53 - The Star - An-Najm
Botayotgan yulduz bilan qasam.
Sizning Birodaringiz adashgani ham yoq, yoldan ozgani ham yo`q.
U havodan nutq qilmas.
U (Qur'on) vahiydan o`zga narsa emas.
U(Muhammad)ga shiddatli quvvat egasi ta'lim berdi.
Mirrat egasi ko`tarildi.
Va u oliy ufqda edi.
Songra yaqinlashdi va juda ham yaqin boldi.
Bas, ikki kamon miqdoriday joyda bo`ldi. Balki undan ham yaqinroq keldi.
Va U zot bandasiga nimani vahiy qilgan bo`lsa, yetkazdi.
Qalb (koz) korganini yolg`onga chiqarmadi.
U bilan ozi korgan narsa ustida tortishasizlarmi?!
Va, darhaqiqat, uni boshqa safar ko`rdi.
Sidratul muntaha(tugash daraxti) oldida.
Uning huzurida ma'vo jannati bor.
Oshanda, u(daraxt)ni oraydigan narsa o`rab turibdi.
Nigoh burilmadi ham, haddidan oshmadi ham.
Darhaqiqat, oz Robbisining ulkan belgilaridan kordi.
Lot va Uzzoni oylab kordingizmi?
Va boshqasi, uchinchisi — Manotni ham (oylab kordingizmi)?
Sizlarga erkak-u, U zotga ayolmi?
Undoq bolsa, bu notog`ri taqsim-ku!
U(but)lar siz va ota-bobolaringiz qoygan nomlardan ozga hech narsa emas. Alloh bunga hech hujjat tushirgan emas. U(mushrik)lar, Robbilaridan hidoyat kelganiga qaramay, gumon va havoyi nafs xohishiga ergasharlar, xolos.
Yoki har inson nimani xohlasa, shu bo`laveradimi?
Zero, oxirat ham, dunyo ham Allohnikidir.
Osmonlarda qanchadan-qancha farishtalar mavjud, ularning shafoati hech foyda bermas. Magar, Alloh Ozi xohlagan va rozi bolganlarga izn bersa.
Albatta, oxiratga iymon keltirmaganlar farishtalarni ayol nomi bilan nomlarlar.
Ularda bu haqda hech qanday ilm yoq. Gumondan boshqa narsaga ergashmaslar. Albatta, gumon haqiqat orniga o`tmas.
Bizning zikrimizga orqa ogirgan, hayoti dunyodan boshqani xohlamaydiganlardan yuz ogir.
Ularning erishgan ilmlari mana shu. Albatta, Robbing Uning yo`lidan adashganlarni bilguvchidir va U hidoyatdagilarni ham bilguvchidir.
Osmonlardagiyu yerdagi barcha narsalar Allohnikidir. U yomonlik qilganlarni amaliga yarasha jazolar va yaxshilik qilganlarni go`zal (mukofot) ila mukofotlar.
Ular kichik gunohlardan boshqa katta gunohlar va fahsh ishlardan chetda boladiganlardir. Albatta, Robbing magfirati keng Zotdir. U sizlarni tuproqdan paydo qilganda ham, onalaringiz qorinlarida homilalik chogingizni ham yaxshi biluvchidir. Shundoq ekan, ozingizni oqlamang, U kim taqvodorligini yaxshi biladir.
Yuz ogirib ketganni kordingmi?!
U ozgina berdi va to`xtadi.
Uning huzurida gayb ilmi bor-u, u korib turibdimi?
Yoki Musoning sahifalaridagi narsalar xabari unga berilmadimi?
Va vafo qilgan Ibrohimning?
Albatta, hech bir gunohkor boshqaning gunohini ko`tarmas.
Har bir insonga oz qilganidan boshqa narsa yoq.
Va, albatta, uning qilmishi tezda ko`rinur.
Songra jazo yoki mukofoti toliq berilur.
Va, albatta, intiho Robbing huzuridadir.
Va, albatta, kuldirgan ham Ozi, yiglatgan ham O`zidir.
Albatta, oldirgan ham Ozi, tiriltirgan ham O`zi.
Albatta, ikki juftni — erkak va ayolni yaratgan ham O`zi.
Otilib chiqqan nutfadan.
Va, albatta, keyingi paydo qilish zimmasidagi zot ham O`zi.
Va, albatta, behojat qilgan ham Ozi, badavlat qilgan ham Ozi.
Va, albatta She'roning robbisi ham Uning O`zi.
Va, albatta, birinchi Odni halok qilgan ham O`zi.
Va Samudni boqiy qoldirmagan ham O`zi.
Va bundan oldin Nuh qavmini (halok qilgan ham Ozi). Chunki, ular ota zolim va ota tugyonga ketgan edilar.
Va tontarilganni qulatgan (ham Ozi).
Bas, uni oragan narsa orab oldi.
Shunday ekan, Robbingning qaysi ne'matlariga shak keltirasan?
Bu, avvalgi ogohlantiruvchilar kabi bir ogohlantiruvchidir.
Yaqinlashuvchi yaqinlashdi.
Uni Allohdan boshqa kashf qiluvchi yo`q.
Bu so`zdan sizlar ajablanasizlarmi?
Va kulasizlar-u, yig`lamaysizlarmi?
Va holbuki, sizlar beparvosizlar.
Bas, Allohga sajda qilinglar va ibodat qilinglar.