64 - The Mutual Disillusion - At-Taghābun
Osmonlardagi narsalar va yerdagi narsalar Allohga tasbih ayturlar. Mulk Unga xosdir, maqtov ham Unga xosdir va U barcha narsaga qodirdir.
U, sizlarni yaratgan Zotdir. Bas, ba'zilaringiz kofir va ba'zilaringiz momindir. Alloh nima qilayotganingizni ko
rib turuvchidir.
U, osmonlaru yerni haq bilan yaratdi. Va qiyofangizni chiroyli suvratda qildi. Va qaytib borish Uning O`zigadir.
U, osmonlaru yerdagi narsalarni biladir. Sizlar sir tutayotgan narsani ham va e'lon qilayotgan narsani ham biladir. Alloh ko`krakdagi narsalarni ham biluvchidir.
Sizlarga oldin kofir bolganlarning xabari kelmadimi? Bas, ular o
z ishlarining azobini tatidilar va ularga alamli azoblar bor.
Buning boisi shuki, ularga Paygambarlari oydin dalillar bilan kelardilar, ular bo
lsa, bizni bashar hidoyatga boshlarmi, deb kufrga ketardilar va (haqdan) yuz ogirardilar. Va Alloh behojat bo
ldi. Alloh behojat va maqtalgandir.
Kofirlar hech qayta tirilmasliklarini da'vo qilurlar. Sen: «Undoq emas, Robbim bilan qasamki, albatta qayta tiriltirilasizlar, so`ngra qilgan ishlaringizdan xabardor qilinasizlar. Bu ish Alloh uchun osondir», deb ayt.
Bas, Allohga, Uning Rasuliga va Biz tushirgan nurga iymon keltiringlar. Alloh nima qilayotganingizdan xabardordir.
U sizlarni «Jamlash kuni»ga toplaydigan kunni eslang. U kun «tag
obun» kunidir. Kim Allohga iymon keltirsa va solih amallar qilsa, uning gunohlarini kechirur va (daraxtlari) ostidan anhorlar oqib turgan jannatlarga kiritur. Unda abadul-abad qolurlar. Bu ulkan yutuqdir.
Kufr keltirib, Bizning oyatlarimizni yolgonga chiqarganlar, ana o
shalar otash egalaridir. Unda abadiy qolurlar. Qandoq ham yomon joy u!
Sizga Allohning iznisiz hech bir musiybat yetmas. Kim Allohga iymon keltirsa, U zot uning qalbini hidoyatga solur. Alloh har bir narsani biluvchidir.
Allohga itoat qiling va Rasulga itoat qiling. Agar yuz o`girib ketsangiz, bas, Bizning Rasulimizga (vazifa) ochiq-oydin yetkazish, xolos.
Alloh, Undan ozga ibodatga sazovor zot yo
q. Bas, mominlar Allohning O
zigagina tavakkal qilsinlar.
Ey, iymon keltirganlar! Albatta, jufti halollaringizdan va bolalaringizdan sizga dushman bor, bas, ulardan hazir boling. Va agar afv etsangiz, ko
ngilga olmasangiz va ayblarini kechirsangiz... Bas, albatta, Alloh kop mag
firat qiluvchi va rahimlidir.
Albatta, mol-mulklaringiz va farzandlaringiz sinovdan boshqa narsa emas. Va Allohning huzurida ulug` ajr bor.
Allohga qolingizdan kelganicha taqvo qiling va (amrini) tinglang va itoat qiling va infoq qiling — o
zingizga yaxshi boladir. Va kimki nafsining qizg
anchiqligidan saqlansa, undaylar najot topuvchilardir.
Agar Allohga yaxshi qarz bersangiz, U sizga ko`paytirib berur va sizni kechirur. Alloh shakur va haliymdir.
U g`oyib va ochiqni biluvchi, aziyz va hakiym Zotdir.