65 - The Divorce - Aţ-Ţalāq
Ey Nabiy! Agar ayollarni taloq qiladigan bolsangiz, iddalari uchun qiling va iddani hisoblang va Allohga taqvo qiling. Ularni uylaridan chiqarmanglar va o
zlari ham chiqmasinlar, illo, ochiq-oydin fohisha ish qilgan bolsalar (chiqarilurlar) va ana shular Allohning chegaralaridir. Kim Allohning chegarasidan chiqsa, haqiqatan, o
ziga o`zi zulm qilibdi. Sen bilmassan, shoyadki, Alloh undan keyin biror ishni paydo qilsa.
Va ular muddatlariga yetsalar, yaxshilik bilan ushlanglar, yoki yaxshilik bilan ajralinglar va sizdan ikki adolatli kishini guvoh qilinglar. Va guvohlikni Alloh uchun qilinglar. Bu ishingizdan, kimning Allohga va qiyomat kuniga iymoni bolsa, va'zlanur. Kim Allohga taqvo qilsa, uning yo
lini ochib qo`yadir.
Va unga ozi o
ylamagan tarafdan rizq berur. Kim Allohga tavakkal qilsa, bas, unga U zotning Ozi kifoyadir. Albatta, Alloh O
z ishini yetkazuvchidir. Haqiqatan, Alloh har bir narsaga olchov qilib qo
ygandir.
Ayollaringizdan hayzdan noumid bolganlarining iddasi, agar shubhangiz bo
lsa, uch oydir. Hayz kormaganlariniki ham. Homiladorlarning iddasi homilalarini qo
ymoqlikdir. Kim Allohga taqvo qilsa, U zot uning ishida osonlik qilib beradir.
Bular Allohning sizga tushirgan amridir. Kim Allohga taqvo qilsa, uning gunohlarini kechirur va ajrini ko`paytirib berur.
U(ayol)larga, imkoningiz boricha, ozingiz yashab turgan joydan joy bering. Ularga siqishtirish maqsadida zarar yetkazmang. Agar homilador bo
lsalar, to homilalarini qoygunlaricha ularga nafaqa beringlar. Agar sizga (farzandni) emizib bersalar, haqlarini beringlar, o
zaro yaxshilik bilan maslahat qilinglar. Agar qiyinchilikka uchrasangiz, u(er)ga boshqa ayol emizib berur.
Rizqi keng kengligidan nafaqa qilsin. Kimning rizqi tor bolsa, unga Alloh berganidan nafaqa qilsin. Alloh har bir nafsni O
zi berganidan ortiqchaga taklif qilmas. Alloh qiyinchilikdan so`ng tezda osonlikni berur.
Kopgina qishloqlar o
z Robbisining va Uning Rasullarining amriga sarkashlik qildi. Bas, Biz ularni shiddatli hisobga oldik va qattiq azob ila azobladik.
Bas, ular oz ishlarining yomonligini totib ko
rdilar va ishlarining oqibati yutqiziq bo`ldi.
Alloh ularga qattiq azobni tayyorlab qo`ydi. Bas, Allohga taqvo qiling, ey, iymon keltirgan aql egalari. Haqiqatan, Alloh sizlarga zikrni tushirdi.
Payg`ambarki, iymon keltirib va yaxshi amallarni qilganlarni zulmatlardan nurga chiqarish uchun, sizlarga Allohning ravshan oyatlarini tilovat qilib berur. Va kim Allohga iymon keltirsa va yaxshi amallarni qilsa, U zot uni (daraxtlari) ostidan anhorlar oqib turgan jannatlarga kiritur. U yerda abadul-abad qolurlar. Haqiqatan, Alloh uning rizqini yaxshi qilgandir.
Alloh yetti osmonni va ular mislidek yerni yaratgan Zotdir. Ularning orasidan U zotning amri tushadir. Alloh har bir narsaga qodir ekanini va, albatta, Alloh har bir narsani Oz ilmi ila o
rab olganini bilishingiz uchundir.