Barcha Islom kutubxonasi

63 - The Hypocrites - Al-Munāfiqūn

:1

Munofiqlar huzuringga kelganlarida: «Guvohlik beramizki, sen, albatta, Allohning Rasulisan», derlar. Holbuki, Alloh, albatta, sen Uning Rasuli ekaningni biladir. Va Alloh guvohlik berurki, albatta, munofiqlar yolg`onchidirlar.

:2

Ular qasamlarini qalqon qilib oldilar va Allohning yolidan tosdilar. Bas, ularning qilgan ishlari yomon bo`ldi!

:3

Bunga sabab shuki, ular iymon keltirdilar, song kofir boldilar, bas, qalblariga muhr bosildi. Endi ular fahmlamaslar.

:4

Va agar ularni korsang, jismlari seni ajablantirur va agar gapirsalar, gaplariga quloq osarsan. Ular xuddi suyab qoyilgan xodaga oxsharlar. Har qichqiriqni ziddilariga hisoblarlar. Ular dushmandirlar. Ulardan hazir bol. Alloh ularga urush ochsin, haqdan qandoq o`girilurlar?!

:5

Va agar ularga: «Kelinglar, Allohning Rasuli sizlarga istigfor aytur», deyilsa, ular boshlarini chayqarlar. Va ularning mutakabbirlik holida yuz ogirayotganlarini ko`rursan.

:6

Ular uchun istigfor aytasanmi yoki aytmaysanmi — bari bir. Alloh ularni hech magfirat qilmas. Zero, Alloh fosiq qavmlarni hidoyat qilmas.

:7

Ular: «Rasulullohning huzuridagilarga nafaqa bermanglar, hattoki, tarqab ketsinlar», derlar. Holbuki, osmonlaru yerning xaziynalari Allohnikidur. Va lekin munofiqlar tushunmaslar.

:8

Ular: «Agar Madinaga qaytib borsak, albatta, aziz xorni undan chiqarur», derlar. Holbuki, azizlik Allohga, Uning Rasuliga va mo`minlariga xosdir. Ammo munofiqlar bilmaslar.

:9

Ey, iymon keltirganlar! Mollaringiz va bolalaringiz sizni Allohning zikridan chalgitmasin. Kim shunday qilsa, bas, ana oshalar yutqazganlardir.

:10

Va biringizga olim kelib: «Ey Robbim, agar mening olimimni yaqin muddatga orqaga sursang, bas, sadaqa qilib solihlardan bo`lsam», demasdan avval, Biz sizlarga rizq qilib bergan narsalardan nafaqa qiling.

:11

Alloh ajali kelgan jonni hech-hech orqaga surmas. Va, Alloh nima qilayotganingizdan xabardordir.