37 - Those who set the Ranks - Aş-Şāffāt
Safda tizilib turuvchilar ila qasam.
Zajr (qilinadiganlarni) zajr qilguvchilar ila qasam.
Zikrni tilovat qilguvchilar ila qasam.
Albatta, ilohingiz yagonadir.
U zot osmonlaru yerning va ikkisi orasidagi narsalarning Robbidir. Va mashriqlarning Robbidir.
Albatta, Biz bu dunyo osmonini yulduzlar ziynati-la ziynatladik.
Va har bir itoatsiz shaytondan saqlash uchun.
Ular yuksak to`pliqqa quloq sola olmaslar va har tomondan (uchqun-la) otilurlar.
Haydalurlar! Ular uchun uzluksiz azob bordir.
Magar birorta sozni ogrilikcha tinglagan shaxs bolsa, uni yoquvchi olov ta'qib etar.
Bas, sen ulardan so`ra: ularni yaratish qiyinroqmikan yoki Biz yaratgan zotlarni?! Albatta, Biz ularni yopishqoq loydan yaratdik.
Balki sen ajablanding, ular esa masxara qilurlar.
Qachonki eslatilsalar, eslamaslar.
Qachonki biror oyat(belgi)ni ko`rsalar, qattiqroq masxara qilurlar.
Ular: «Bu (Qur'on) ochiq-oydin sehrdan boshqa narsa emas.
Olsak-da, tuproq va suyak bolsak-da, albatta, biz qayta tiriltirilurmizmi?!
Avvalgi ota-bobolarimiz ham-a?!» – dedilar.
Sen: «Ha! Xor bo`lgan hollaringizda!» degin.
Bas, u faqatgina bir qichqiriqdan iborat, xolos. Bas, birdan ular nazar solib turibdilar-da!
Va ular: «Voh, sho`rimiz qurisin! Bu, jazo kuni-ku!» – derlar.
«Bu, sizlar yolg`onga chiqarib yurgan ajrim kunidir.
Zulm qilganlarni, ularning juftlarini va ular ibodat qilib yurgan...
Allohdan ozga narsalarini toplanglar. Bas, ularni jahiym yo`liga hidoyat qiling» (deyilur).
Va ularni toxtatinglar! Albatta, ular soralguvchidirlar.
Sizlarga nima boldi? Ozaro yordamlashmayapsiz?!
Yoq! Ular bugungi kunda taslim bolguvchilardir.
Ular bir-birlariga savol berurlar.
Ular: «Albatta, sizlar bizga o`ng tomondan kelar edingiz», derlar.
Ular: «Yoq! Siz ozingiz momin bolmagan edingiz.
Bizning ustingizdan hukmronligimiz bolmagan edi. Yoq! Siz ozingiz tugyonga ketgan qavm edingiz.
Bas, hammamizga Robbimizning (azob) sozi haq boldi. Albatta, biz totguvchilarmiz.
Ha, biz sizlarni igvo qildik. Albatta, biz igvo qilguvchi edik», derlar.
Bas, ular u kunda azobda sherik bo`lguvchilardir.
Albatta, Biz jinoyatchilarga shundoq qilurmiz.
Chunki, ularga qachonki «Laa ilaaha Illallohu», deyilsa, mutakabbirlik qilar edilar.
«Axir, biz bir jinni shoirni deb oz xudolarimizni tark qilguvchi bolaylikmi?!» – der edilar.
Yoq! U haqni keltirdi va Paygambarlarni tasdiq qildi.
Albatta, siz alamli azobni totguvchidirsiz.
Qilib o`tgan narsangizdan boshqa narsaning jazosini olmassiz.
Magar Allohning ixlosli bandalariga....
Ana oshalarga, ozlariga ma'lum rizq bordir.
Meva-chevalar bordir. Ular ikrom qilingan hollarida...
Na'iym jannatlarida...
Sorilar ustida bir-birlariga qaragan hollarida bolurlar.
Ularga oqar chashmadan qadahlar aylantirib turilur.
U oppoq, ichguvchiga lazzatbaxshdir.
Unda hech bir zarar yoqdir va undan sarxush ham bolmaslar.
Oldilarida kozlarini (begonalardan) tiyguvchi shahlo kozlilar bordir.
Ular xuddi asrab qoyilgan tuxumga oxsharlar.
Bas, ular bir-birlaridan so`ray boshlarlar.
Ichlaridan bir sozlovchi: «Aniqki, mening bir dostim bor edi.
U: «Sen ham tasdiqlovchilardanmisan?!
Olib, tuproq va suyaklar bolib ketsak ham, albatta, jazolanadiganlardan bo`lurmizmi?!» – der edi.
Sizlar ham qarayapsizlarmi?» – dedi.
Bas, ozi qarab, uni dozaxning ortasida kordi.
U: «Allohga qasamki, meni ham halok qilishingga oz qolgan ekan.
Agar Robbimning ne'mati bolmaganida, men ham (dozaxga) hozir qilinganlardan bo`lur edim», dedi.
«Biz o`lguvchi emas ekanmizmi?!
Faqat birinchi o`limimizdan boshqa?! Biz azoblanguvchi emas ekanmizmi?!
Albatta, bu ayni ulug` yutuqdir.
Bas, amal qilguvchilar mana shunga o`xshash narsa uchun amal etsinlar».
Manzil olaroq ana osha yaxshimi yoki zaqqum daraxtimi?
Albatta, Biz uni zolimlar uchun fitna qildik.
Darhaqiqat, u bir daraxt bolib, dozax qa'ridan chiqur.
Uning (meva) tugar joyi xuddi shaytonlarning boshlariga o`xshar.
Bas, albatta, ular undan yeguvchilardir. Undan qorinlarni to`ldirguvchilardir.
Songra, buning ustiga, ular uchun ota qaynoq suvdan aralashtirma ham bor.
Songra, albatta, ularning qaytar joyi jahannamga bolur.
Chunki, ular o`z otalarini adashgan holda topdilar.
Endi esa, ular o`shalarning izidan chopmoqdalar.
Batahqiq, ulardan oldin avvalgilarning ko`plari adashganlar.
Batahqiq, Biz ichlariga ogohlantirguvchilar yubordik.
Bas, ogohlantirilganlarning oqibati qandoq bo`lganiga nazar sol.
Magar Allohning xalos qilgan bandalarigina (halokatga uchramadilar).
Batahqiq, Bizga Nuh nido qildi. Bas, naqadar yaxshi ijobat qilguvchimiz.
Biz unga va uning ahliga ulug gamdan najot berdik.
Va uning zurriyotlarini, o`zlarini boqiy qolguvchilar qildik.
Va keyingilar ichida uning uchun (olqishlar) qoldirdik.
Barcha olamlarda Nuhga salom bo`lsin!
Albatta, Biz go`zal amal qilguvchilarni mana shunday mukofotlarmiz.
Albatta, u mo`min bandalarimizdandir.
Songra, qolganlarni garq qildik.
Albatta, Ibrohim ham uning guruhidandir.
Oshanda u oz Robbiga sog`lom qalb ila kelmishdi.
O`shanda otasiga va qavmiga: «Nimaga ibodat qilmoqdasiz?!
Allohdan o`zga uydirma ilohlarni xohlaysizlarmi?!
Olamlarning Robbi haqida nima gumoningiz bor?!» – degan edi.
Bas, U yulduzlarga bir nazar soldi.
Va: «Albatta, men bemorman», dedi.
Darhol, undan yuz o`girib yurib ketdilar.
Bas, tezda ularning xudolariga burildi va: «Qani, yemaysizlarmi?!
Sizga nima bo`ldi?! Gapirmaysizlar?!» – dedi.
Song ularga yaqinlashib, ong qo`l bilan ura boshladi.
U tomon shoshib, bir-birlarini turtib kelishdi.
U: «Ozingiz yonib yasagan narsaga ibodat qilasizlarmi?!» – dedi.
Holbuki, sizni ham, qilgan narsalaringizni ham Alloh yaratgan-ku?!
Ular: «Uning uchun (o`choq) bino qilinglar, bas, uni gulxanga otinglar!» dedilar.
Bas, ular unga makr-hiylani iroda qilishdi. Biz ularni tuban qildik.
U: «Albatta, men Robbimga borguvchiman. U meni hidoyat qilur.
Robbim, menga solihlardan ato et», dedi.
Bas, Biz unga bir halim ogilning xushxabarini berdik.
Bas, qachonki (bola) uning ozi bilan birga yuradigan bolganida: «Ey ogilcham, men tushimda seni soyayotganimni kormoqdaman, boqib ko`r, nima dersan?» – dedi. U: «Ey otajon, senga amr etilganni bajar, inshoalloh, meni sabr qilguvchilardan topursan», dedi.
Ikkovlari taslim bo`lib, uni peshonasicha yotqizganida.
Biz unga nido qildik: «Ey Ibrohim!
Batahqiq, sen tushni tasdiq qilding! Albatta, Biz go`zal ish qilguvchilarni mana shunday mukofotlaymiz».
Albatta, bu ochiq-oydin sinovning ayni o`zidir.
Biz uning o`rniga katta qurbonlik fido qildik.
Va keyingilar ichida uning uchun (olqishlar) qoldirdik.
Ibrohimga salom bo`lsin!
Biz go`zal amal qilguvchilarni shunday mukofotlarmiz.
Chunki, u mo`min bandalarimizdandir.
Yana, Biz unga solihlardan bir Paygambar bolajak Is'hoqning xushxabarini berdik.
Va unga ham, Is'hoqqa ham baraka berdik. Ikkovlarining zurriyotidan gozal amal qilguvchi ham, oziga ochiq-oydin zulm qilguvchi ham bo`lur.
Batahqiq, Biz Muso va Horunga ne'mat berdik.
Ikkovlariga va qavmlariga katta g`amdan najot berdik.
Va ularga nusrat berdik, bas, ular golib boldilar.
Va Biz ikkovlariga ravshanu komil bayonli kitobni berdik.
Va ikkovlarini sirotul mustaqiymga hidoyat qildik.
Va keyingilar ichida ikkovlari uchun (olqishlar) qoldirdik.
Muso va Horunga salom bo`lsin!
Biz go`zal amal qilguvchilarni mana shunday mukofotlarmiz.
Chunki, ikkovlari mo`min bandalarimizdandirlar.
Albatta, Ilyos ham yuborilgan Payg`ambarlardandir.
O`shanda u qavmiga: «Taqvo qilmaysizmi?!
Ba'lga ibodat qilib, yaratuvchilarning eng yaxshisini...
O`z Robbingizni va avvalgi ota-bobolaringizning Robbi Allohni tark etasizmi?!» – dedi.
Bas, uni yolg`onchi qildilar. Endi, albatta, ular (azobga) hozir qilinguvchilardir.
Magar Allohning muxlis bandalarigina (hozir qilinmaslar).
Va keyingilar ichida uning uchun (olqishlar) qoldirdik.
Ilyosiynga salom bo`lsin.
Biz go`zal amal qilguvchilarni mana shunday mukofotlarmiz.
Chunki, u mo`min bandalarimizdandir.
Albatta, Lut ham yuborilgan Payg`ambarlardandir.
O`shanda Biz unga va uning ahliga, hammalariga najot berdik.
Magar bir kampirgina (azobda) qolguvchilardan bo`ldi.
So`ngra qolganlarini halok etdik.
Albatta, siz kechayu kunduz ularning ustidan o`tib turursiz. Aql yuritmaysizlarmi?!
Albatta, siz kechayu kunduz ularning ustidan o`tib turursiz. Aql yuritmaysizlarmi?!
Albatta, Yunus ham yuborilgan Payg`ambarlardandir.
Oshanda u tolgan kemaga qochdi.
Bas, qur'a tashlashdi va u maglublardan boldi.
Bas, uni malomatga loyiq bo`lgan holida nahang baliq yutdi.
Agar u kop tasbih aytguvchilardan bolmaganida edi,
Uning qornida qayta tiriltiradigan kungacha qolib ketar edi.
Bas, Biz uni bemor holida maydonga otdik.
Va uning ustiga qovoq daraxtini ostirib qoydik.
Va uni yuz ming yoki undan koproqqa Paygambar qilib yubordik.
Bas, iymon keltirdilar. Keyin Biz ularni ma'lum muddat bahramand qildik.
Bas, ulardan sora-chi, Robbingga qizlar-u, ularga og`illar ekanmi?!
Yoki Biz farishtalarni qiz qilib yaratganmiz-u, ular guvoh bo`lib turganlarmi?
Ogoh bolingkim! Ular oz uydirmalarida derlar:
«Alloh tugdi». Albatta, ular yolgonchilardir.
U zot ogillarni qo`yib, qizlarni tanlab olibdimi?
Sizga nima bo`ldi?! Qanday hukm chiqarmoqdasiz?
Axir, eslamaysizlarmi?!
Yoki sizda ochiq-oydin hujjat bormi?!
Agar rostgoylardan bolsangiz, kitobingizni keltiring!
Va ular U bilan jinlar orasida nasab (da'vosi) qildilar. Holbuki, jinlar o`zlarining albatta (azobga) hozir qilinguvchiliklarini bilganlar.
Alloh ular vasf qilgan narsadan pokdir.
Faqat Allohning ixlosli bandalarigina (mustasnodir).
Albatta, siz ham, siz ibodat qilayotgan narsalar ham...
U zotga qarshi fitnaga solguvchi bo`la olmassiz.
Illo, kim jahannamga kirguvchi bo`lsa.
Bizdan har birimizning ma'lum maqomimiz bordir.
Albatta, bizlar saf tortib turguvchilarmiz.
Va, albatta, bizlar tasbih aytguvchilarmiz.
Holbuki, ular der edilar:
«Agar bizning huzurimizda ham avvalgilardan bir eslatma bo`lganida...
Albatta, Allohning ixlosli bandalaridan bo`lar edik».
Bas, unga kufr keltirdilar. Endi yaqinda bilurlar.
Batahqiq, Paygambar etib yuborilgan bandalarimizga sozimiz o`tgandir.
Albatta, ular, ha, ulargina nusrat topishlari.
Va, albatta, Bizning lashkarimizgina golib bolishi haqida.
Bas, sen ulardan bir vaqtgacha yuz o`gir.
Va ularning (tomoshasini) kor! Bas, tezda ozlari ham ko`rajaklar.
Hali ular Bizning azobimizni shoshiltirmoqdamilar?!
Qachonki, u ularning hovlisiga tushganida, ogohlantirilganlarning tongi juda yomon bo`lur.
Bas, sen ulardan bir vaqtgacha yuz o`gir.
Va (ularning tomoshasini) kor! Bas, tezda ozlari ham ko`rajaklar.
Sening Robbing, izzat Robbi ular qilgan vasfdan pokdir.
Va yuborilgan Paygambarlarga salom bolsin!
Olamlarning Robbi Allohga hamdlar bo`lsin!