44 - The Smoke - Ad-Dukhān
Haa. Miym.
Ochiq-oydin Kitobga qasam.
Albatta, Biz uni muborak kechada nozil qildik. Albatta, Biz ogohlantirguvchi bo`ldik.
O`sha(kecha)da har bir hikmatli ish ajratilib, hal qilinur.
Biz tomonimizdan bolgan amrga binoan. Albatta, Biz Paygambar yuborguvchi bo`ldik.
Bu, Robbing tomonidan (korsatilgan) rahmatdir. Albatta, Uning Ozi ota eshitguvchi, ota bilguvchi Zotdir.
U — osmonlaru yerning va ularning orasidagi narsalarning Robbidir. Gar ishonguvchi bo`lsangiz.
Undan ozga ibodatga sazovor zot yoq. U tiriltirur va o`ldirur. U sizning Robbingiz va ota-bobolaringizning Robbidir.
Yoq! Ular shak-shubhada oynamoqdalar.
Bas, osmon aniq tutunni keltiradigan kunni kut.
U, odamlarni o`rab olur. Bu, alamli azobdir.
Ey Robbimiz! Bizdan azobni kushoyish qil! Albatta, biz iymon keltirguvchidirmiz.
Ularga qayoqdan ham eslatma bolsin. Holbuki, ularga ochiq-oydin Paygambar kelgan edi.
Songra undan yuz ogirdilar va: «Bu — o`rgatilgan majnun», dedilar.
Albatta, Biz azobni ozgina kushoyish qilguvchimiz. Albatta, sizlar qaytguvchisizlar.
Katta ushlash ila ushlaganimiz kuni, albatta, Biz intiqom olguvchimiz.
Batahqiq, ulardan oldin Fir'avn qavmini sinadik. Ularga karamli Payg`ambar keldi.
«Sizlar menga Allohning bandalarini beringlar. Albatta, men sizlarga ishonchli Payg`ambarman.
Va Allohga mutakabbirlik qilmang. Albatta, men sizga ochiq-oydin hujjat keltirurman.
Va, albatta, men ozimning Robbim va sizning Robbingizdan meni toshboron qilishingizdan panoh so`radim.
Va agar menga iymon keltirmasangiz, mendan chetlaning».
U Robbiga: «Albatta, anavilar jinoyatchi qavmdir», deb duo qildi.
Bas, bandalarim ila kechasi yurib ket. Albatta, siz izingizdan quvilursiz.
Va dengizni sokin holida qoy, albatta, ular garq qilinadigan qo`shindir.
Ular ortlaridan qanchadan-qancha bogu roglarni va buloqlarni,
Ekinzorlarni va yaxshi joylarni.
Va o`zlari ichida maza qilayotgan nozu ne'matlarni qoldirdilar.
Mana shunday! Biz u(narsa)larni boshqa qavmlarga meros qilib berdik.
Bas, ularga osmon ham, yer ham yiglamadi va ular muhlat berilganlardan ham bolmadilar.
Batahqiq, Bani Isroilga xorlovchi azobdan...
Fir'avndan najot berdik. Albatta, u mutakabbir va haddidan oshganlardan edi.
Batahqiq, Biz ularni bilib turib, olamlar ichidan tanlab oldik.
Va ularga oyat(mo`'jiza)lardan ichida ochiq-oydin sinov bor narsalarni berdik.
Albatta, anavilar derlar:
«Birinchi olimimizdan boshqa hech qanday olim yo`q va biz qayta tiriltiriluvchi emasmiz.
Agar rostgoy bolsangiz, ota-bobolarimizni keltiringlar».
Ular yaxshiroqmi yoki Tubba' qavmiyu ulardan oldin otganlarmi?! Biz ularni halok qildik. Albatta, ular jinoyatchi bolgan edilar.
Osmonlaru yerni va ularning orasidagi narsalarni oynab yaratganimiz yoq!
Biz ularni faqat haq ila yaratdik, lekin ko`plari bilmaslar.
Albatta, ajratish kuni barchalari uchun belgilangan vaqtdir.
U kunda dost dostga biron narsada asqotmas va ularga yordam ham berilmas.
Magar, kimga Alloh rahim qilsagina (yordam berilur). Albatta, U aziyz va o`ta rahimli Zotdir.
Albatta, Zaqqum daraxti...
Gunohkorning taomidir.
U, xuddi eritilgan ma'dandek, qorinlarda qaynar.
Qaynoq suvning qaynashi kabi.
Uni tutib, jahiymning o`rtasiga sudrab olib boringlar!
So`ngra boshi ustidan qaynoq suv azobini quyinglar!
«Totib kor! Albatta, sen ozing «azizu mukarramsan!»
Albatta, bu siz (bo`lishida) shubha qilib yurgan narsadir!»
Albatta, taqvodorlar omonlik joyida...
Bogu roglar va buloqlarda bo`lurlar.
Ular shoyi ipak kiyurlar, bir-birlariga yuzma-yuz holda (o`ltirurlar).
Ana shunday! Va Biz ularni huri iynlarga uylantirdik.
Ular u yerda omonlik hollarida turli mevalarni chaqirurlar.
Ular u yerda birinchi olimdan boshqa olimni totmaslar. U zot ularni jahiym azobidan saqlar.
Bu, Robbingdan bo`lgan fazldir. Ana shu ulkan yutuqdir.
Bas, albatta, Biz u(Qur'on)ni sening tiling ila osonlashtirdik. Shoyadki, eslasalar.
Bas, kutib tur. Ular ham kutguvchidirlar.