bino qilgin. Menga Fir'avndan va uning ishidan najot bergin va zolim qavmlardan najot bergin», deb aytdi.

:12

Va Maryam Imron qizini (misol keltirdi), u farjini pok saqlagan edi, Biz unga Oz ruhimizdan pufladik va U Robbisining sozlarini hamda kitoblarini tasdiq qildi va itoatkorlardan bo`ldi.