39 - The Troops - Az-Zumar
Bu kitobning nozil qilinishi aziyzu hakiym bo`lgan Alloh tomonidandir.
Albatta, Biz senga kitobni haq ila nozil qildik. Bas, sen Allohga Unga dinni xolis qilgan holingda ibodat et.
Ogoh bolingkim, xolis din Allohnikidir. Undan ozga avliyo (dostlar) tutganlar: «Biz ularga faqat bizlarni Allohga juda ham yaqin qilishlari uchungina ibodat qilurmiz», (derlar). Albatta, U zot ular orasida ixtilof etayotgan narsalari boyicha hukm qilur. Albatta, Alloh yolg`onchi va kofir kimsalarni hidoyat qilmas.
Agar Alloh bola tutishni istasa, albatta, Ozi yaratgan narsalardan xohlaganini tanlab olar edi. U zot pokdir. Alloh yagona Qahhordir (ya'ni, Qahhorligidan butun olamni Oziga boysundirib va yakka Ozi idora qilib turadi. Bu ishida U hech qanday sherikka, yordamchiga muhtoj emas).
U osmonlaru yerni haq ila yaratgan, kechani kunduz ustiga oraydigan, kunduzni kecha ustiga oraydigan, quyosh va oyni boysundiradigan Zotdir. Har biri belgilangan muddatcha yurmoqda. Ogoh bolingkim, U aziyzu ota magfiratli Zotdir.
U sizlarni bir jondan yaratdi. Songra undan juftini qildi va sizlarga chorva hayvonlaridan sakkiz juftni tushirdi. U sizni onalaringiz qornida uch zulmat ichida bir yaratishdan keyin yana boshqa yaratishga otkazib, asta yaratadir. Ana osha Alloh Robbingizdir. Barcha mulk Unikidir. Undan ozga hech bir ibodatga sazovor zot yo`q. Bas, qayon burilib ketmoqdasiz?!
Agar kufr keltirsangiz, albatta, Alloh sizdan behojatdir. U zot Oz bandalarining kofir bolishiga rozi bolmas. Agar Unga shukr keltirsangiz, sizdan rozi bolur. Hech bir ogirlik kotarguvchi jon ozga jonning ogirligini kotarmas. Songra faqatgina Robbingizga qaytishingiz bor. Bas, U nima amal qilib yurganingizning xabarini berur. Albatta, U dillardagi narsalarni ham o`ta bilguvchi Zotdir.
Qachonki insonni zarar tutsa, Robbiga tavba qilgan holida duo qilur. Songra unga U zot Oz fazlidan ne'mat bersa, oldin duo qilib turgan narsasini unutur va Allohga Uning yo`lidan adashtirmoq uchun tengdoshlar qilur. Sen: «Kufring bilan bir oz huzurlanib tur. Albatta, sen jahannam egalaridansan», deb ayt.
Yoqsa, u kechalari ibodat qilib, sajda etgan, bedor holida oxiratdan qorqib, Robbi rahmatidan umidvor bolgan odamga tengmi?! Sen: «Biladiganlar bilan bilmaydiganlar teng bolarmidi?!» – deb ayt. Albatta, aql egalarigina eslarlar.
Sen (Mening tarafimdan): «Ey, iymon keltirgan bandalarim, Robbingizga taqvo qiling. Bu dunyoda gozal amal qilganlarga gozallik bordir. Allohning yeri kengdir. Albatta, sabr qilguvchilarga ajrlari hisobsiz, to`liq berilur», deb ayt.
Sen: «Albatta, men dinni O`zi uchun xolis qilgan holimda Allohga ibodat etishimga buyurilganman.
Va men musulmonlarning avvalgisi bo`lishimga amr etilganman», deb ayt.
Sen: «Albatta, men agar Robbimga isyon etsam, ulug kunning azobidan qorqaman», deb ayt.
Sen: «Dinimni O`ziga xolis qilgan holimda Allohgagina ibodat qilurman.
Bas, sizlar Undan ozga nimani xohlasangiz, oshanga ibodat qilaveringlar», deb ayt. Sen: «Albatta, ziyonkorlar qiyomat kuni ozlariga va ahllariga ziyon qilguvchilardir. Ogoh bolingkim, ana o`sha ochiq-oydin ziyonkorlikdir», deb ayt.
Ular uchun tepalaridan ham olovdan «soyabonlar» bor, ostlaridan ham olovdan «soyabonlar» bor. Bu bilan Alloh Oz bandalarini qorqitur. «Ey bandalarim, Menga taqvo qilinglar!»
Togutdan, unga ibodat qilishdan chetda bolganlarga va Allohga qaytganlarga xushxabar bor. Bas, bir bandalarimga xushxabar berki...
Ular gapni eshitib, eng gozaliga ergasharlar. Ana oshalar Alloh hidoyat qilganlardir. Ana oshalar, ha, oshalar aql egalaridir.
Yoki u haqida azob sozi haq bolgan kimsani — do`zaxdagi kimsani sen qutqara olurmisan?!
Lekin Robbilariga taqvo qilganlar uchun boloxonalar ustidan boloxonalar bino qilingandir. Ostlaridan anhorlar oqib turur. Allohning va'dasi shu! Alloh va'daga xilof qilmas.
Alloh osmondan suv tushirib, uni yerdagi manbalardan yuritib qoyganini kormadingmi?! Songra u ila turli rangdagi ekinlarni chiqaradi. Keyin u quriydi. Bas, uni sargaygan holida korarsan. Songra uni quruq cho`pga aylantirur. Albattta, bunda aql egalari uchun eslatma bordir.
Alloh koksini Islomga keng qilib ochib qoygan shaxs oz Robbidan bolgan nurda emasmi?! Allohni zikr qilishdan qalblari qotib qolganlarga voy bolsin! Ana oshalar ochiq-oydin zalolatdadirlar.
Alloh eng gozal sozni oxshash va takrorlangan kitob etib tushirar. Undan Robbilaridan qorqadiganlarning terilari titrar. Songra ularning terilari va qalblari Allohning zikriga yumshar. Ana shu, Allohning hidoyatidir. U ila Alloh xohlagan kimsani hidoyat qilar. Kimni Alloh zalolatga ketkazsa, bas, uning uchun hidoyat qilguvchi yoq.
Axir qiyomat kuni zolimlarga, kasb qilib yurgan narsangizni totib koring, deyilganida yomon azobdan yuzi ila saqlanadigan odam (momin ila teng bo`larmidi)?!
Ulardan oldingilar ham yolgonchi qilganlar, bas, ularga ozlari sezmagan tomondan azob kelgan.
Alloh ularga bu dunyoda xorlikni tottirdi, albatta, oxirat azobi, agar bilsalar, yanada ulkan bo`lur.
Batahqiq, Biz ushbu Qur'onda odamlarga turli misollar keltirdik. Shoyadki, eslasalar.
Arabcha Qur'onni egriliksiz qilib (tushirdikki), shoyadki, taqvo qilsalar.
Alloh bir misol keltiradir. Bir odamga talashuvchi sheriklar egadir. Salomat holidagi boshqa biriga bir kishi egadir. Ikkovlarining misoli barobarmi?! Allohga hamd bolsin. Yoq, ko`plari bilmaslar.
Albatta, sen ham olguvchisan, ular ham olguvchidirlar.
So`ngra, albatta, sizlar qiyomat kuni Robbingiz huzurida tortishursizlar.
Allohga nisbatan yolgon gapirgan va oziga sodiq (soz) kelganida uni yolgonga chiqargandan ham zolimroq kimsa bormi?! Kofirlarning joyi jahannamda emasmi?!
Sodiq (soz)ni keltirgan va uni tasdiq qilgan esa, ana oshalar taqvodorlardir.
Ular uchun Robbilari huzurida xohlagan narsalari bordir. Ana osha, gozal amal qilguvchilarning mukofotidir.
Zero, Alloh ularning qilgan eng yomon amalini ochirib, qilib yurgan eng gozal amallari ajri ila mukofotlar.
Alloh Oz bandasiga yetarli emasmi?! Ular seni Undan boshqalar bilan qorqiturlar. Kimni Alloh zalolatga ketkazsa, bas, uning uchun hech bir hidoyat qilguvchi yo`q.
Kimni Alloh hidoyatga solsa, bas, uning uchun hech bir zalolatga ketkazguvchi yo`q. Alloh Aziyzu intiqom egasi emasmi?!
Agar ulardan: «Osmonlaru yerni kim yaratdi?» – deb sorasang, albatta: «Alloh!» – derlar. Sen: «Menga xabar beringlar-chi! Siz iltijo qilayotgan, Allohdan boshqa narsalar, agar Alloh menga zararni iroda qilsa, oshalar Uning zararini aritguvchi bola olurlarmi?! Yoki menga marhamatni iroda qilsa, oshalar Uning marhamatini tutib qolguvchi bo`la olurmi?!» – deb ayt. Sen: «Menga Alloh yetarli, tavakkal qilguvchilar Ungagina tavakkal qilurlar», deb ayt.
Sen: «Ey qavmim, o`z holingizcha amal qilavering. Albatta, men ham amal qilguvchiman. Bas, tezda bilursiz,
Kimga uni rasvo qiladigan azob kelajagini va kimga davomli azob tushajagini», deb ayt.
Albatta, Biz odamlar uchun senga kitobni haq ila tushirdik. Bas, kim hidoyatga yursa, oziga foyda. Kim zalolatga ketsa, oziga zarar. Sen ularga vakil (qo`riqchi) emassan.
Alloh jonlarni olimi vaqtida, olmaganlarini esa, uyqusi vaqtida olur. Bas, olishiga hukm qilganlarini ushlab qolur, qolganlarini ma'lum muddatgacha qoyib yuborur. Albatta, bunda tafakkur qiladigan qavmlar uchun oyat(ibrat)lar bordir.
Yoki Allohdan ozga shafoatchilar tutganlarmi?! Sen: «Axir, ular biror narsaga ega bolmasalar va biror narsani anglamasalar ham-a?!» – deb ayt.
Sen: «Barcha shafoat yolgiz Allohnikidir. Osmonlaru yerning mulki(egaligi) ham yolgiz Unikidir. So`ngra Ungagina qaytarilursizlar», deb ayt.
Qachonki Allohning yolgiz Ozi zikr qilinsa, oxiratga iymon keltirmaydiganlarning qalblari siqilib ketar. Qachonki Undan o`zgalar zikr qilinsalar, birdan shodlanib ketarlar.
Sen: «Ey Allohim! Osmonlaru yerni yaratgan Zot! Foyib va oshkorni bilguvchi Zot! Sening O`zing bandalarning orasida ular ixtilof qilib yurgan narsalarda hukm qilursan», deb ayt.
Agar zulm etganlarga yer yuzidagi barcha narsa va u bilan yana shu qadar narsa berilsa ham, qiyomat kuni yomon azobga tolov qilib yuborishlari aniq. Va ularga Alloh tomonidan ozlari xayollariga ham keltirmagan narsalar zohir bo`lur.
Va ularga ozlari kasb qilgan narsalarning yomonligi zohir bolur va ularni ozlari masxara qilib yurgan narsa orab olur.
Bas, qachonki insonni zarar tutsa, u Bizga duo qilur. Songra unga Biz Ozimizdan ne'mat bersak: «Albatta, bu menga ilmim tufayli berildi», der. Yoq! U sinovdir. Lekin koplari bilmaslar.
Batahqiq, buni ulardan avvalgilar ham aytgan edilar. Bas, ularning qilgan kasblari o`zlariga asqotmadi.
Bas, ularga qilgan kasblarining yomonliklari musiybat boldi. Anavilardan zulm qilganlariga ham tezda qilgan kasblarining yomonliklari musiybat bolur. Ular qochib qutulguvchi ham emaslar.
Ular Alloh xohlagan kishisiga rizqni keng va tor qilishini bilmasmidilar?! Albatta, bunda iymon keltirguvchi qavmlar uchun oyat(belgi)lar bordir.
Sen (Mening tarafimdan): «Ey, oz jonlariga isrof (javr) qilgan bandalarim, Allohning rahmatidan noumid bolmang! Albatta, Alloh barcha gunohlarni magfirat etar. Albatta, Uning Ozi ota magfiratli va o`ta rahimli Zotdir», deb ayt.
Sizga azob kelishidan oldin Robbingizga qayting va Unga taslim boling. Songra sizga yordam berilmas.
Sizga ozingiz sezmagan holda tosatdan azob kelib qolishidan oldin Robbingizdan sizga tushirilgan eng go`zal narsaga ergashing.
Jon: «Alloh haqida yol qoygan kamchiliklarim uchun nadomat bolsin. Togrisi, men masxara qilguvchilardan bolgan edim», demasidan oldin...
Yoki: «Agar Alloh meni hidoyat qilganida, albatta, taqvodorlardan bo`lar edim», demasidan oldin...
Yoki azobni korgan chogida: «Agar menga yana bir marta ortga (dunyoga) qaytish bolganida, gozal amal qilguvchilardan bo`lar edim», demasidan oldin...
«Yoq! Batahqiq, senga Mening oyatlarim keldi. Bas, sen ularni yolgonga chiqarding, mutakabbirlik qilding va kofirlardan bo`lding!» der.
Qiyomat kuni Allohga nisbatan yolgon sozlaganlarni ko`rsang, yuzlari qop-qoradir. Yoki mutakabbirlarning joyi jahannamda emasmi?!
Alloh taqvo qilganlarga yutuqlari tufayli najot berur. Ularga yomonlik yetmas va ular xafa ham bo`lmaslar.
Alloh har bir narsaning yaratguvchisidir. Va U har bir narsaga vakildir.
Osmonlaru yerning kalitlari Ungagina xosdir. Allohning oyatlariga kufr keltirganlar, ana o`shalar ziyonkorlardir.
Sen: «Ey, johillar! Meni Allohdan o`zgaga ibodat qilishimga buyururmisiz?!» – deb ayt.
Batahqiq, senga va sendan oldin otganlarga ham: «Agar shirk keltirsang, albatta, amaling behuda ketur va, albatta, ziyonkorlardan bolursan.
Yoq! Allohgagina ibodat qil va shukr etguvchilardan bol!» – deb vahiy qilingan.
Ular Allohning qadrini togri taqdirlamadilar. Holbuki, Yer borligicha Uning siqimidadir. Osmonlar esa, Uning qoliga yigilgandir. U zot ular shirk keltirayotgan narsalardan pok va yuksakdir.
Va surga puflandi. Osmonlaru yerda kim bolsa, qulab oldi. Magar Alloh xohlaganlargina qoldi. Songra unga yana bir bor puflandi. Bas, tosatdan ular turib intizor bo`lurlar.
Va yer Robbi nuri ila yorishdi. Kitob qoyildi. Paygambarlar va guvohlar keltirildi. Ular orasida haq ila hukm chiqarildi. Ularga zulm qilinmadi.
Va har bir jonga qilgan amali (jazo yoki mukofoti) toliq berildi. U zot ular qilayotgan ishlarni ota yaxshi bilguvchidir.
Va kufr keltirganlar jahannamga guruh-guruh qilib haydaldi. Toki unga yetib kelgan choglarida, uning eshiklari ochildi va uning qoriqchilari ularga: «Sizlarga ozingizdan bolgan Paygambarlar kelib, Robbingiz oyatlarini tilovat qilib bermadilarmi? Sizlarni ushbu kuningizga duchor bolishingizdan ogohlantirmadilarmi?!» – dedilar. Ular: «Ha! Lekin azob sozi kofirlar ustiga haq bolgandir», dedilar.
«Jahannam eshiklaridan unda abadiy qolguvchi bolgan holingizda kiring», deyildi. Bas, mutakabbirlarning joyi qanday ham yomon boldi.
Va Robbilariga taqvo qilganlar jannatga guruh-guruh qilib olib borildilar. Toki unga yetib kelgan choglarida, uning eshiklari ochildi va uning qoriqchilari ularga: «Sizga salomlar bolsin! Xush keldingiz! Bas, unga abadiy qolguvchi bolgan holingizda kiring», dedilar.
Ular: «Bizlarga bergan va'dasini rost qilgan va bizga bu yerni meros qilib bergan Allohga hamdlar bolsin. Endi undan xohlagan joyimizni olamiz», dedilar. Bas, amal qiluvchilarning ajri qanday ham yaxshi boldi!
Va farishtalarni Arshni orab olib Robbilariga hamd ila tasbih aytayotgan holda korursan. Ular orasida haq ila hukm qilindi va: «Olamlarning Robbi Allohga hamdu sano bo`lsin!» – deyildi.