54 - The Moon - Al-Qamar
Soat(qiyomat) yaqinlashdi va oy bo`lindi.
Agar bir oyat(mo'jiza)ni korsalar, yuz ogirarlar va: «Bu — otkinchi sehr», derlar.
Va yolgonga chiqardilar hamda havoyi nafslariga ergashdilar. Holbuki, har bir ish oz o`rnini topuvchidir.
Va, darhaqiqat, ularga hayiqtiradigan xabarlardan kelgan edi.
Ularda yetuk hikmat (bor edi). Biroq, ogohlantiruvchilar foyda bermadi.
Bas, Ulardan yuz o`gir! Chaqiruvchi munkar narsaga chaqirgan kunda.
Qabrlardan, kozlari qorqinchga tolgan holda, xuddi yoyilgan chigirtkaga oxshab chiqib kelurlar.
Chaqiruvchiga qarab boyinlarini chozib, shoshilib borurlar. Kofirlar: «Bu qiyin kun-ku», derlar.
Bulardan oldin Nuh qavmi ham yolgonchi qilgan edi. Bas, bandamizni yolgonchiga chiqarishdi va, majnun, deyishdi hamda unga tosiqlar qoyishdi.
Va Robbisiga duo qilib: «Albatta, men maglub boldim, yordam ber», dedi.
Bas, osmon eshiklarini sharros suv bilan ochib yubordik.
Va yerdan otiltirib buloqlar chiqardik. Bas, suvlar taqdir qilingan ish uchun birlashdilar.
Va u(Nuh)ni taxtalari va mixlari bor narsa ustiga ko`tardik.
U(Kema) inkor qilingan shaxs(Nuh)ga mukofot bo`lib, Bizning inoyatimiz ila yuradir.
Va u(hodisa)ni belgi qilib qoldirdik. Qani, ibrat oluvchi bormi?!
Bas, Mening azobim va ogohlantirishim qandoq bo`ldi?!
Darhaqiqat, Biz Qur'onni zikr uchun oson qildik. Bas, zikr qiluvchi bormi?!
Od (Hudni) yolgonchiga chiqardi. Bas, Mening azobim va ogohlantirishim qandoq boldi?
Biz davomli mash'um kunda ular ustiga sorsor shamolini yubordik.
U, odamlarni, xuddi xurmo daraxtini tomiri bilan qo`porib yuborgandek, (erdan) uzib-uchirib tashlardi.
Bas, Mening azobim va ogohlantirishim qandoq bo`ldi?!
Darhaqiqat, Biz Qur'onni zikr uchun oson qildik. Bas, zikr qiluvchi bormi?!
Samud ogohlantiruvchilarni yolg`onga chiqardi.
Ular: «Biz ozimizdan bolgan bir odamga ergashamizmi? Agar shunday bolsa, albatta, adashuvda va jinnilikda bolamiz.
Bizlarning oramizdan unga zikr (vahiy) tushirilibdimi?! Yoq, u yolgonchi va kekkaygandir», dedilar.
Ertaga kim yolg`onchi va kekkaygan ekanini bilurlar.
Biz ularni sinash uchun tuyani yuboruvchimiz. Ularni kuzatib tur va sabr qil.
Va ularga, albatta, suv oralarida taqsimlanganining xabarini ber. Har bir ichishga (oz vaqtida) hozir bolinar.
Bas, ular oz sheriklarini chaqirdilar. U (tuyani) tutdi va soyib yubordi.
Bas, Mening azobim va ogohlantirishim qandoq bo`ldi?!
Albatta, Biz ularga bir ovoz yubordik. Va ular qora quruvchi (yiqqan) quruq shox-shabbalarga oxshab qoldilar.
Darhaqiqat, Biz Qur'onni zikr uchun oson qildik. Bas, zikr qiluvchi bormi?!
Lut qavmi ogohlantiruvchilarni yolg`onchiga chiqardi.
Albatta, Biz ularning ustiga (tosh) boron yubordik. Faqat Lut xonadoniga sahar chogi najot berdik.
Bu, Biz tarafimizdan ne'mat bo`ldi. Kimki shukr qilsa, xuddi shunday mukofotlarmiz.
Darhaqiqat, u(Lut) ularni Bizning tutishimizdan ogohlantirgan edi. Bas, ular ogohlantirishlarga ishonmadilar.
Ular undan mehmonlarini topshirishni soradilar. Bas, kozlarini kor qildik. Mening azobim va ogohlantirishlarimni totib korsinlar.
Batahqiq, erta tongda ularni sobit, davomli azob tutdi.
Bas, Mening azoblarimni va ogohlantirishlarimni totib ko`ringlar!
Darhaqiqat, Biz Qur'onni zikr uchun oson qildik. Bas, zikr qiluvchi bormi?!
Darhaqiqat, Fir'avn ahliga ogohlantirishlar keldi.
Bizning oyatlarimizning barchasini yolgonga chiqarishdi. Bas, Biz ularni golib, qudratli oluvchining olishi bilan oldik.
Sizning kofirlaringiz avvalgilaringizdan yaxshiroqmi?! Yoki kitoblarda sizlarga oqlov bormi?!
Yoki, Biz nusratga erishuvchi jamoatmiz, deyishar?!
U jamoa tezda yengilar va orqalariga qarab qocharlar.
Ha, ularga va'da qilingan vaqt, soat(qiyomat)dir. Va u soat (azobi) ulkanroq va achchiqroqdir.
Albatta, jinoyatkorlar adashuvda va olov-otashdadirlar.
Yuztuban dozaxga sudraladigan kunda, jahannam azobini tatib koring, (deyilur).
Albatta, Biz har narsani o`lchov bilan yaratdik.
Bizning farmonimiz bir sozdan ozga emas. Koz yumib ochguncha bolur.
Darhaqiqat, Biz sizga oxshaganlarni halok qildik. Bas, buni eslovchilardan bormi, ozi?!
Va ularning har bir ishlari kitoblardadir.
Har bir kichigu katta (ishlar) satrlangandir.
Albatta, taqvodorlar jannatu anhorlardadirlar.
Sidq o`rindiqda, qudratli Podshoh huzuridadir.