Barcha Islom kutubxonasi

61 - The Ranks - Aş-Şaf

:1

Osmonlaru yerdagi barcha narsalar Allohga tasbih aytadi. U zot g`olib va hikmat egasidir.

:2

Ey, iymon keltirganlar! Nima uchun qilmagan narsalaringizni gapirasiz?!

:3

Qilmaydigan narsangizni gapirishingiz Allohning nazdida qattiq yomon ko`rilgandir.

:4

Albatta, Alloh Oz yolida xuddi jips binodek bolib, safda turib urush qiladiganlarni yaxshi koradir.

:5

Muso oz qavmiga: «Ey qavmim, Allohning Rasuli ekanimni bilib turib yana nima uchun menga ozor berasiz», deganini esla. Ular (haqdan) burilgan edilar, Alloh ularning qalbini burib qoydi. Alloh fosiq qavmlarni hidoyat qilmas.

:6

Iyso ibn Maryam: «Ey, Bani Isroil, albatta, men ozimdan oldin kelgan Tavrotni tasdiqlash va mendan keyin keluvchi Ahmad ismli Rasulning bashoratini berish uchun Alloh sizlarga yuborgan Paygambarman», deganini esla. Qachonki u(Ahmad) ularga haq bilan kelgan vaqtda esa, bu ochiq-oydin sehrdir, dedilar.

:7

Islomga da'vat qilinib turganida Allohga nisbatan yolgon toqigan kimsadan ham zolimroq kishi bormi? Holbuki, Alloh zolimlarni hidoyatga solmas.

:8

Ogizlari bilan Allohning nurini ochirmoqchi boladilar. Holbuki, Alloh, kofirlar yoqtirmasa ham, oz nurini tugal etguvchidir.

:9

U zot O`z Rasulini hidoyat va haq din bilan barcha dinlardan ustun qilish uchun yuborgan Zotdir. Garchi mushriklar yoqtirmasalar ham.

:10

Ey, iymon keltirganlar! Sizlarni alamli azobdan najot toptiruvchi tijoratga dalolat qilaymi?

:11

Allohga va Uning Rasuliga iymon keltirasizlar hamda Uning yolida molingiz va joningiz bilan jihod qilasizlar. Shundoq qilmoqlaringiz, agar bilsangizlar, ozlaringiz uchun yaxshidir.

:12

Gunohlaringizni kechirur va sizlarni adn jannatidagi (daraxtlari) ostidan anhorlar oqib turgan boglarga va yaxshi maskanlarga kiritur. Bu narsa siz uchun ulug yutuqdir.

:13

Va sizlar yaxshi koradigan boshqasi ham bor. Allohdan yordam va yaqin zafar. Va mominlarga bashorat ber.

:14

Ey, iymon keltirganlar! Allohning yordamchilari boling! Iyso ibn Maryam havoriylarga: «Kim Alloh uchun mening yordamchim(boladi)?» deganida, havoriylar: «Biz Allohning yordamchilarimiz», dedilar. Bas, Bani Isroildan bir toifa iymon keltirdi va bir toifa kofir boldi. Bas, Biz iymon keltirganlarni dushmanlari ustidan qollab-quvvatladik. Va ular golib boldilar.