Barcha Islom kutubxonasi

52 - The Mount - Aţ-Ţūr

1

Tur bilan qasam...

2

Satrlarga bitilgan kitob bilan qasam...

3

Yozishga tayyorlangan teriga.

4

Va obod uy bilan qasam...

5

Va ko`tarilgan shift bilan qasam...

6

Va to`lgan dengiz bilan qasam.

7

Albatta, Robbingning azobi ro`y berajak.

8

Uni qaytaruvchi yo`qdir.

9

U kunda osmon larzaga kelib chayqalur.

10

Va tog`lar sayr etib yurur.

11

Bas, osha kunda yolgonga chiqaruvchilarga vayl bo`lsin!

12

(Botilga) shongib o`ynashadiganlarga.

13

U kunda jahannam o`tiga kuchlab itarilurlar.

14

Mana bu, sizlar yolgonga chiqargan ot bo`ladi!

15

Bu sehrmi?! Yoki sizlar ko`rmayapsizlarmi?!

16

Kiringlar unga! Chidaysizlarmi, chidamaysizlarmi — bari bir. Qilib yurgan amallaringizning jazosini olasizlar, xolos.

17

Albatta, taqvodorlar jannatlar va nozu ne'matlar ichidadirlar.

18

Robbilari ularga bergan narsalardan lazzatdadirlar. Robbilari ularni jahannam azobidan saqlar.

19

Yenglar, ichinglar, osh bo`lsin. (Bular) qilgan amallaringiz uchundir.

20

Ular qator tizilgan sorilarga yonboshlagan holdalar. Va ularni gozal kozli hurlarga uylab qoyganmiz.

21

Ozlari iymon keltirib, zurriyotlari ularga iymon bilan ergashganlarning zurriyotini ularga qoshdik va ularning amallaridan hech narsani kamaytirmadik. Har bir kishi o`z kasbi garovidir.

22

Va Biz ularga xohlagan mevalari va goshtlarini muhayyo qilib qoydik.

23

Ular unda qadahlarni bir-birlariga uzaturlar. U yerda behuda sergaplik va gunoh yo`q.

24

Va atroflarida xuddi sadafdagi durdek g`ulomlari aylanib, xizmatda yurishar.

25

Ba'zilari boshqalaridan ogirilib soray boshladilar:

26

«Albatta, biz ilgari oz ahlimiz davrasida U zotdan qorquvchilardan edik.

27

Bas, Alloh bizga marhamat qildi va bizni do`zax azobidan saqladi.

28

Albatta, biz ilgari Unga duo qilardik. Albatta, Uning O`zi yaxshilik qiluvchi va rahimlidur».

29

Bas, eslatgin: sen Robbing ne'mati ila folbin ham emassan, majnun ham emassan.

30

Balki: «U — shoir, biz unga o`lim yetishini kutamiz», derlar?

31

Aytgin: «Kutinglar, albatta, men ham sizlar bilan birga kutuvchidirman».

32

Yo aqllari shunga buyuradimi, yoki ular tug`yonga ketgan qavmlarmi?

33

Balki, u(Qur'on)ni ozi toqidi, derlar? Yo`q, ular iymon keltirmaslar.

34

Agar ularning gapi rost bolsa, u(Qur'on)ga oxshash so`zni keltirsinlar.

35

Balki, ular, hech narsadan hech narsa yoq, ozlari yaralgandirlar?! Yoki ular yaratuvchilarmi?

36

Balki, ular osmonlaru yerni yaratgandirlar?! Yo`q, ular ishonmaslar.

37

Balki, ularning huzurida Robbingning xaziynalari bordir?! Yoki ular boshqaruvchilarmi?

38

Balki, ularning (xabarni) eshitadigan narvonlari bordir?! Undoq bo`lsa, eshituvchilari ravshan hujjat keltirsin.

39

Yoki U zotga qizlar-u, sizlarga ogillarmi?

40

Yoki sen ulardan haq sorayapsan-u, ular tolovdan qiynalayaptilarmi?

41

Balki, ularning ixtiyorida gayb (ilmi) bolib, ular yozib olayotgandirlar?!

42

Balki, hiyla ko`rsatishni xohlarlar?! Bas, kofirlar hiylalarining jazosini tortarlar.

43

Balki, ularning Allohdan boshqa xudolari bordir?! Alloh ular keltirayotgan shirkdan pok bo`ldi.

44

Agar ular boshlariga tushayotgan parchani korsalar ham, toplangan bulut, derlar.

45

Ularni halokatga uchraydigan kunlariga yoliqqunlarigacha tek qoy.

46

U kunda hiylalari ularga hech qanday foyda bermas va ularga yordam ham berilmas.

47

Va, albatta, zulm qilganlarga undan ozga azob ham bor, lekin koplari bilmaslar.

48

Bas, Robbing hukmiga sabr qil. Albatta, sen koz ongimizdasan, o`rningdan turganingda Robbingga tasbih ayt!

49

Va kechasi ham. Bas, yulduzlar botgandan keyin ham tasbih ayt.