Barcha Islom kutubxonasi

42 - The Consultation - Ash-Shūraá

:1

Haa. Miym.

:2

Ayn. Siyn. Qoof.

:3

Aziyzu ota hikmatli bolmish Alloh senga va sendan avvalgilarga mana shunday vahiy qilur.

:4

Osmondagi narsalar va yerdagi narsalar unikidir. U zot yuksak va ulug`dir.

:5

Osmonlar ust tomonlaridan yorilib ketay deydi. Farishtalar esa, Robbilari hamdi ila tasbih ayturlar va yer yuzidagi kimsalarga istigfor sorarlar. Ogoh bolingkim, albatta, Alloh ota magfiratli va ota rahimli Zotdir.

:6

Undan ozga «dostlar» tutganlarga Alloh kuzatguvchidir. Sen ularga vakil emassan.

:7

Ana shunday qilib, Biz senga shaharlarning onasini va uning atrofini ogohlantirishing uchun, bolishida hech shubha yoq jamlash kunidan ogohlantirishing uchun arabiy Qur'onni yubordik. Bir guruh jannatda, bir guruh do`zaxda.

:8

Agar Alloh xohlaganida, albatta, ularni bir ummat qilar edi. Lekin xohlagan kishini Oz rahmatiga kiritur. Zolimlarga esa, hech bir dost ham, yordam beruvchi ham yo`qdir.

:9

Yoki ular undan boshqa «dostlar» tutdilarmi?! Bas, Allohning Ozigina dostdir. U zot oliklarni tiriltirur. U zot har bir narsaga qodirdir.

:10

«Biror narsada ixtilof qilsangiz, uning hukmi Allohdadir. Ana o`sha Alloh Robbimdir. Ungagina tavakkal qildim va ungagina qayturman.»

:11

U, osmonlaru yerni yoqdan bor qilguvchi Zotdir. U, sizlarga oz jinsingizdan juftlar yaratdi. Chorva hayvonlarini ham juft qilib yaratdi. U zot sizni osha (juftlik) asosida kopaytirur. U zotga oxshash hech narsa yoqdir. U zot ota eshitguvchi, ota ko`rguvchi Zotdir.

:12

Osmonlaru yer (xaziynalari) kalitlari Unikidir. U, xohlagan odamiga rizqni keng yoki tor qilur. Zotan, U barcha narsani o`ta bilguvchi Zotdir.

:13

U zot sizlarga din etib Ozi Nuhga vasiyat qilgan va senga (ey Muhammad) vahiy qilgan narsamizni hamda Ibrohim, Muso va Iysoga vasiyat qilgan narsamizni bayon qildi. «Dinni barpo qilingiz va unda tafriqaga tushmangiz», dedi. Mushriklarga sen ularni da'vat qilgan narsa ogir keldi. Alloh Ozi xohlagan kishisini (Paygambarlikka) tanlab olur va U O`zigagina iltijo etguvchi kishini hidoyat qilur.

:14

Ular faqat ozlariga ilm kelgandan keyingina, ozaro hasad-adovat qilishib tafriqaga tushdilar. Agar Robbingdan (azoblashni) ma'lum muddatgacha (qoldirish) haqida soz otgan bolmaganida, ular orasida albatta hukm chiqarilgan bolur edi. Albatta, ulardan keyin kitobga voris qilinganlar u haqida shak-shubhadadirlar.

:15

Bas, shuning uchun ham, ozingga amr qilinganidek da'vat qil va mustaqiym tur va ularning havoyi nafslariga ergashma hamda: «Men Alloh nozil qilgan har bir kitobga iymon keltirdim va orangizda adolat ornatishga amr qilindim. Alloh bizning Robbimiz, sizning ham Robbingiz. Bizning amallarimiz ozimiz uchun, sizning amallaringiz ozingiz uchun. Biz bilan sizning oramizda janjal(ga orin) yoq. Alloh bizlarni jamlaydi va qaytish yolgiz Uning Ozigadir», deb ayt.

:16

Alloh haqida unga ijobat qilinganidan keyin ham talashib-tortishadiganlarning hujjatlari Robbilari huzurida botildir, ularga g`azab bordir va ularga shiddatli azob bordir.

:17

Alloh haq ila kitobni va (adolat) tarozuni nozil qilgan Zotdir. Qayerdan bilursan, ehtimol soat(qiyomat) yaqindir!

:18

U(qiyomat)ga iymon keltirmaydiganlar uning tezlashini istaydilar, iymon keltirganlar esa, undan qorquvchidirlar, zotan, uning shubhasiz haq ekanini bilurlar. Ogoh boling! Albatta, soat(qiyomat) haqida shubha qilguvchilar yiroq zalolatdadirlar.

:19

Alloh bandalariga lutflidir. U xohlagan kishiga rizq berur. U zot kuchligu aziyzdir.

:20

Kim oxirat hosilini istasa, biz unga hosilini ziyoda qilib berurmiz. Kim dunyo hosilini istasa, biz unga oshandan berurmiz va unga oxiratda biron nasiba bolmas.

:21

Yoki ularning dindan Alloh izn bermagan narsalarni shariat qilib bergan sherik(xudo)lari bormi?! Agar ajrim kalimasi bolmaganida, albatta, ular ortasida hukm qilingan bo`lar edi. Albatta, zolim kimsalar uchun alamli azob bordir.

:22

Zolimlarni ozlari kasb qilgan narsalari(azobi)dan qorquvchi olaroq korasan. Holbuki, u ularga tushguvchidir. Iymon keltirib, solih amallarni qiluvchilar esa, jannat boglaridadir. Ular uchun Robbilari huzurida xohlagan narsalari bordir. Mana shuning ozi katta fazldir.

:23

Ana osha, iymon keltirib, solih amallarni qilgan bandalariga Alloh berayotgan xushxabardir. (Ey Muhammad): «Men sizdan bu uchun ajr emas, faqat qarindoshlik mehrinigina sorayman», deb ayt. Kim yaxshilik qilsa, Biz unga osha ishida yaxshilikni ziyoda qilurmiz. Albatta, Alloh ota mag`firatli, Shakurdir.

:24

Yoki ular: «U (Muhammad) Allohga nisbatan yolgon toqidi», deydilarmi?! Bas, agar Alloh xohlasa, qalbingga muhr bosur va Alloh Oz sozlari ila botilni yoq qilib, haqni haq qilur. Albatta, U dillardagi narsani ota bilguvchidir.

:25

Uning O`zi bandalaridan tavbani qabul qilur, gunohlarini afv etur va nima qilayotganingizni bilur.

:26

U zot iymon keltirib, solih amallar qilganlarning (duosini) ijobat qilur va ularga O`z fazlidan ziyoda qilur. Kofirlarga esa, ularga shiddatli azob bordir.

:27

Agar Alloh bandalariga rizqni keng qilib qoysa, albatta, ular yer yuzida haddan oshib keturlar, lekin U Ozi xohlaganiga olchov bilan tushiradi. Albatta, u Oz bandalaridan ota xabardor va ularni ota ko`ruvchidir.

:28

U zot (odamlar) noumid bolganlaridan keyin yomgirni nozil qilur va O`z rahmatini taratur. U valiy va maqtalgan Zotdir.

:29

Uning (qudrati) oyat(belgi)laridan osmonlaru yerning yaratilishi va ularda turli jonivorlarning taratib qo`yilishidir. Va U zot, agar xohlasa, ularni jamlashga qodirdir.

:30

Sizga qaysi bir musiybat yetsa, bas, oz qolingiz qilgan kasbdandir va U zot ko`pini afv qilur.

:31

Va siz yer yuzida qochib qutula olmaysiz. Hamda siz uchun Allohdan ozga valiy ham, nusrat berguvchi ham yoq.

:32

Dengizda togdek bolib suzib yurguvchi kemalar uning (qudrati) oyat(belgi)laridandir.

:33

Agar U zot xohlasa, shamolni toxtatib qoyur. Bas, u (kema)lar u(dengiz)ning ustida turib qolurlar. Albatta, ana shunda har bir sabr qiluvchi va shukr qilguvchi uchun oyat(belgi)lar bordir.

:34

Yoki u(kema)larni alarning kasbi tufayli halok qilur va U zot ko`pni afv qilur.

:35

Va Bizning oyatlarimiz haqida tortishadiganlar bilsinlarki, ular uchun hech bir qochar joy yo`qdir.

:36

Sizga berilgan narsalar dunyo hayotining matohi, xolos. Allohning huzuridagi yaxshi va boqiy narsalar esa, iymon keltirgan va Robbilariga tavakkal qilganlar uchundir.

:37

Katta gunohlar va fohisha ishlardan chetda boladigan va gazablangan vaqtda kechirib yuboradiganlar uchundir.

:38

Robbilariga ijobat qilgan, namozni tokis ado etgan, ishlari ozaro shuuro ila bo`lgan va ularga rizq qilib bergan narsalarimizdan infoq qiladiganlar uchundir.

:39

O`zlariga tajovuzkorlik yetganda nusrat qozonadiganlar uchundir.

:40

Omonlikning jazosi oz mislidek yomonlikdir. Kim afv etib isloh qilsa, uning ajri Allohning zimmasidadir. Albatta, U zot zolimlarni sevmas.

:41

Albatta, kim oziga bolgan zulmdan keyin nusrat qozonsa, bas, undaylarni (ayblashga) hech yol yoq.

:42

Faqatgina, odamlarga zulm qiladigan va yer yuzida nohaq tajovuzkorlik qiladiganlarni (ayblashga) yol bordir. Ana oshalarga alamli azob bordir.

:43

Shubhasiz, kim sabr qilib, kechirsa, albatta, bu mardlik ishlaridandir.

:44

Alloh kimni zalolatga ketkazsa, bas, unga U zotdan ozga hech bir valiy bolmas. Zolimlarni korursanki, azobni korgan choglarida: «(Ortga) qaytishga hech bir yol bormikan?» – derlar.

:45

Sen ularni u(dozax)ga kondalang qilinayotganlarida xoru zor va qorqqan hollarida koz qiri bilan nazar solayotganlarini korursan. Iymon keltirganlar: «Albatta, ziyonkorlar qiyomat kuni ozlariga va ahli ayollariga ziyon qilganlardir», derlar. Ogoh bo`lingkim, albatta, zolimlar doimiy azobdadirlar.

:46

Va ularga Allohdan ozga yordam beradigan hech qanday valiylar bolmadi. Alloh kimni zalolatga ketkazsa, bas, unga hech bir (togri) yol yoqdir.

:47

Qaytarib bolmaydigan kun Alloh tomonidan kelmay turib, Robbingizga ijobat qiling! Osha kuni sizga panohgoh topilmas va sizga (tushgan azobni) inkor qilguvchi topilmas.

:48

Agar ular yuz ogirsalar, bas, biz seni ularga qoriqchi qilib yuborganimiz yoq. Sening zimmangda faqat (vahiyni) yetkazish bor, xolos. Albatta, biz insonga Ozimizdan rahmat tottirgan chogimizda u undan quvonur va agar ularga oz qo`llari taqdim etgan narsa tufayli yomonlik yetsa, bas, albatta, inson kufroni ne'mat qilur.

:49

Osmonlaru yerning mulki Allohnikidir. U zot xohlagan narsasini yaratur. U zot xohlagan kishisiga qizlar hadya etur va xohlagan kishisiga ogillar hadya etur.

:50

Yoki ularni juftlab — ogil-qiz qilib berur va xohlagan kishisini tugmas qilur. Albatta, U zot ota bilguvchi va o`ta qodirdir.

:51

Allohning bashar bilan gaplashmogi bolmagan, magar vahiy orqali, yoki parda ortidan yoxud elchi yuboradi va ul U zotning izni ila xohlagan narsasini vahiy qilur. Albatta, U zot ota oliy va ota hikmatlidir.

:52

Ana shunga oxshash, Biz senga Oz amrimizdan bir ruhni vahiy qildik. Sen kitob nimaligini ham, iymon nimaligini ham idrok qilmas eding. Lekin, Biz uni bir nur qildikki, u bilan bandalarimizdan kimni xohlasak hidoyat qilurmiz. Albatta, sen togri yo`lga hidoyat qilursan.

:53

Osmonlardagi narsalar va yerdagi narsalar Uniki bolgan Allohning yoliga (hidoyat qilursan). Ogoh bo`lingkim, barcha ishlar Allohgagina qaytur.