Barcha Islom kutubxonasi

58 - The Pleading Woman - Al-Mujādila

:1

Albatta, Alloh sen bilan oz eri haqida tortishayotgan va Allohga shikoyat qilayotgan(ayol)ning sozini eshitdi. Ha, Alloh ikkovingizning gaplashuvingizni eshitmoqda. Albatta, Alloh eshituvchi va ko`ruvchidir.

:2

Ichlaringizda oz xotinlaridan zihor qiladiganlar (bilib qoysinlarki), ular alarning onalari emas. Tuqqan onalaridan ozga hech kim ularga ona emaslar. Va, albatta, ular inkor qilingan va girt yolgon sozlarni ayturlar. Va, albatta, Alloh kechiruvchi va mag`firat qiluvchidir.

:3

Xotinlardan zihor qilganlar oz aytganlaridan qaytsalar, (qayta) qoshilmaslaridan avval bir qul ozod qilsinlar. Bu (hukm) va'zlanishingiz uchundir. Alloh qilayotgan ishlaringizdan xabardordir.

:4

Kim (qul) topmasa, bas (qayta) qoshilmasdan avval ikki oy ketma-ket roza tutsin. Kim (roza tutishga) qodir bolmasa, oltmish miskinni toygazsin. Bu (hukm) Allohga va Uning Rasuliga iymon keltirishingiz uchundir. Va bu(hukm)lar Allohning chegaralaridir. Va kofirlarga alamli azob bor.

:5

Albatta, Allohga va Uning Rasuliga dushmanlik qiladiganlar, ulardan avvalgilar xor bolganidek, xor bolurlar. Holbuki, batahqiq, Biz ochiq-oydin oyatlarni tushirib qo`yganmiz. Va kofirlarga xorlovchi azob bor.

:6

Alloh barchalarini qayta tiriltiradigan kunda, qilgan ishlarining xabarini berur. Alloh hisoblab turgan, ular esa unutganlar. Holbuki, Alloh har bir narsaga shohiddir.

:7

Albatta, Alloh osmonlaru yerdagi barcha narsalarni bilishini anglamadingmi? Agar uchtaning sirli sozlashuvi bolsa, albatta, U zot tortinchidir. Beshtaniki bolsa, U zot oltinchidir. Bundan oz bolsa ham, kop bolsa ham va qayerda bolsalar ham, albatta, Alloh ular bilandir. So`ng qiyomat kunida ularga qilgan ishlaridan xabar beradir. Albatta, Alloh har bir narsani biluvchidir.

:8

Sirli sozlashuvdan qaytarilganlarni kormadingmi?! Man etilgan ishga yana qayturlar, gunoh va dushmanlik ila va Paygambarga osiy bolib, sirli sozlarlar. Va huzuringga kelsalar, sen bilan Alloh orgatmagan tarzda so`rashurlar. Va ichlarida, shu gapimiz uchun Alloh bizni azoblamasa edi, derlar. Ularga jahannam kifoyadir, unga kirurlar. U qandoq ham yomon joy!

:9

Ey, iymon keltirganlar! Qachon sirli suhbat qilsangiz, gunoh, dushmanlik va Paygambarga ma'siyatga sirli suhbat qilmangiz. Yaxshilik va taqvoga sirli suhbat qilingiz. Huzuriga toplanib boradiganingiz Allohga taqvo qilingiz.

:10

Albatta, iymonlilarni ranjitish uchun qilingan sirli suhbat shaytondandur, Allohning izni bilan qilingan sirli suhbatgina ularga hech zarar yetkazmas. Mominlar Allohning Oziga tavakkal qilsinlar.

:11

Ey, iymon keltirganlar! Agar sizlarga majlislarda «Siljibroq otiring» deyilsa, bas, siljing, agar «Turing» deyilsa, turing. Alloh sizlardan iymon keltirganlarning va ilm berilganlarning darajalarini kotaradir. Alloh nima qilayotganlaringizdan xabardordir.

:12

Ey, iymon keltirganlar! Agar Paygambar bilan sirli suhbat qilmoqchi bolsangiz, sirli suhbatingizdan avval sadaqa bering. Shundoq qilmogingiz ozingiz uchun yaxshiroqdir va (qalbingiz uchun) pokroqdir. Agar (sadaqaga narsa) topmasangiz, albatta Alloh kechiruvchi va rahimlidir.

:13

Sizlarga sirli suhbatingizdan avval sadaqa berish ogir keldimi? Agar (buyruqni) bajarmasangiz, (mayli) Alloh afv qildi. Bas, namoz oqingiz va zakot beringiz. Va Allohga va Uning Payg`ambariga itoat qilingiz. Alloh qilayotgan ishlaringizdan xabardordir.

:14

Allohning gazabiga duchor bolgan qavmni dost tutganlarni kormaysanmi? Ular sizlardan ham emas, ulardan ham emas. Bilib turib, yolg`onga qasam icharlar.

:15

Alloh ular uchun og`ir azobni tayyorlagan. Ularning qilayotgan ishlari naqadar yomon!

:16

Ular qasamlarini ozlari uchun qalqon qilib oldilar. Bas, Allohning yolidan to`sdilar. Ularga xorlovchi azob bordir!

:17

Mollari ham, bolalari ham ulardan Alloh(azobi)dan hech narsani qaytara olmas. Ana oshalar dozax ahlidurlar. Ular unda abadiy qolurlar.

:18

Alloh ularning barchasini qayta tiriltiradigan kunda, xuddi sizlarga qasam ichganlaridek, Unga ham qasam icharlar, va biror narsaga erishamiz, deb oylarlar. Ayo, ogoh boling, ular, ha, ular yolg`onchidirlar.

:19

Shayton ularni egallab olgan va Allohning zikrini unuttirgan. Undoq kishilar shayton firqasidandirlar. Ayo, ogoh bolinglar, shayton firqasidagilar, ha, oshalar yutqazuvchidirlar.

:20

Albatta, Allohga va Uning Rasuliga dushmanlik qiluvchilar xor bo`lganlardandir.

:21

Alloh: «Men va Mening Rasullarim galaba qilamiz», deb hukm qilgan. Albatta, Alloh quvvatli va golibdir.

:22

Allohga va oxirat kuniga iymon keltirgan qavmning Alloh va Uning Rasuliga dushmanlik qiluvchilarga dostlik qilganlarini topmassan. Hatto, u(dushman)lar oz otalari, bolalari, aka-ukalari yoki qarindoshlari bolsa ham. Alloh undoq kishilarning qalblarida iymonni sobit qilgan, ularni Oz huzuridan bir ruh bilan qollagandir. Va ularni ostidan suvlar oqib turgan jannatlarga kiritur. Ular unda abadiy qolurlar. Alloh ulardan rozi bolur. Ular Allohdan rozi bolurlar. Unday kishilar Allohning firqasidandirlar. Ayo, ogoh bolinglar, albatta, Allohning firqasidagilar, ha, o`shalar yutuvchilardir.