Barcha Islom kutubxonasi

50 - The Letter "Qaf" - Qāf

1

Qoof. Ulug` Qur'on ila qasam.

2

Balki, ularga o`zlaridan ogohlantiruvchi kelganidan ajablandilar va kofirlar: «Bu ajib narsa-ku?» – dedilar.

3

Olib, tuproq bolganimizdan keyin ham-a? Bu qaytish (aqldan) uzoq.

4

Haqiqatan, Biz ularni yer kamaytirayotganini bildik va Bizning huzurimizda saqlovchi kitob bor.

5

Aniqki, ularga haq kelganda, uni yolg`onga chiqardilar. Bas, ular iztirobli ishdadirlar.

6

Ustilaridagi osmonga nazar solmaydilarmi? Uni qanday bino qilibmiz va ziynatlabmiz? Va (holbuki), uning teshiklari ham yo`q?!

7

Va yerni chozib qoydik, unga toglarni tashladik va unda turli gozal juftlarni o`stirdik.

8

(Robbisiga) qaytuvchi har bir bandaga ko`rgazma va eslatma qilib...

9

Va osmondan baraka suvini tushirdik hamda u bilan bog-roglarni va don hosilini o`stirdik.

10

Va zich mevali shingillari bor xurmolarni ham.

11

Bandalarga rizq qilib. Va u (yomgir) bilan olgan shaharni tiriltirdik. Shunday bo`ladir (qabrdan) chiqish ham.

12

Ulardan avval Nuh qavmi, quduq sohiblari va Samud yolg`onga chiqarganlar.

13

Va Od, Fir'avn, Lut birodarlari.

14

Va daraxtzor egalari va Tubba' qavmi — barchalari Paygambarlarni yolgonga chiqarganlar. Bas, (azob) va'dam haq bo`ldi.

15

Avvalgi yaratishga ojiz bol-dikmi? Yoq! Ular yangidan yaratilishga shubhadadirlar.

16

Albatta, insonni Biz yaratganmiz va uning nafsi nimani vasvasa qilishini ham bilurmiz. Va Biz unga jon tomiridan ham yaqinmiz.

17

Vaqtiki ikki kutib oluvchi ongda va chapda otirgan hollarida kutib olurlar.

18

Biror so`z aytmas, magar huzurida hoziru nozir borlar.

19

Olimning mastligi (talvasasi) haqiqat bolib keldi. Sen qochib yurgan narsa shuldir.

20

Va sur ham chalindi. Bu, qo`rqitilgan kundir.

21

Va har bir jon haydaguvchi va guvohlik beruvchi bilan keldi.

22

Albatta, sen bundan gaflatda eding. Bas, Biz sening pardangni ochdik va bugun kozing o`tkirdir.

23

Va uning «yaqini»: «Mana bu mendagi tayyor narsa», dedi.

24

Har bir qaysarni, kofirni jahannamga tashlang!

25

Yaxshilikni man qiluvchini, tajovuzkorni, shak keltiruvchini.

26

Alloh bilan birga boshqani iloh qilib olganni shiddatli azobga tashlang!

27

Uning «yaqini»: «Robbimiz, uni men tugyonga ketkazganim yoq, lekin uning ozi uzoq zalolatda boldi», der.

28

U zot dedi: «Mening huzurimda tortishmanglar, sizlarga azob va'dasini taqdim qiluvdim.

29

Mening huzurimda gap o`zgarmas va Men bandalarga zulm qilguvchi emasman».

30

Bugun jahannamga: «Toldingmi?» desak, u: «Yana qoshimcha bormi?» der.

31

Va jannat taqvodorlarga uzoq bo`lmagan joyga yaqinlashtirildi.

32

Bu — sizga va'da qilingan narsadir. Har bir sertavbaga va saqlovchiga.

33

Rohmandan goyibona qorqqan va salomat qalb ila kelgan kimsaga.

34

«Unga salomat bo`lgan holda kiringiz. Bu — mangulik kunidir» (deyilur).

35

U yerda nima xohlasalar, ularniki. Va huzurimizda ziyodasi bor.

36

Ulardan avval, ulardan ko`ra kuchliroq asr(avlod)lardan qanchasini halok qildik. «Qochadigan joy bormi?» deb yurtma-yurt kezib chiqdilar.

37

Albatta, bunda qalbi borlarga va zehn bilan quloq osganlarga eslatma bordir.

38

Albatta, osmonlaru yerni va ularning orasidagi narsalarni olti kunda yaratdik. Va Bizni charchoq tutmadi.

39

Ularning aytayotganlariga sabr qil va Robbingga quyosh chiqishi va botishidan avval hamdu tasbih ayt.

40

Kechasida ham Unga tasbih ayt. Va sajdadan keyin ham.

41

Nido qiluvchi yaqin joydan nido qilgan kunda quloq os.

42

U kunda qichqiriqni haq ila eshiturlar. Ana o`sha, chiqish kunidir.

43

Albatta, Biz tiriltirurmiz, o`ldirurmiz. Va qaytish ham Bizgadir.

44

U kunda ustlaridagi yer yorilib, shoshib chiqurlar. Ana osha, Biz uchun oson toplashdir.

45

Ularning aytganlarini Biz biluvchimiz. Sen ularning ustidagi jabbor emassan. Bas, Qur'on ila azob va'damdan qo`rqqanlarni ogohlantir.