38 - The Letter "Saad" - Şād
Sod. Zikr sohibi bo`lmish Qur'on ila qasam.
Ammo kufr keltirganlar kibru havo va muxoliflikdadirlar.
Biz ulardan ilgari ham qancha asrlarni halok etganmiz. Ular (yordam so`rab) nido qildilar. Ammo qochib qutulish vaqti emas edi.
Ular ichlariga o`zlaridan ogohlantirguvchi kelganidan ajablandilar va kofirlar: «Bu, sehrgar va kazzobdir», dedilar.
«U xudolarni bitta xudo qildimi?! Albatta, bu ajablanarli narsa!»
Ularning a'yonlari: «Yuringlar, xudolaringiz togrisida sabr qilinglar. Albatta, bu qasdan qilinayotgan narsadir.
Biz bu haqda oxirgi millatdan eshitganimiz yoq. Bu, toqilgandan boshqa narsa emas.
Bizning ichimizdan oshanga zikr nozil qilinibdimi?!» – deb turib ketdilar. Yoq! Ular Mening Zikrim haqida shak-shubhadadirlar. Yoq! Ular azobimni tatib kormadilar.
Yoki ularning huzurida Aziyzu o`ta saxovatli Robbingning rahmat xazinasi bormi?
Yoki osmonlaru yerning va ular orasidagi narsalarning mulki ularnikimi? Bas, unda sabablari ila (osmonga) ko`tarilsinlar!
Anavi yerdagi yengilgan firqalardan bo`lgan qandaydir lashkar.
Ulardan oldin ham Nuh qavmi, Od, qoziqlar egasi Fir'avn ham yolg`onchi qilgan.
Va Samud, Lut qavmi va daraxtzor egalari ham. Firqalar o`shalardir.
Barchalari, albatta, Paygambarlarni yolgonchi qildilar. Bas, Mening iqobim haq bo`ldi.
Ana oshalar lahzaga kechikmay keladigan birgina qichqiriqdan boshqa narsaga intizor bolayotganlari yo`q.
Ular: «Ey Robbimiz, bizga hisob kunidan ilgari nasibamizni tezroq ber!» – dedilar.
Ular aytayotgan narsalarga sabr qil. Quvvat sohibi bolgan bandamiz Dovudni esla. Albatta, u ota qaytguvchidir.
Albatta, Biz unga toglarni boysundirdik. Ular u bilan kechki paytu ertalab tasbih aytardilar.
Toplangan holdagi qushlarni ham. Barchalari U zotga ota qaytguvchidir.
Va Biz unga mulkini quvvatli qilib berdik hamda hikmatni va hal qilguvchi kitobni berdik.
Senga da'volashganlarning xabari keldimi? O`shanda ular mehrobga chiqishgan edi.
Oshanda ular Dovudning oldiga kirishgan edi. Bas, u ulardan qorqib ketdi. Ular: «Qorqma, bular — ikki da'volashguvchi tomon. Biz bir-birimizga zulm qildik. Bas, oramizda haq ila hukm chiqar. Jabr qilma. Bizlarni togri yolga hidoyat qil», dedilar.
«Mana bu — mening birodarim. Uning toqson toqqizta sovligi bor. Mening esa, birgina sovligim bor. Bas, u: «Uni ham mening kafolatimga ber», dedi va so`zlashuvda mendan ustun chiqdi».
U: «Darhaqiqat, sening sovligingni sorab, oz sovliqlariga (qoshish) bilan senga zulm qilibdi. Albatta, kop sheriklar bir-birlariga zulm qilurlar. Magar iymon keltirib, solih amal qilganlargina (qilmaslar). Ular juda ham oz», dedi. Va Dovud Biz uni sinaganimizni bildi-da, tezda Robbiga istigfor aytib, sajdaga yiqildi va tavba qildi.
Bas, Biz uning osha (xatosi)ni magfirat qildik. Albatta, uning uchun huzurimizda yaqinlik va go`zal oqibat bordir.
Ey Dovud, albatta, Biz seni yer yuzida xalifa qildik. Bas, odamlar orasida haq ila hukm yurit. Havoyi nafsga ergashma! Yana, u seni Allohning yolidan adashtirmasin. Albatta, Allohning yolidan adashadiganlarga, unutganlari uchun, hisob kunida shiddatli azob bordir.
Biz osmonu yerni va ularning orasidagi narsalarni behuda yaratganimiz yoq. Bu, kufr keltirganlarning gumonidir. Bas, kufr keltirganlar uchun dozax(azobi)dan voy bo`lsin!
Yoq! Biz iymon keltirib, solih amallar qilganlarni yer yuzida buzgunchilik qiluvchilar kabi qilarmidik?! Yo`q! Biz taqvodorlarni fojirlar kabi qilarmidik?!
Biz senga nozil qilgan Kitob muborakdir. Aql egalari uning oyatlarini tadabbur qilishlari va eslashlari uchundir.
Va Biz Dovudga Sulaymonni hadya qildik. U qanday ham yaxshi bandadir. Albatta, u o`ta qaytguvchidir.
Esla, bir oqshom unga gijinglab turgan uchqur otlar ko`rsatildi.
U: «Albatta, men Robbimning zikridan ko`ra dunyo ishqiga berilib ketib, hatto (quyosh) parda ila berkinibdi-ku!
Ularni menga qaytaring!» – dedi. Songra ularning oyoq va boyinlarini «silay» boshladi!
Batahqiq, Biz Sulaymonni sinadik. Uning kursisiga jasadni tashladik. So`ngra, u tavba qildi.
U: «Ey Robbim, meni magfirat qilgin va menga ozimdan keyin biror kishiga muyassar bolmaydigan mulkni hadya etgin. Albatta, sen koplab atolarni berguvchisan», dedi.
Bas, Biz unga shamolni bo`ysundirdik, u iroda qilgan tomonga mayin esaveradi.
Yana barcha binokor va g`avvos shaytonlarni ham.
Va boshqalarini ham kishanlangan holda toplab (boysundirdik).
Bu Bizning ato etgan narsamizdir. In'om et yoki tutib qol, hisob yo`q.
Va, albatta, uning uchun huzurimizda yaqinlik va go`zal oqibat bordir.
Bizning bandamiz Ayyubni esla. O`shanda u Robbiga nido qilib: «Albatta, meni shayton mashaqqat va azob ila tutdi», dedi.
«Oyoging ila tepgin! Bu chomiladigan va ichiladigan sovuq (suv)».
Va Biz unga ahlini va yana ular bilan birga misllarichani ham hadya etdik. Bu, Bizdan rahmat olaroq va aql egalariga eslatma uchun boldi.
«Qolingga bir dastani ol-da, u bilan ur. Qasamingni buzma», (dedi). Biz uni sabrli topdik. U qanday ham yaxshi banda. Albatta, u ota qaytguvchidir.
Qollar va kozlar sohiblari bo`lgan bandalarimiz Ibrohim, Is'hoq va Ya'qubni esla.
Albatta, Biz ularni xolis bir xislat-la ajratdik. U (oxirat) diyorini eslash edi.
Albatta, ular Bizning huzurimizda tanlangan axyorlardandirlar.
Ismoil, al-Yasa' va Zul-Kiflni ham esla. Barchalari axyorlardandir.
Bu eslatmadir. Albatta, taqvodorlar uchun go`zal oqibat.
Ular uchun eshiklari ochiq adn jannatlari bordir.
U yerda yonboshlagan hollarida undagi ko`plab mevalar va sharoblardan chaqiradilar.
Ularning huzurida ko`zlarini (nomahramdan) tiygan tengdosh(hur)lar bordir.
Bu sizga hisob kuni uchun va'da etilgan narsalardir.
Albatta, bu Bizning (beradigan) rizqimizdir. Uning hech tugashi yo`qdir.
Ish bundaydir. Albatta, tug`yonga ketguvchilar uchun yomon oqibat.
Jahannam bordir. Unga kirurlar. Bas, u qanday ham yomon yotoq!
Mana buni tatib tursinlar: qaynoq suv va yiringni!
Va boshqa uning shaklidagi qosha-qosha (azoblar) ham.
«Mana bu guruh ham siz bilan birga bostirib kirguvchidir. Ularga marhabo yo`q. Ular, albatta, jahannamga kirguvchilardir», derlar.
Ular: «Yoq! Ozingizga marhabo yoq! Sizlar osha(jahannam)ni bizga taqdim qildingiz! Bas, u naqadar yomon qarorgoh!» – derlar.
Ular: «Ey Robbimiz, bizga bu(jahannam)ni kim taqdim etgan bolsa, unga dozaxda ikki barobar azobni ziyoda qil!» – derlar.
Ular: «Bizga nima boldi? Yomonlardan hisoblab yurgan kishilarimizni kormayapmiz?
Biz ularni masxara qilib olgan edikmi yo?! Yoki ko`zlar ulardan toydimi?!» – derlar.
Albatta, mana shu haqdir — dozax ahlining ozaro tortishuvidir.
Sen: «Men faqat ogohlantirguvchiman, xolos. Hech bir ibodatga sazovor zot yoqdir, magar yagona va Qahhor (barcha maxluqotlarni qabzasida tutib, ularni Oz hukmiga yuritib va qudrati ila bo`ysundirib turuvchi) Allohgina bor.
U osmonlaru yerning va ularning orasidagi narsalarning Robbi, Aziyzu Faffordir», deb ayt.
Sen: «Bu ulug` bir xabardir.
Siz bolsangiz, undan yuz ogirmoqdasiz.
Oliy toplam haqida ular tortishayotganlarida mening hech bilimim bolmagan edi.
Menga faqat o`zimning ochiq-oydin ogohlantirguvchi ekanligimgina vahiy etilur», deb ayt.
Esla! O`shanda Robbing farishtalarga: «Albatta, men loydan bashar yaratguvchidirman.
Bas, qachonki uni rostlab, ichiga ruhimdan puflaganimda, unga sajda qilib yiqilinglar!» – degan edi.
Bas, farishtalar barchalari jamlanib, sajda qildilar.
Magar iblisgina mutakabbirlik qildi va kofirlardan bo`ldi.
U zot: «Ey, iblis, Oz qolim bilan yaratgan narsaga sajda qilishingdan seni nima man qildi?! Mutakabbirlik qildingmi?! Yoki oliy darajalilardan bo`ldingmi?!» – dedi.
U: «Men undan yaxshiman. Meni olovdan yaratgansan. Uni loydan yaratgansan», dedi.
U zot: «Sen undan chiq! Bas, albatta, sen quvilgansan.
Va, albatta, senga jazo kunigacha mening la'natim bo`lgay», dedi.
U: «Ey Robbim, menga ular qayta tiriltirilajak kungacha muhlat bergin!» – dedi.
U zot: «Sen muhlat berilganlardansan.
Ma'lum vaqt kunigacha», dedi.
U : «Sening izzating ila qasamki, men ularning barchasini ig`vo qilaman.
Magar, ulardan xalos qilingan bandalaringgina (ig`voga uchmas)», dedi.
U zot: «Haq shulki, zotan, Men faqat haqni ayturman.
Albatta, Men jahannamni sen va ulardan senga ergashganlar bilan jamlab to`ldirurman», dedi.
Sen: «Men uning uchun sizdan hech ajr, haq so`ramasman. Men soxtakorlardan ham emasman.
U(Qur'on) faqat olamlar uchun eslatma, xolos.
Albatta, uning xabarini bir muddatdan so`ng bilursiz», deb ayt.