40 - The Forgiver - Ghāfir
Haa. Miym.
Bu kitobning nozil qilinishi aziyzu o`ta ilmli Alloh tomonidandir.
U, gunohni magfirat qilguvchi, tavbani qabul etguvchi, iqobi shiddatli va fazlu karam sohibi bo
lgan Zotdir. Undan ozga ibodatga sazovor zot yo
q. Qaytish Uning O`zigaginadir.
Allohning oyatlari haqida faqatgina kufr keltirganlar talashib-tortishurlar. Bas, ularning yurtlarda aylanib yurishlari seni aldab qo`ymasin.
Ulardan oldin Nuh qavmi va ular ketidan kelgan firqalar ham yolgonchi qilgan edilar. Har ummat o
z Paygambarini tutishga qasd qildi va haqni yo
qotish uchun botil ila mujodala etdi. Bas, Men ularni tutdim. Bas, Mening iqobim qanday bo`ldi!
Kufr keltirganlarga ham Robbingning (azob) sozi xuddi ana shunday haq bo
ldi. Albatta, ular do`zax egalaridir.
Arshni kotarib turganlar va uning atrofidagilar Robbilariga hamd ila tasbih ayturlar, Unga iymon keltirurlar va iymon keltirganlarga mag
firat sorab: «Ey Robbimiz, rahmating va ilming ila har bir narsani qurshagansan, bas, tavba qilib, yo
lingga ergashganlarni magfirat qilgin va ularni do
zax azobidan saqlagin.
Ey Robbimiz, ularni ham, otalaridan, juftlaridan va zurriyotlaridan ahli solih bolganlarini ham O
zing ularga va'da qilgan adn jannatlariga kiritgin. Albatta, Sening Ozing aziyzu o
ta hikmatli zotsan.
Va ularni yomonliklardan saqla, osha kuni kimni yomonliklardan saqlasang, batahqiq, unga rahim qilibsan. Ana o
sha buyuk yutuqdir», (derlar).
Albatta, kufr keltirganlarga: «Iymonga chaqirilganingizda kufr keltirgan chogingizdagi Allohning g
azabi sizning ozingizga (hozirgi) g
azabingizdan kattaroqdir», deb nido qilinur.
Ular: «Ey Robbimiz, Sen bizni ikki marta oldirding, ikki marta tiriltirding. Bas, biz gunohlarimizni e'tirof etdik. Endi chiqishning biron yo
li bormi?» – dedilar.
Bunday bolishingiz Allohning yolg
iz Oziga da'vat qilinganida, kufr keltirganingiz, Unga shirk keltirilsa, iymon keltirganingiz uchundir. Bas, hukm oliy va ulug
Allohnikidir.
Uning Ozi sizga oyat (belgi)larini ko
rsatadigan, osmondan sizga rizq tushiradigan Zotdir. Faqat qaytadigan kishigina anglar.
Bas, agar kofirlar yoqtirmasalar ham, Allohga dinni xolis qilgan holingizda yolvoring.
U, darajasi yuksak, Arsh egasi bolgan Zotdir. U, O
z amri ila bandalaridan kimni xohlasa, o`shanga muloqot kunidan ogohlantirishi uchun ruhni tushirur.
Osha kunda ular zohir bo
lurlar. Allohga ulardan biron narsa maxfiy qolmas. Bugun mulk kimnikidir?! Yakkayu yolg`iz, Qahhor Allohnikidir!
Bugungi kunda har bir jon ozi qilgan kasbga yarasha jazo olur. Bugunga kunda zulm yo
qdur. Albatta, Alloh hisobni tez qilguvchi Zotdir.
Sen ularni yaqinlashguvchi Kundan ogohlantir. Oshanda jonlar xalqumga kelib, g
am-gussaga to
lib turarlar. Zolimlar uchun hech bir dost ham, itoat qilinadigan shafoatchi ham yo
q.
U zot ko`zlarning xiyonatini ham, dillar maxfiy tutgan narsalarni ham bilur.
Alloh haq ila hukm qilur. Undan ozga iltijo qilayotganlari esa, hech narsa bilan hukm qilmaslar. Albatta, Allohning O
zi ota eshitguvchi va o
ta ko`rguvchi Zotdir.
Axir, ular yer yuzida yurib, ozlaridan oldin o
tganlarning oqibati qanday bolganiga nazar solmaydilarmi?! Holbuki, o
shalar ulardan kora quvvatliroq va yer yuzida asarlari ko
proq bolgan edilar. Bas, Alloh o
shalarni gunohlari sababli tutdi. Ularga Allohdan ozga bir saqlovchi bo
lmadi.
Bunday bolishining sababi shuki, ularga Payg
ambarlari aniq hujjatlar bilan kelar edilar, ular esa, kufr keltirdilar. Bas, Alloh ularni tutdi. Albatta, U kuchli va iqobi shiddatli Zotdir.
Batahqiq, Biz Musoni O`z oyatlarimiz va ochiq hujjat ila yubordik:
Fir'avnga, Homonga va Qorunga. Bas, ular: «(Bu) sehrgar va kazzob», dedilar.
Muso ularga Bizning huzurimizdan haq ila kelgan chogda, ular: «U bilan birga iymon keltirganlarning o
g`illarini qatl qilinglar, qizlarini tirik qoldiringlar», dedilar. Kofirlarning makr-hiylasi zalolatdan boshqa narsa emas.
Fir'avn: «Meni qoyinglar, Musoni o
ldiray. Mayli, Robbiga duo qilsin. Albatta, men uning diningizni almashtirishidan va yer yuzida fasod chiqarishidan qo`rqmoqdaman», dedi.
Muso: «Albatta, men Robbim va Robbingiz bolgan Zotdan hisob kuniga iymon keltirmaydigan har bir mutakabbirdan panoh so
rayman», dedi.
Fir'avn ahlidan bolgan, iymonini berkitib yuradigan bir mo
min kishi: «Bir odamni, Alloh Robbimdir, degani uchun oldirasizlarmi?! Holbuki, u sizga Robbingizdan ochiq-oydin hujjatlar ila kelmishdir. Agar u yolg
onchi bolsa, yolg
oni oziga zarar. Agar rostgo
y bolsa, unda u va'da qilayotgan ba'zi musiybatlar sizga yetar. Albatta, Alloh isrofchi va kazzob bo
lgan shaxsni hidoyat qilmas.
Ey qavmim, bugungi kunda mulk siznikidir. Yer yuzida yuzaga chiqib turibsizlar. Agar bizga Allohning azobi kelsa, unda bizga kim yordam berar?!» – dedi. Fir'avn: «Men sizga ozim ko
rayotgan narsadan boshqani korsatmasman va sizlarni to
gri yo
ldan boshqaga yo`llamasman», dedi.
Iymon keltirgan kishi: «Ey qavmim, albatta, men sizga ham boshqa firqalar kuniga o`xshash kun...
Nuh qavmi, Od, Samud va ulardan keyingilar holiga oxshash hol bo
lishidan qo`rqurman. Alloh bandalarga zulmni iroda qilmas.
Ey qavmim, albatta, men sizlarga nidolashuv kunidan qo`rqurman.
U kunda ortga qarab qochursiz. Siz uchun Allohdan hech bir qutqarguvchi bolmas. Kimni Alloh zalolatga ketkazsa, bas, unga hech bir hidoyatchi bo
lmas.
Batahqiq, bundan oldin Yusuf ochiq-oydin hujjatlar ila keldi. Bas, siz u ozingizga keltirgan narsaga shak keltirib, turib oldingiz. Nihoyat, u vafot etgan paytda: «Alloh undan keyin Payg
ambar yubormas», dedingiz. Alloh shunday qilib, isrofchi va shubhachi bo`lgan kimsani zalolatga ketkazdi.
Allohning oyatlari haqida ozlariga kelgan hujjat-dalilsiz talashib-tortishadiganlar Alloh tomonidan ham, iymon keltirganlar tomonidan ham qattiq g
azabga qolurlar. Alloh shunday qilib, har bir mutakabbir va zo`ravon qalbni muhrlar», dedi.
Fir'avn dedi: «Ey, Homon, menga bir baland qasr bino qil, shoyad, sabablarga yetsam.
Osmonlarning sabablariga yetsam, songra Musoning Ilohiga boqsam. Albatta, men uni yolg
onchi deb, gumon qilmoqdaman». Shunday qilib, Fir'avnga uning yomon amali ziynatlandi va u yoldan to
sildi. Fir'avnning makr-hiylasi ziyonkorlikdan boshqa narsa emas.
Iymon keltirgan kishi: «Ey qavmim, menga ergashinglar, sizni tog
ri yo`lga hidoyat qilurman.
Ey qavmim, bu dunyo hayoti vaqtinchalik bir matoh, xolos. Albatta, oxirat, oshaning o
zi barqarorlik diyoridir.
Kim biror yomonlik qilsa, faqat oshanga yarasha jazo oladi, xolos. Erkakdir, ayoldir, har kim mo
min bolgan holida solih amal qilsa, bas, ana o
shalar jannatga kirurlar, u yerda hisobsiz rizqlanurlar.
Ey qavmim, nechun men sizni najotga chaqirsam, siz meni do`zaxga chaqirursiz?!
Siz meni Allohga kufr keltirishimga va ozim bilmagan narsani Unga shirk keltirishimga chaqirmoqdasiz. Holbuki, men sizni aziyzu o
ta mag`firatli Zotga chaqirmoqdaman.
Hech shubha yoqki, albatta, siz meni chaqirayotgan narsaning dunyoda ham, oxiratda ham da'vatga haqqi yo
qdir. Albatta, qaytib borarimiz Allohgadir. Albatta, isrofchilar, ayni oshalar do
zax egalaridir.
Hali, men sizga aytayotgan gaplarni eslaysizlar. Men ishimni Allohning Oziga topshirdim. Albatta, Alloh bandalarini aniq ko
rib turguvchidir», dedi.
Bas, Alloh uni makrlari yomonliklaridan saqladi va Fir'avn ahlini yomon azob o`rab oldi.
U olovdir. Unga ertayu kech kondalang qilinurlar. Soat (qiyomat) qoim bo
lganida esa: «Fir'avn ahlini eng ashaddiy azobga kiritinglar», deyilur.
Oshanda ular do
zaxda bir-birlari ila xusumat qilurlar. Bas, zaiflar mutakabbirlik qilganlarga: «Albatta, biz sizga ergashuvchi bolgan edik. Endi siz bizning do
zax nasibamizdan biror bo`lagini daf' qilasizlarmi?!» – derlar.
Mutakabbirlik qilganlar: «Albatta hammamiz uning ichidamiz. Shubhasiz, Alloh bandalar orasida hukm chiqarib bo`ldi», derlar.
Dozaxda turganlar jahannam qo
riqchilariga: «Robbingizga duo qilinglar, bizdan biror kun azobni yengillatsin», dedilar.
Ular: «Sizga Payg`ambarlaringiz ochiq-oydin hujjatlar bilan kelmagan edilarmi?!» – dedilar. Bular: «Ha», deyishdi. Ular: «Bas, duo qilaveringlar. Kofirlarning duosi zalolatdan boshqa narsa emas», dedilar.
Albatta, Biz Payg`ambarlarimizga va iymon keltirganlarga bu dunyo hayotida va guvohlar turgan kunda ham nusrat berurmiz.
U kunda zolimlarga ma'ziratlari naf bermas. Ularga la'nat bolg
ay va ularga yomon hovli joy bolg
ay.
Batahqiq, Biz Musoga hidoyatni berdik va Bani Isroilni Kitobga voris qildik.
Aql egalariga hidoyatchi va eslatma bo`lsin uchun.
Bas, sabr qil. Albatta, Allohning va'dasi haqdir. Gunohing uchun istig`for ayt. Ertayu kech Robbingga hamd ila tasbih ayt.
Albatta, Allohning oyatlari haqida ozlariga kelgan hujjatsiz talashib-tortishadiganlarning dillarida kibrdan o
zga narsa yoq. Ular unga yetishguvchi emaslar. Bas, Allohdan panoh so
ra. Albatta, Uning Ozi o
ta eshitguvchi, ota ko
rguvchi Zotdir.
Albatta, osmonlaru yerni yaratish odamlarni yaratishdan kattaroqdir. Lekin odamlarning ko`plari bilmaslar.
Kor bilan ko
ruvchi barobar bo`lmas. Iymon keltirib, solih amallar qilganlar bilan yomonlik qilguvchi ham. Juda ham kam eslaysizlar.
Albatta, soat (qiyomat)kelguvchidir. Unda shubha yoq. Lekin odamlarning ko
plari iymon keltirmaslar.
Robbingiz: «Menga duo qiling, sizga ijobat qilurman. Albatta, Mening ibodatimdan kibr qilganlar jahannamga xoru zor hollarida kirurlar», dedi.
Alloh sizga sukunat topishingiz uchun kechani, korsatuvchi etib kunduzni qilib bergan Zotdir. Albatta, Alloh odamlarga nisbatan fazlu karam sohibidir. Lekin odamlarning ko
plari bilmaslar.
Ana osha Alloh Robbingizdir. U har bir narsaning yaratguvchisidir. Undan o
zga ibodatga sazovor zot yo`q. Bas, qayoqqa burilib ketmoqdasiz?!
Allohning oyatlarini inkor qiladiganlar ana shunday burilib keturlar.
Alloh sizga yerni qarorgoh, osmonni tom qilgan va sizlarning suvratlaringizni gozal suvratda qilgan, sizlarga pok narsalardan rizq bergan Zotdir. Ana o
sha Alloh Robbingizdir. Bas, olamlarning Robbi Alloh barakotli (yuksak) bo`ldi.
U zot tirikdir. Undan ozga ibodatga sazovor zot yo
q. Bas, Unga dinni xolis qilgan holda duo qiling. Olamlarning Robbi Allohga hamdlar bo`lsin.
Sen: «Albatta, men ozimga Robbimdan ochiq-oydin hujjatlar kelgan paytda siz iltijo etayotgan narsalarga ibodat qilishdan qaytarilganman va olamlarning Robbiga taslim bo
lishga amr etildim», deb ayt.
Sen: «Albatta, men ozimga Robbimdan ochiq-oydin hujjatlar kelgan paytda siz iltijo etayotgan narsalarga ibodat qilishdan qaytarilganman va olamlarning Robbiga taslim bo
lishga amr etildim», deb ayt.
U sizni tuproqdan, songra nutfadan, so
ngra (yopishqoq) laxta qondan yaratgan Zotdir. Songra U sizni buvak holingizda chiqarur. So
ngra kamolga yetishingiz uchun, songra qari bo
lishingiz uchun (ulgaytirur). Sizning ichingizda undan oldin vafot etadiganlar ham bo
lur. (Bular) belgilangan ajalga yetishingiz uchundir. Shoyadki, aql yuritsangiz.
U sizni tuproqdan, songra nutfadan, so
ngra (yopishqoq) laxta qondan yaratgan Zotdir. Songra U sizni buvak holingizda chiqarur. So
ngra kamolga yetishingiz uchun, songra qari bo
lishingiz uchun (ulgaytirur). Sizning ichingizda undan oldin vafot etadiganlar ham bo
lur. (Bular) belgilangan ajalga yetishingiz uchundir. Shoyadki, aql yuritsangiz.
U zot tiriltirur va oldirur. Qachonki biror ishni xohlasa, «Bo
l!» der va u bo`lur.
U zot tiriltirur va oldirur. Qachonki biror ishni xohlasa, «Bo
l!» der va u bo`lur.
Allohning oyatlari haqida talashib-tortishadiganlarni ko`rmaysanmi?! Qayoqqa burilib ketmoqdalar?!
Kitobni va Biz Paygambarlarimiz ila yuborgan narsani yolg
onga chiqarganlar tezda bilurlar.
Oshanda ular bo
yinlarida kishanlar va zanjirlar ila tortilurlar.
Ota qaynoq suvga, so
ngra olovda kuydirilurlar.
So`ngra ularga: «Shirk keltirib yurgan narsalaringiz qani.
Allohdan ozga?!» – deyildi. Ular: «Bizdan yo
qolib qoldilar. Yo`q. Oldin hech narsaga iltijo qilmagan edik», dedilar. Alloh kofirlarni shunday qilib zalolatga ketkazur.
Mana shular yer yuzida nohaqdan shodlanib yurganingiz va kibru havoga berilib yurganingiz uchundir.
Jahannam eshiklaridan unda abadiy qolguvchi bo`lgan holingizda kiringlar. Mutakabbirlarning joyi naqadar yomon!
Bas, sabr qil. Albatta, Allohning va'dasi haqdir. Endi Biz yoki senga ularga va'da qilgan narsalarimizning ba'zilarini ko`rsaturmiz yoki seni vafot ettirurmiz. Bas, Bizgagina qaytarilurlar.
Batahqiq, Biz sendan oldin ham Paygambarlar yuborganmiz. Ulardan kimningdir qissasini senga aytdik va ulardan kimningdir qissasini senga aytmadik. Hech Payg
ambar Allohning iznisiz oyat (mo'jiza) keltirgan emas. Bas, qachonki Allohning amri kelganida, haq ila hukm chiqarilur va o
shanda botil ish qilib yurguvchilar ziyon torturlar.
Alloh sizlarga chorva hayvonlarini ulardan ba'zilarini minishingiz uchun yaratdi. Ulardan ba'zilarini yersizlar.
Siz uchun ularda manfaatlar bor. Va ular ustida dillaringizdagi hojatlarga yetishishingiz uchundir. Ularda va kemalarda tashilursiz.
Va U zot sizlarga Oz oyat(belgi)larini ko
rsatur. Bas, Allohning qaysi oyat(belgi)larini inkor qilursizlar?!
Axir, ular yer yuzida yurib, ozlaridan oldingilarning oqibati qanday bo
lganiga nazar solmaydilarmi?! Holbuki, oshalar bulardan ko
ra quvvatliroq va yer yuzida asarlari koproq bo
lgan edilar. Bas, ularga kasb qilgan narsalari asqotmadi.
Qachonki ularga Paygambarlari ochiq-oydin hujjatlar bilan kelganlarida, ular o
zlaridagi ilm bilan maqtandilar. Va ularni ozlari istehzo qilgan narsa o
rab oldi.
Qachonki azobimizni korganlarida: «Biz Allohning yolg
iz O`ziga iymon keltirdik va Unga sherik qilgan narsalarimizga kufr keltirdik», dedilar.
Bizning azobimizni korganlaridagi iymonlari ularga manfaat bera olmas edi. Allohning bandalariga joriy bo
lib kelgan sunnati shu. Ana oshanda kofirlar ziyon ko
rdilar.