43 - The Ornaments of Gold - Az-Zukhruf
Haa. Miym.
Ochiq-oydin kitob ila qasam.
Albatta, Biz uni arabcha Qur'on qildik. Shoyadki, aql yuritsangiz.
Albatta, u huzurimizdagi ona kitobdadir, u oliydir, hikmatlidir.
Nahotki, siz isrofchi qavm bolganingiz uchun sizdan yuz ogirib, zikr(eslatma)ni burib yuborsak?!
Avvalgilarga qanchadan-qancha Payg`ambarlar yubordik.
Ular ozlariga kelgan har bir Paygambarni albatta istehzo qilganlar.
Bas, Biz ulardan kora kuchliroqlarni halok qilganmiz. Avvalgilarning misoli (zikr bolib) o`tdi.
Ulardan: «Osmonlaru yerni kim yaratgan!» – deb sorasang, albatta: «Ularni aziyz va ota ilmli zot yaratgan», derlar.
U zot sizga yerni beshik qilib berdi va sizga unda yollar qilib qoydi. Shoyadki, hidoyat topsangiz.
U zot osmondan olchov ila suv tushirdi. Bas, biz u(suv) ila olik yurtni tiriltirdik. Siz ham shunga o`xshash chiqarilursiz.
U zot barcha juftlarni yaratgan va sizga kemalar hamda chorva hayvonlaridan minadigan narsalaringizni qildi.
Toki, siz ularning ustiga ornashgaysizlar, songra, ularning ustiga ornashib olgach, Robbingiz ne'matini eslab: «Bizga buni boysundirgan Zot pokdir. Biz bunga qodir emas edik.
Va, albatta, biz Robbimizga qaytguvchilardirmiz», degaysiz.
Ular bandalaridan Unga bo`lak (hukm) qildilar. Albatta, inson ochiq-oydin noshukrdir.
Yoki U zot Ozi yaratadigan narsadan qizlar tutib, sizlarni og`illar ila siyladimi?
Qachonki ulardan birortasiga, Rohmanga misol keltirgan narsaning xushxabari berilsa, gazabga tolib, yuzi qorayib ketur.
Zebu ziynat ichida ostiriladigan va xusumat paytida ochiq-oydin bola olmaydigan kimsanimi?!
Ular Rohmanning bandalari bolmish farishtalarni ayollar hisobladilar. Yoki ularning yaratilishiga guvoh boldilarmi?! Albatta, bu guvohliklari yozilur va so`roqqa tutilurlar!
Ular: «Agar Rohman xohlaganida, biz ularga ibodat qilmas edik», dedilar. Ularda bu haqda hech bir ilm yo`q. Ular faqat aljiramoqdalar, xolos.
Yoki Biz ularga u(Qur'on)dan oldin bir kitob berganmiz-u, ular uni mahkam tutuvchilarmi?!
Yo`q! Ular: «Biz ota-bobolarimizni bir dinda topdikki, albatta, biz ularning izlaridan (ergashib) hidoyat topguvchidirmiz», dedilar.
Xuddi shuningdek, Biz sendan ilgari ham qaysi bir qishloq-shaharga ogohlantirguvchi yuborsak, albatta, uning zodagonlari: «Ta'kidki, biz ota-bobolarimizni bir dinda topdik va, albatta, biz ularning izlaridan ergashguvchilardirmiz», dedilar.
U (ogohlantiruvchi): «Agar men sizga siz ota-bobongizni ustida topgan narsangizdan ham hidoyatliroqni keltirgan bo`lsam ham-a?!» – dedi. Ular: «Biz sen ila yuborilgan narsaga kofirdirmiz», dedilar.
Bas, Biz ulardan intiqom oldik. Endi nazar sol. (Paygambarlarni) yolgonchi qilguvchilarning oqibati qanday bo`ldi?!
Esla, Ibrohim otasiga va qavmiga: «Men, albatta, siz ibodat qilayotgan narsadan voz kechguvchiman.
Magar meni yaratgan Zotdangina (voz kechmasman). Albatta, U zot meni hidoyat qilur», degan edi.
Va bu (soz)ni u oz ortidan zurriyotiga boqiy qolguvchi qildi. Shoyadki (iymonga) qaytsalar.
Men esa, anavilarni va ularning ota-bobolarini, to ularga haq hamda ochiq-oydin Payg`ambar kelguncha foydalantirdim.
Qachonki ularga haq kelganida, ular: «Bu sehrdir va, albatta, biz bunga kofirdirmiz», dedilar.
Ular: «Ushbu Qur'on ikki shahardan (birida) bolgan ulug kishiga nozil qilinganida edi», dedilar.
Yoki ular Robbingning rahmatini taqsimlaydilarmi? Biz hayoti dunyoda ularning oralarida maishatlarini taqsimladik va ba'zilari ba'zilarini xizmatkor qilib olishlari uchun ayrimlarining darajalarini ayrimlaridan ustun qilib qo`yganmiz. Robbingning rahmati ular jamlaydigan narsadan yaxshidir.
Agar odamlar bir millat bolib qolishlari (xavfi) bolmaganda, albatta, Biz Rohmanga kufr keltiradiganlarning uylari shiftini va unga chiqadigan narvonlarini kumushdan qilib qo`yar edik.
Va uylarining eshiklarini ham, ustida yonboshlab yotadigan so`rilarini ham.
Va zebu ziynatu bezaklarni ham. Bularning hammasi hayoti dunyoning matohidan boshqa narsa emas. Oxirat esa, Robbing nazdida taqvodorlar uchundir.
Kim Rohmanning eslatmasidan shabkor bolib olsa, Biz unga shaytonni yaqin qilib qoyurmiz, bas, u unga doimiy hamroh bolur.
Albatta, u(shayton)lar yoldan tosurlar va ular o`zlarini shak-shubhasiz hidoyat topguvchilardek hisoblaydilar.
Toki, huzurimizga kelganda: «Qani endi men bilan sening orang magrib ila mashriqchalik uzoq bolsa edi. Bas, sen naqadar yomon hamrohsan», der.
Zulm qilganingiz uchun bugungi kunda azobga sherik bo`lishingiz ham hech foyda bermas.
Sen karlarga eshittira olarmiding yoki korlarni va ochiq-oydin zalolatda bolgan kimsalarni hidoyatga sola olarmiding?!
Agar seni ketkazsak ham, albatta, Biz ulardan intiqom olurmiz.
Yoki Biz ularga va'da qilingan narsani senga ko`rsaturmiz. Bas, albatta, Biz ularga (azob berishga) qodirmiz.
Bas, ozingga vahiy qilingan narsani mahkam tut! Albatta, sen togri yoldasan.
Albatta, u(Qur'on) senga ham, qavmingga ham sharafdir. Va, albatta, so`ralursizlar.
Sendan oldin Biz yuborgan Paygambarlarimizdan sora: Rohmandan boshqa ibodat qilinadigan ilohlar qilgan ekanmizmi?!
Batahqiq, Biz Musoni Oz oyat(mo'jiza)larimiz ila Fir'avnga va uning a'yonlariga yubordik. Bas, u: «Albatta, men olamlar Robbining Payg`ambaridirman», dedi.
Bas, qachonki u ularga oyat (mo'jiza)larimizni keltirganda, ular banogoh u(mo'jiza)lardan kula boshladilar.
Biz ularga qaysi bir oyat (mo'jiza)ni korsatsak ham, albatta, u oz sherigidan kattaroq bolar edi. Shoyad, (xatolaridan) qaytsalar, deb ularni azob-la tutdik.
Ular: «Ey sehrgar! Senga bergan ahdiga binoan, biz uchun Robbingga duo qil! Albatta, biz hidoyat topguvchilardan bo`lamiz», dedilar.
Bas, qachonki ulardan azobni aritsang, to`satdan ular (ahdni) buzarlar.
Fir'avn oz qavmiga: «Ey qavmim! Misr mulki va mana bu ostimdan oqib turgan anhorlar meniki emasmi?! Kormayapsizlarmi?!
Men mana bu xor, gapini ochiq bayon qila olmaydigan kimsadan yaxshi emasmanmi?
Unga tillodan bolgan bilakuzuklar tashlansa yoki u bilan birga farishtalar hamroh bolib kelsa bo`lmas edimi?!» – deb nido qildi.
Bas, u qavmini laqillatdi va ular unga itoat qildilar. Chunki, ular fosiq qavm edilar.
Bas, qachonki ular Bizni dargazab qilishgach, ulardan intiqom oldik — ularning barchalarini jamlab, garq qildik.
Bas, ularni otmishga aylantirdik va keyingilarga misol qilib qoydik.
Ibn Maryam misol keltirilgan chog`da sening qavming birdan shodlanib qichqirurlar.
Ular: «Bizning olihalarimiz yaxshimi yoki umi?» – dedilar. Ular uni senga faqat talashib-tortishish uchungina misol keltirdilar. Zero, ular xusumatchi qavmdirlar.
U faqat bir bandadir. Biz unga ne'mat berdik va uni Bani Isroilga misol qildik.
Agar xohlasak, orningizga yer yuzida xalifa boladigan farishtalar qilib qo`yar edik.
Albatta, u (Iyso) soat(qiyomat) ilmi(belgisi)dir. Bas, siz u (qiyomat) haqida hech shubha qilmang va menga ergashing. Mana shu togri yo`ldir.
Shayton sizni hargiz (togri yoldan) tosmasin. Albatta, u sizga ochiq-oydin dushmandir.
Iyso ochiq-oydin hujjat (mo'jiza)lar bilan kelgan chogida: «Batahqiq, men sizga hikmatni keltirdim va siz ixtilof qilayotgan ba'zi narsalarni bayon qilish uchun keldim. Bas, Allohga taqvo va menga itoat qilinglar.
Albatta, Alloh mening ham Robbim, sizning ham Robbingizdir. Bas, Unga ibodat qiling. Mana shu togri yo`ldir», dedi.
Bas, ularning orasidan firqalar ixtilof qildilar. Zulm qilganlar holiga alamli kun azobidan voy bo`lsin!
Ular faqat o`zlari ham sezmay qolgan holda soat(qiyomat) kelib qolishini kutmoqdalar, xolos.
Osha kunda taqvodorlardan boshqa dostlar bir-birlariga dushmandir.
Ey bandalarim! Bugungi kunda sizga xavf yoq va mahzun ham bolmassiz.
Oyatlarimizga iymon keltirganlar va musulmon bo`lganlar...
Jannatga kiringlar, sizlar va juftlaringiz shod bo`lursizlar.
Ularga tillodan bolgan tovoqlar va qadahlar aylantirilur. U yerda kongil ishtaha qiladigan va ko`zlar lazzatlanadigan narsalar bordir. Sizlar u yerda abadiy qolursizlar.
Mana shu, qilib yurgan amallaringiz sababli sizga meros qilib berilgan jannatdir.
Sizga u yerda ko`plab mevalar bor, ulardan yersizlar.
Albatta, jinoyatchilar jahannam azobida abadiy qolurlar.
U ulardan yengillatilmas va ular u(azob)da noumid holda qolurlar.
Biz ularga zulm qilganimiz yoq. Lekin ular ozlari zolim bo`ldilar.
Ular: «Ey Molik! Robbing bizni bitirsin!» – deb nido qildilar. U: «Albatta, siz turib qolguvchisiz», dedi.
Batahqiq, Biz sizga haqni keltirdik. Lekin koplaringiz haqni yomon korguvchisiz.
Yoki ular biron ishga qaror qildilarmi? Bas, Biz, albatta, qaror qilguvchimiz.
Yoki ular Bizni ularning sirlarini (bilmas) va pichirlashib qilgan maslahatlarini eshitmas, deb hisoblaydilarmi? Yo`q! Holbuki, elchilarimiz ularning oldilarida yozmoqdalar.
Sen: «Agar Rohmanning bolasi bolganida, men unga ibodat qilguvchilarning birinchisi bolar edim», deb ayt.
Osmonlaru yerning Robbi, Arshning Robbi ular qilayotgan vasfdan pokdir.
Bas, ularni qoyib ber, ozlariga va'da qilinayotgan kunga robaro bolgunlaricha (yomonlikka) shongiyversinlar, oynayversinlar.
U zot osmonda ham ilohdir, yerda ham ilohdir. U zot ota hikmatli, ota ilmlidir.
Osmonlaru yerning va ularning orasidagi narsalarning mulkiga ega bo`lgan Zot barakotli(buyuk)dir. Soat (qiyomat) ilmi Uning huzuridadir. Ungagina qaytarilursizlar.
Allohdan ozga iltijo qilayotgan narsalari shafoatga ega bolmaslar. Magar, bilgan hollarida haq shahodat berganlargina (ega bo`lurlar).
Agar sen ulardan ozlarini kim yaratganini sorasang, albatta, «Alloh», derlar Bas, qayoqqa burilib ketmoqdalar?!
U(Muhammad)ning: «Ey Robbim, albatta, anavilar iymon keltirmaydigan qavmlardir», degan gapini ham (bilur).
Bas, sen ulardan yuz ogir va: «Sizlarga salom bolsin», degin. Bas, ular tezda bilurlar.