Barcha Islom kutubxonasi

45 - The Crouching - Al-Jāthiyah

1

Haa. Miym.

2

Bu kitobning nozil qilinishi Aziyz va o`ta hikmatli Allohdandir.

3

Albatta, osmonlaru yerda mo`minlar uchun oyat(belgi)lar bordir.

4

Va sizlarning yaratilishingizda va taratib qo`yilgan jonivorlarda aniq ishonadigan qavm uchun oyat(belgi)lar bor.

5

Kechayu kunduzning almashib turishida, Alloh osmondan rizq nozil qilib, uning ila yerni olimidan keyin tiriltirishida va shamollarning yonalishida aql yuritadigan qavm uchun oyat(belgi)lar bor.

6

Bular Allohning oyatlaridir. Biz ularni senga haq ila tilovat qilurmiz. Ular Allohni va Uning oyatlarini qo`yib, qaysi gapga iymon keltirurlar?!

7

Har bir yolgonchi gunohkorga halokat bolsin!

8

U oziga tilovat qilingan Allohning oyatlarini eshitadi-yu, songra, xuddi eshitmagandek, mutakabbirlik qilib turib olur. Bas, unga alamli azob xushxabarini ber.

9

Qachonki Bizning oyatlarimizdan biror narsa bilsa, uni istehzo qilur. Ana o`shalarga xorlovchi azob bordir.

10

Va ortlarida jahannam bor. Ularga kasb qilgan narsalari ham, Allohni qoyib tutgan «dostlari» ham hech bir narsada asqotmas. Ularga ulkan azob bordir.

11

Bu (Qur'on) hidoyatdir. Robbilari oyatlariga kufr keltirganlarga alamli azobning ashaddiysi bordir.

12

Alloh sizga dengizni unda Oz amri bilan kemalar yurishi uchun va siz Uning fazlidan istashingiz uchun boysundirib qo`ydi. Shoyadki, shukr keltirsangiz.

13

Va sizga osmonlardagi narsalarni va yerdagi narsalarni — hammasini Oz tomonidan boysundirib qo`ydi. Albatta, ana shunda tafakkur qiladigan qavm uchun oyat(belgi)lar bordir.

14

Sen iymon keltirganlarga ayt. Allohning kunlaridan umidvor bo`lmaydiganlarni kechirsinlar. Toki, U zot bu qavmni kasb qilib yurgan narsalari uchun mukofotlasin.

15

Kim solih amal qilsa, oziga foyda. Kim yomonlik qilsa, oziga zarar. So`ngra Robbingizga qaytarilursiz.

16

Batahqiq, Biz Bani Isroilga kitobni, hukmni va Payg`ambarlikni berdik, ularga pok narsalarni rizq qilib berdik va ularni olamlar ichida afzal qildik.

17

Va Biz ularga (din) ishi haqida ochiq-oydin bayonotlar berdik. Bas, ular ozlariga ilm kelganidan song o`zaro hasad-adovat qilibgina ixtilofga tushdilar. Albatta, Robbing qiyomat kuni ular orasida ixtilof qilgan narsalari haqida hukm chiqarur.

18

Songra Biz seni (din) ishida bir shariatga yolladik. Bas, unga ergash, bilmaydiganlarning havoyi nafslariga ergashma.

19

Albatta, ular sendan Alloh tomonidan boladigan hech bir narsani arita olmaslar. Va, albatta, zolimlar bir-birlariga dostdirlar. Alloh taqvodorlarning do`stidir.

20

Bu (Qur'on) odamlar uchun qalb ko`zlari, aniq ishonadigan qavm uchun hidoyat va rahmatdir.

21

Nahotki, yomonliklarni qilganlar ularni iymon keltirib, solih amallar qilganlarga oxshash qilmogimizni, hayotlari ham, mamotlari ham barobar bo`lishini gumon qilsalar?! Ularning qilgan hukmi naqadar ham yomon!

22

Alloh osmonlaru yerni haq ila, har bir jon qilgan kasbiga yarasha, zulm qilinmagan holida jazosi (ajri)ni olishi uchun yaratgan.

23

Ayting-chi, havoyi nafsini iloh qilib olgan, Alloh uni bilib turib zalolatga solgan va qulogiga hamda qalbiga muhr bosib, koziga parda tortib qo`ygan kimsani Allohdan boshqa kim hidoyat qila oladir?! Eslamaysizlarmi?!

24

Ular: «U (hayot) faqat bu dunyodagi hayotimizdir. Olamiz, tirilamiz, bizni faqat zamon halok qiladi», derlar. Ularning bu haqda ilmlari yoq. Ular faqat gumon qiladilar, xolos.

25

Ularga ochiq-oydin oyatlarimiz tilovat qilingan chogda, ularning: «Agar rostgoy bolsangiz, ota-bobolarimizni keltiring-chi?!» – deyishdan boshqa hujjatlari bolmas.

26

Sen: «Alloh sizlarni tiriltirur, songra oldirur, songra sizlarni (bolishida) shubha yoq qiyomat kunida jamlar. Lekin odamlarning koplari bilmaslar», deb ayt.

27

Va osmonlaru yerning mulki Allohnikidir. Soat(qiyomat) qoim boladigan kunda, osha kunda botilchilar ziyon torturlar.

28

Har bir ummatni tiz chokkan holida korursan. Har bir ummat o`z nomai a'moliga chaqirilur: «Bugungi kunda qilib yurgan amallaringizning jazosi (ajri)ni olursiz».

29

«Mana bu kitobimiz sizga haqni nutq qilur. Albatta, Biz qilgan amalingizni yozib turgan edik» (deyilur).

30

Bas, iymon keltirib solih amallarni qilganlarni Robbilari Oz rahmatiga kiritur. Ana oshaning o`zi ochiq-oydin yutuqdir.

31

Ammo kufr keltirganlarga esa: «Axir, sizga Mening oyatlarim tilovat qilinmaganmidi?! Bas, siz mutakabbirlik qildingiz va jinoyatchi qavm bo`ldingiz.

32

Vaqtiki: «Albatta, Allohning va'dasi haqdir va soat (qiyomat)da shubha yo`qdir», deyilsa, «Soat(qiyomat) nima ekanini bilmasmiz. Biz faqat gumon qilamiz, xolos. Biz aniq ishonguvchi emasmiz», dedingiz» (deyilur).

33

Va ularga qilgan amallarining yomonliklari ayon boldi va ularni ozlari istehzo qilib yurgan narsa o`rab oldi.

34

«Bugungi kunda xuddi siz ushbu kuningizga robaro bolishni unutganingizdek, Biz ham sizni unuturmiz. Joyingiz jahannamdir va sizlarga hech yordamchilar yoq.

35

Bunday bolishingiz, albatta, sizning Allohning oyatlarini masxara qilib olganingiz va sizni dunyo hayoti gururga ketkazgani uchundir», deyildi. Bas, bugungi kunda ular u(jahannam)dan chiqarilmaslar va ular itobga ham qaytarilmaslar.

36

Bas, barcha hamd osmonlarning Robbiga, yerning Robbiga va olamlarning Robbigadir.

37

Osmonlaru yerdagi ulug`lik Unikidir. U zot Aziyzu Hakiymdir.