Barcha Islom kutubxonasi

62 - The Congregation, Friday - Al-Jumu`ah

:1

Osmonlaru yerdagi barcha narsalar Malik, Quddus, Aziyz va Hakiym bo`lgan Allohga tasbih aytadir.

:2

U zot savodsizlar ichidan, garchi ular bundan avval ochiq zalolatda bolsalar ham, ularga oyatlarini oqib beradigan va ularni poklaydigan hamda kitobni va hikmatni orgatadigan Paygambarni yubordi.

:3

Va hozircha ularga qoshilmagan boshqalarga ham. Va U zot golib va hikmat egasidir.

:4

Bu narsa Allohning fazlidir (va uni) xohlagan kishisiga beradir. Alloh ulug` fazl egasidir.

:5

Ustlariga Tavrot yuklatilgan, songra uni kotarmaganlar misoli ustiga kitob yuklangan eshakka oxsharlar. Allohning oyatlarini yolgonga chiqargan qavmning misoli qandoq ham yomon. Alloh zolim qavmlarni hidoyat qilmas.

:6

Sen: «Ey, yahudiy bolganlar, albatta, siz, boshqalardan farqli olaroq, Allohning avliyolarimiz deb da'vo qiladigan bolsangiz, bas, olimni orzu qiling, agar rostgoy bolsangiz», deb ayt.

:7

Ular qollari qilgan(gunoh)lari tufayli hech qachon u(olim)ni orzu qilmaslar. Alloh zolimlarni biluvchidir.

:8

Sen: «Albatta, siz undan qochayotgan olim, ta'kid shulki, sizga baribir yoliquvchidir. So`ngra maxfiy va oshkor narsalarni Biluvchining huzuriga qaytarilursizlar. Bas, U sizga nima qilib yurganingizning xabarini beradir», deb ayt.

:9

Ey, iymon keltirganlar! Juma kunida, namozga nido qilingan paytda, Allohning zikriga shoshiling va savdoni qoying. Agar bilsangiz, bu ozingiz uchun yaxshidir.

:10

Bas, namoz tugagandan song yer yuzi boylab tarqaling va Allohning fazlidan talab qiling va Allohni ko`p eslang, shoyadki, yutuqqa erishsangiz.

:11

Va ular tijorat yoki oyin-kulgu korganlarida, unga tomon yopirildilar va seni tik holda tark etdilar. Sen: «Allohning huzuridagi narsa o`yin-kulgudan va tijoratdan yaxshidir. Va Alloh eng yaxshi rizq beruvchidir», deb ayt.