57 - The Iron - Al-Ĥadīd
Osmonlardagi va yerdagi narsalar Allohga tasbih aytdi. U zot Aziyz va Hakiymdir.
Osmonlaru yerning mulki Unikidir. U tiriltirur va o`ldirur va U har bir narsaga qodirdir.
U avval va oxir, oshkor va pinhondir. Va U har bir narsani biluvchidir.
U osmonlaru yerni olti kunda yaratib, songra (Zoti va ulug
ligiga munosib suratda) Arshga yuksalgan Zotdir. Yerga nima kirganini ham, undan nima chiqqanini ham, osmondan nima tushganini ham, unga nima chiqqanini ham biladir. U, qayerda bolsangiz ham, siz bilan birga. Alloh qilayotgan amallaringizni ko
rib turuvchidir.
Osmonlaru yerning mulki Unikidir va barcha ishlar Allohning O`zigagina qaytadir.
Kechasini kunduzga kiritadi, kunduzni kechasiga kiritadi va U ko`ksingizdagi narsani ham yaxshi biluvchidir.
Allohga va Uning Rasuliga iymon keltiringlar hamda sizlarni xalifa qilib qo`ygan narsalardan ehson qilinglar. Bas, sizlardan iymon keltirgan va ehson qilganlarga ulkan ajr bordir.
Sizlarga nima boldiki, Allohga iymon keltirmaysizlar? Holbuki, Payg
ambar sizlarni Robbilaringizga iymon keltirishga chaqirib turibdi. U zot sizlardan ahd olgan edi. Agar iymon keltiruvchi bo`lsalaringiz.
U zot sizlarni zulmatlardan nurga chiqarish uchun O`z bandasiga ravshan oyatlarni tushiradi. Va, albatta, Alloh sizlarga shafqatli va rahimlidir.
Sizlarga nima boldiki, Allohning yo
lida ehson qilmaysizlar? Holbuki, osmonlaru yerning merosi Allohnikidir. Sizlardan hech kim fathdan ilgari ehson qilganlarga va urushda qatnashganlarga barobar bola olmas. Ularning darajalari fathdan so
ng ehson qilganlardan va urushda qatnashganlardan kora ulug
dir. Alloh barchaga yaxshilikni va'da qilgan. Va Alloh nima qilayotganlaringizdan xabardordir.
Allohga yaxshi qarz beradigan kishi bormi?! Bas, U zot unga bir necha marta ko`paytirib qaytaradi va unga karamli ajr bor.
Momin va mo
minalarni ularning oldilarida va ong taraflarida nurlari harakat qilayotgan holda ko
rgan kuningda, Sizlarga bugungi kunning xushxabari, daraxtlari ostidan suvlari oqib turgan jannatlardir. U joyda abadiy qolajaksiz. Bu esa, aynan ulkan yutuqdir (deyilur).
Munofiq va munofiqalar iymonlilarga: «Toxtab turinglar, biz ham nuringizdan bir oz olaylik», degan va ularga: «Ortingizga qayting hamda nur qidiring», deyilgan kunda. Bas, ularning orasiga eshigi bor qo
rg`on urilur. Uning ichida rahmat, tashqarisida — oldida azobdir.
Ularga (munofiqlar): «Biz siz bilan birga emasmidik?!» – deb nido qilurlar. Ular: «Xuddi shunday. Lekin sizlar Allohning amri kelguncha ozingizni o
zingiz fitnaga duchor qildingiz, koz tikib kutdingiz, shubha qildingiz va sizlarni xomxayollar g
ururga ketkazdi. Sizlarni Alloh haqida aldamchi aldab qo`ydi.
Bugun sizlardan ham, kufr keltirganlardan ham to`lov olinmas. Joylaringiz jahannamda, u sizning egangizdir. Qanday ham yomon borar joy!» – derlar.
Iymon keltirganlar uchun Allohning zikriga va nozil bolgan haqqa qalblari yumshash, ayni chog
da, oldin kitob berilgan, song muddat o
tishi bilan qalblari qotib qolgan, koplari fosiq bo
lganlarga o`xshamaslik vaqti kelmadimi?!
Shuni bilinglarki, albatta Alloh o`lik yerni tiriltirur. Darhaqiqat, sizlarga oyatlarni bayon qildik, shoyadki, aql yuritsangizlar.
Albatta, sadaqa qiluvchi erkagu ayol hamda Allohga qarzi hasana beruvchilarga (savob) ko`paytirib berilur. Ularga karamli ajr ham bor.
Allohga va Uning Paygambarlariga iymon keltirgan kishilar, ana o
shalar, siddiqlardir va Robbilari huzuridagi shohidlardir. Ularning ajrlari va nurlari bor. Kufr keltirganlar va oyatlarimizni yolgonga chiqargan kishilar, ana o
shalar do`zax egalaridir.
Bilingki, albatta, bu dunyo hayoti oyin, ko
ngil ermagi va zeb-ziynatdan, ozaro faxrlanishdan, mol-mulkni va bola-chaqani ko
paytirishdan iboratdir. U, xuddi, osimligi dehqonlarni ajablantirgan yomg
irga oxshaydir. Keyinroq bu o
simliklar quriydi va sargayganini ko
rasan. Songra u xas-cho
pga aylanib ketadir. Oxiratda esa, qattiq azob bor, Allohdan magfirat va rozilik bor. Bu dunyo hayoti g
ururga ketkazuvchi matodan o`zga hech narsa emas.
Robbingizning magfiratiga va Allohga hamda Uning Payg
ambarlariga iymon keltirganlar uchun tayyorlangan, kengligi osmonu yerning kengligicha bolgan jannatga musobaqalashing. Ana o
sha, Allohning fazli. Kimga xohlasa, beradi. Alloh ulug` fazl egasidir.
Biror musiybatni paydo qilmasimizdan oldin u Kitobda bitilgan bolur, aks holda, yer yuzida va o
z shaxslaringizda sizga biror musiybat yetmas. Albatta, bu ish Alloh uchun osondir.
Toki, ketgan narsaga qaygurib, kelgan narsadan xursand bo
lmasligingiz uchun. Alloh barcha dimog`dor va maqtanchoqlarni suymas.
Ular baxildirlar va kishilarni ham baxillikka buyururlar. Kim yuz o`girsa, bas, Alloh behojat va maqtalgan Zotdir.
Darhaqiqat, Biz Paygambarlarimizni ravshan(narsa)lar ila yubordik va ular ila kitob hamda odamlar adolatda turishlari uchun mezon tushirdik. Va temirni tushirdik — unda katta kuch-quvvat va odamlar uchun manfaatlar bor. Alloh kim O
ziga va Paygambarlariga g
oyibona yordam berayotganini bilishi uchun. Albatta, Alloh kuchli va aziyzdir.
Darhaqiqat, Nuh va Ibrohimni Paygambar qilib yubordik hamda Payg
ambarlikni va kitobni ikkovlarining zurriyotiga xos qildik. Ular orasida hidoyat topganlar bor, lekin ularning ko`plari fosiqlardir.
Songra ularning ortidan Payg
ambarlarimizni ketma-ket yubordik va Iyso ibn Maryamni ham ortlaridan yubordik hamda unga Injilni berdik. Unga ergashganlarning qalblariga mehribonlik va rahimdillikni soldik. Rohiblikni ozlari chiqarib oldilar, Biz buni ularga farz qilmagan edik, faqat o
zlari Allohning roziligini tilab qildilar, lekin haqiqiy rioyasini qila olmadilar. Bas, ulardan iymon keltirganlariga ajrlarini berdik, lekin ularning ko`pi fosiqlardir.
Ey, iymon keltirganlar! Allohga taqvo qilinglar va Uning Paygambariga iymon keltiringlar. U zot O
z rahmatidan sizlarga ikki hissa beradir va sizlarning yurishingizga nur beradir hamda sizlarni mag`firat qiladir. Alloh kechiruvchi, rahimli Zotdir.
Toki kitob ahllari Allohning fazlidan hech narsaga qodir emasliklarini, fazl Allohning qolida bo
lib, xohlagan kishisiga berishini bilsinlar. Alloh ulug` fazl egasidir.