51 - The Winnowing Winds - Adh-Dhāriyāt
Chang to`zituvchi(shamol)lar bilan qasam.
Yuk ko`taruvchi(bulut)lar bilan qasam.
Oson yuruvchi(kema)lar bilan qasam.
Ish taqsimlovchi(farishta)lar bilan qasam.
Albatta, sizga va'da qilingan narsa rostdir.
Va, albatta, qiyomat voqe' bo`lguvchidir.
Go`zal, mustahkam osmon bilan qasam.
Albatta, sizlarning gaplaringiz ixtiloflidir.
U(Qur'on)dan kim burilsa, (butunlay) burib qo`yiladir.
Yolgonchilarga la'nat bo
lsin!
Ular jaholatdagi g`ofillardir.
Ular: «Hisob-kitob kuni qachon», deb so`rarlar.
Bu kunda ular olovda azoblanurlar.
«Azobingizni tatib koring», siz «Qachon bo
ladir», deb shoshilgan narsa — shu!» (deyilur).
Albatta, taqvodorlar jannatlar va buloqlardadir.
Robbilari bergan narsalarni oluvchilardir. Chunki, ular bundan oldin ehson qiluvchilardan bo`lganlardir.
Ular kechalari oz uxlar edilar.
Va ular saharlarda istig`for aytar edilar.
Va molu mulklarida so`rovchi va bechoralarning haqqi bordir.
Va yerda chuqur ishonuvchilar uchun belgilar bor.
Va ozlaringizda ham (belgilar) bor. Yoki ko
rmayapsizlarmi?!
Va osmonda rizqingiz hamda sizga va'da qilinayotgan narsa (bor).
Osmonu yerning Robbisi ila qasamki, albatta, u (va'da) misoli siz nutq qilayotganingizdek haqiqatdir.
Senga Ibrohimning karamli mehmonlarining xabari kelmadimi?
Ular uning huzuriga kirib, «Salom» deganlarida, u «Salom, notanish qavmlar», dedi.
Ahliga (maxfiy) borib, semiz buzoqni (pishirib) keltirdi.
Uni ularga yaqin surdi va: «Emaysizlarmi?» – dedi.
Ulardan xavfsiradi. Ular: «Qorqma», dedilar va unga ilmli o
g`il bashoratini berdilar.
Bas, xotini qichqirib keldi va oz yuziga shapaloq tushirib: «Qari, tug
mas xotin-a?!» – dedi.
Ular: «Sening Robbing shunday dedi. Albatta, Uning O`zi Hakiym va Aliymdir», dedilar.
U: «Ey elchilar! Sizning ishingiz nedir?» – dedi.
Ular: «Albatta, biz jinoyatchi qavmga yuborilganmiz.
Ularning ustidan loydan (pishirilgan) toshlarni tashlash uchun.
Robbing huzurida isrofchilar uchun belgilab qo`yilganlarni», dedilar.
Va Biz u joydan mo`minlarni chiqardik.
U yerda bir xonadondan boshqa musulmonlarni topmadik.
Va u yerda alamli azobdan qo`rqadiganlar uchun oyat(belgi) qoldirdik.
Va Musoda ham (belgi) bor. Biz uni Fir'avnga ravshan hujjat ila yuborganimizda...
U yuz o`girib, ishongani tomon yurdi va: «(Muso) sehrgar yoki majnundir», dedi.
Bas, Biz uni va askarlarini tutib dengizga tashladik va u malomatga loyiq ish qiluvchi edi.
Va Odda ham (belgi) bor. Vaqtiki, Biz ularga tug`mas shamolni yubordik.
U qaysi narsaga yetib borsa, titib tashlamasdan qo`ymas.
Va Samudda ham (belgi) bor. Ularga: «Vaqtinchalik maza qilib turinglar», deyilgan vaqtda...
Allohning amridan bosh tortdilar, bas, qarab turgan hollarida ularni qattiq ovoz tutdi.
Bas, ular o`rinlaridan turolmadilar va yordam ham ololmadilar.
Va bundan avval Nuh qavmini ham (halok etganmiz). Albatta, ular fosiq qavm edilar.
Osmonni Oz qo
limizda(qudratimiz) ila bino qildik. Albatta, Biz uni kengaytiruvchimiz.
Va yerni toshab qo
ydik. Biz qandoq ham yaxshi tayyorlovchidirmiz!
Va Biz har bir narsani juft yaratdik. Shoyadki, eslasangizlar.
Bas, faqat Allohgagina qoching. Albatta, men sizlarga Undan (kelgan) ochiq-oydin ogohlantiruvchiman.
Va Allohga boshqa ma'budni sherik qilmanglar. Albatta, men sizlarga Undan (kelgan) ochiq-oydin ogohlantiruvchiman.
Xuddi shunday, bulardan avvalgilarga ham har bir Payg`ambar kelgan vaqt (uni) sehrgar yoki majnun deganlar.
Kelishib olganmilar?! Yoq, ular tug
yonga ketgan qavmlardir!
Ulardan yuz o`gir. Bas, sen malomatga qoluvchi emassan.
Va eslatgin. Albatta, eslatish mo`minlarga manfaat berur.
Jin va insonni faqat Menga ibodat qilishlari uchungina yaratdim.
Men ulardan rizq xohlamayman va Meni ovqatlantirishlarini ham xohlamasman.
Albatta, Alloh O`zi rizq beruvchi, quvvat egasi, shiddatlidir.
Albatta, zulm qilganlarga o`z birodarlari azobichalik azob bor, shoshilmasinlar.
Kofirlarga va'da qilinayotgan kunlarida halokat bo`lsin.