56 - The Inevitable - Al-Wāqi`ah
Voqi'a voqe' bo`lganda.
Uning voqe' bolishini yolgonga chiqaruvchi (jon) yo`qdir.
U, ham pastlatuvchi, ham ko`taruvchidir.
Qachonki, yer qattiq larzaga keltirilganda.
Va tog`lar maydalanib titilganda.
Bas, tarqalgan chang-to`zonga aylanganda.
Va siz uch toifa bo`lganingizda.
Ong taraf egalari. Ong taraf egalari ne(saodatlilar)dir?!
Va chap taraf egalari. Chap taraf egalari ne(badbaxtlar)dir?!
Va peshqadamlar, peshqadamlar.
Ular (Allohga) yaqin bo`lganlar.
Serne'mat jannatlardadirlar.
Avvalgilardan ko`pchilik.
Va oxirgilardan ozchilik.
Toqima sorilardadirlar.
Bir-birlariga robaro bo`lib yonboshlagan holdadirlar.
Atroflarida mangu yosh yigitlar aylanib yururlar.
Oqar chashma mayi tolatilgan qadahlar, kozalar va kosalar bilan.
Undan bosh ogrigi ham, mast ham bo`lmaslar.
Va xohlagan mevalarini olib.
Ishtahalari tusagan qush go`shtini olib (aylanib yurarlar).
Yana, kozi gozal hurlar bor.
Misoli yashirilgan dur kabi.
Bular — qilib yurgan amallarning mukofotidur.
Ular u(Jannat)da behuda, gunoh(so`z)larni eshitmaslar.
Magar «Salom, salom» deyilganini (eshitarlar).
Ong taraf egalari. Ong taraf egalari nedir?!
Ular tikonsiz sidrzorlardadirlar.
Sermeva bananzorlardadirlar.
Va yoyilgan soyalardadirlar.
Oqar suvlardadirlar.
Serob mevalardadirlar.
Tugamaydigan va man qilinmaydigan.
Kotarilgan korpachalardadirlar.
Albatta, Biz u(hur)larni daf'atan, xos qilib, yaratdik.
Bas, ularni bokira qizlar qilib qo`ydik.
Bir xildagi tengdosh mahbubalar.
O`ng taraf egalari uchun.
Ular avvalgilardan ko`pgina jamoatlardir.
Keyingilardan ham ko`pgina jamoatlardir.
Va chap taraf egalari. Chap taraf egalari ne(badbaxtlar)dir?!
Ular o`t shamol va qaynoq suvdadirlar.
Qop-qora tutun soyasidadirlar.
Na salqin emas va na foydali.
Albatta, ular bundan oldin hoyi-havasga berilganlardan edilar.
Va katta gunoh ishlarni mudom qilib kelgan edilar.
Va: «Biz olib, tuproq va suyak bolsak ham, qayta tiriltirilamizmi?
Avval o`tgan otalarimiz ham-a?!» – der edilar.
Aytgil: «Albatta, avvalgilar va oxirgilar.
Ma'lum kuni, belgilangan vaqtda, albatta, to`planuvchidirlar».
Songra, siz, ey adashganlar, yolgonga chiqaruvchilar.
Albatta, zaqqum daraxtidan yeyuvchisizlar.
Bas, undan qorinlarni to`ldiruvchisizlar.
Bas, ustidan o`ta qaynoq suvdan ichuvchisizlar.
Bas, chanqoq tuyadek ichuvchisizlar.
Ularning qiyomat kunidagi ziyofatlari mana shu!!!
Biz sizlarni yaratganmiz, ishonsalaring-chi!
Ozingiz chiqaradigan maniyni oylab ko`ring-a!
Uni sizlar yaratasizmi yoki Biz yaratuvchimizmi?!
Orangizdagi o`limni Biz belgilaganmiz va Biz ojiz emasmiz.
Sizning orningizga sizga oxshashlarni almashtirishdan va sizlarni o`zingiz bilmaydigan holda yaratishdan.
Va darhaqiqat, avvalgi yaratilishni bildingiz-ku, eslasalaringiz-chi!
Ozingiz ekayotgan narsani oylab ko`ring-a!
Uni siz undirasizmi yoki Biz undiruvchimizmi?
Agar xohlasak, Biz uni quruq chopga aylantirib qoyamiz. Sizlar esa, nadomatda ajablanib:
«Albatta, biz ziyon ko`rganlarmiz.
Balki, mahrum bo`lganlarmiz, (deysizlar).
Ozingiz ichadigan suvni oylab ko`ring-a!
Uni bulutlardan siz tushirasizmi yoki Biz tushiruvchimizmi?
Agar xohlasak, Biz uni shor qilib qoyamiz. Shukr qilsangiz-chi!
Ozingiz yoqadigan olovni oylab ko`ring-a!
Uning daraxtini siz yaratgansizmi yoki Biz yaratuvchimizmi?
Biz u(olov)ni eslatma va yolovchilar uchun manfaat qilib qoydik.
Bas, ulug` Robbing ismini poklab yod et!
Yulduzlarning manzillari bilan qasam ichaman.
Albatta, agar bilsangiz, bu ulug` qasamdir.
Albatta, u Qur'oni Karimdir.
U Saqlangan kitobdadir.
Uni faqat poklanganlargina ushlaydir.
U, olamlarning Robbisidan tushirilgandir.
Bas, sizlar mana shu so`zga beparvolik qilasizlarmi?
Va yolg`onga chiqarishni rizq qilib olasizlarmi?
Joningiz halqumga kelib qolsa-chi?
Holbuki, osha vaqtda ozlaringiz qarab turgan bo`lasizlar.
Biz esa, sizdan kora unga yaqinmiz, ammo sizlar kormaysizlar.
Agar siz hisob bermaydigan bo`lsangiz.
U(jon)ni orniga qaytaring-chi, agar gaplaringiz rost bolsa.
Agar yaqinlashtirilganlardan bo`lsa.
Rohatda, farog`atda va serne'mat jannatdadir.
Agar ong taraf egalaridan bolsa.
Bas, senga ong taraf egalaridan Salom bolsin, (deyilur).
Va agar yolgonga chiqaruvchi gumrohlardan bolsa.
Bas, o`ta qaynoq suvdan ziyofat.
Va do`zaxga kirishdir.
Albatta, ushbu, ta'kidki, ochiq-oydin haqiqatdir.
Bas, ulug` Robbing ismini poklab yod et!