Barcha Islom kutubxonasi

55 - The Beneficent - Ar-Raĥmān

:1

Rohman.

:2

Qur'onni o`rgatdi.

:3

Insonni yaratdi.

:4

Unga bayonni o`rgatdi.

:5

Quyosh va oy hisobdadir.

:6

Ot-olan ham, daraxtlar ham sajda qilurlar.

:7

Osmonni baland kotardi va (adolat) tarozuni ornatdi.

:8

Mezonda haddingizdan oshmasligingiz uchun.

:9

Adolat ila o`lchang va tarozudan urib qolmang.

:10

Va yerni xaloyiq uchun qo`ydi.

:11

U(er)da mevalar va gulkosali xurmolar bor.

:12

Va somonli donlar hamda rayhonlar bor.

:13

Bas, Robbingizning qaysi ne'matlarini yolg`on deya olursiz?!

:14

Insonni sopolga o`xshash qurigan loydan yaratdi.

:15

Va jinlarni o`t-alangadan yaratdi.

:16

Bas, Robbingizning qaysi ne'matlarini yolg`on deya olursiz?!

:17

U ikki mashriq va ikki mag`ribning Robbidir.

:18

Bas, Robbingizning qaysi ne'matlarini yolg`on deya olursiz?!

:19

Daryoyu dengizlarni bir-biri bilan uchrashadigan qilib qo`ydi.

:20

Ortalaridagi tosiqdan oshib o`tolmaslar.

:21

Bas, Robbingizning qaysi ne'matlarini yolg`on deya olursiz?!

:22

U ikkisidan lu'lu' va marjon chiqar.

:23

Bas, Robbingizning qaysi ne'matlarrini yolg`on deya olursiz?!

:24

Dengizlarda togdek bolib suzib yuruvchilar ham Unikidir.

:25

Bas, Robbingizning qaysi ne'matlarini yolg`on deya olursiz?!

:26

(Er) yuzidagi barcha jonzot foniydir.

:27

Uluglik va ikrom egasi Robbingning Ozigina boqiydir.

:28

Bas, Robbingizning qaysi ne'matlarini yolg`on deya olursiz?!

:29

Undan yeru osmondagi jonzotlar so`rarlar. U har kuni ishdadir.

:30

Bas, Robbingizning qaysi ne'matlarini yolg`on deya olursiz?!

:31

Albatta, sizlar uchun vaqt topamiz, ey, insu jinlar!

:32

Bas, Robbingizning qaysi ne'matlarini yolg`on deya olursiz?!

:33

Ey, jin va ins jamoalari, agar siz osmonlaru yer chegaralaridan chiqib ketishga qodir bo`lsalaringiz, chiqaveringlar. Faqat, sulton ila chiqa olursiz, xolos.

:34

Bas, Robbingizning qaysi ne'matlarini yolg`on deya olursiz?!

:35

Ustingizdan olov va tutun yuborilur. Bas, qutula olmassiz.

:36

Bas, Robbingizning qaysi ne'matlarini yolg`on deya olursiz?!

:37

Osmon yorilib, qirmizi moyga aylangan vaqtda...

:38

Bas, Robbingizning qaysi ne'matlarini yolg`on deya olursiz?!

:39

Bas, u kunda ins ham, jin ham gunohidan so`ralmas.

:40

Bas, Robbingizning qaysi ne'matlarini yolg`on deya olursiz?!

:41

Jinoyatkorlar siymolaridan bilinib turar. Va ularning peshona sochlari va oyoqlaridan tutilur.

:42

Bas, Robbingizning qaysi ne'matlarini yolg`on deya olursiz?!

:43

Jinoyatkorlar yolgonga chiqarayotgan jahannam shu boladir.

:44

Ular jahannam bilan ota qaynoq suv ortasida aylanurlar.

:45

Bas, Robbingizning qaysi ne'matlarini yolg`on deya olursiz?!

:46

Robbisi huzurida turishdan qo`rqqanlar uchun ikki jannat bor.

:47

Bas, Robbingizning qaysi ne'matlarini yolg`on deya olursiz?!

:48

U(jannat)lar shox-novdalidirlar.

:49

Bas, Robbingizning qaysi ne'matlarini yolg`on deya olursiz?!

:50

Ikkovlarida ikki oqar buloq bor.

:51

Bas, Robbingizning qaysi ne'matlarini yolg`on deya olursiz?!

:52

Ikkovlarida ham mevadan juft navlar bor.

:53

Bas, Robbingizning qaysi ne'matlarini yolg`on deya olursiz?!

:54

Ipak astarli toshaklarga yonboshlagan va ikki jannat mevalari yaqin bolgan hollarida...

:55

Bas, Robbingizning qaysi ne'matlarini yolg`on deya olursiz?!

:56

Ularda ko`zlari tiyilgan, avval ins ham, jin ham tegmagan(hur)lar bor.

:57

Bas, Robbingizning qaysi ne'matlarini yolg`on deya olursiz?!

:58

U(hur)lar xuddi yoqut va marjonga o`xsharlar.

:59

Bas, Robbingizning qaysi ne'matlarini yolg`on deya olursiz?!

:60

Ehsonning mukofoti faqat ehsondir.

:61

Bas, Robbingizning qaysi ne'matlarini yolg`on deya olursiz?!

:62

U ikkovidan pastroqda yana ikki jannat bor.

:63

Bas, Robbingizning qaysi ne'matlarini yolg`on deya olursiz?!

:64

Ikkovlari yam-yashildir.

:65

Bas, Robbingizning qaysi ne'matlarini yolg`on deya olursiz?!

:66

Ikkovlarida otilib turuvchi ikki buloq bordir.

:67

Bas, Robbingizning qaysi ne'matlarini yolg`on deya olursiz?!

:68

Ikkovlarida mevalar, xurmo va anorlar bordir.

:69

Bas, Robbingizning qaysi ne'matlarini yolg`on deya olursiz?!

:70

Ularda yaxshi go`zallar bor.

:71

Bas, Robbingizning qaysi ne'matlarini yolg`on deya olursiz?!

:72

Chodirlarni lozim tutgan hurlar bor.

:73

Bas, Robbingizning qaysi ne'matlarini yolg`on deya olursiz?!

:74

Avval ularga ins ham, jin ham tegmagan.

:75

Bas, Robbingizning qaysi ne'matlarini yolg`on deya olursiz?!

:76

Yashil bolishlarga va go`zal gilamlarda yonboshlagan hollaridadir.

:77

Bas, Robbingizning qaysi ne'matlarini yolg`on deya olursiz?!

:78

Uluglik va ikrom egasi bolmish Robbingizning ismi muborak bo`ldi.