36 - Ya Sin - Yā-Sīn
Yaasiyn.
Qur'oni Hakim ila qasam.
Albatta, sen Payg`ambarlardandirsan.
Sirotul mustaqiymdasan.
Bu Aziyzu Rohiymning nozil qilganidir.
Ota-bobolari ogohlantirilmagan, ozlari ham gofil bo`lgan qavmlarni ogohlantirishing uchun.
Batahqiq, ularning koplariga (azob) sozi haq bo`ldi. Bas, ular iymon keltirmaslar.
Biz ularning boyinlariga kishanlar soldik. Ular iyaklarigacha yetadir. Bas, ular kozlari yumuq, osmonga qarab godayib qoldilar.
Va Biz ularning oldidan ham tosiq qildik, orqalaridan ham tosiq qildik, kozlariga parda tortdik. Bas, ular kormaslar.
Va ularga bari birdir — qorqitsang ham va yoki qorqitmasang ham — iymonga kelmaslar.
Sen esa, faqat Zikr(eslatma)ga ergashgan va Rohmandan goyibona qorqqan kimsani ogohlantirursan. Bas, unga magfirat va gozal ajrning xushxabarini ber.
Albatta, Biz Ozimiz oliklarni tiriltirurmiz va ular taqdim qilgan narsalarni va qoldirgan asarlarni yozurmiz. Ochiq-oydin imomda(ya'ni nomai a'molda) har bir narsaning hisobini olib qo`yganmiz.
Sen ularga Payg`ambarlar shahar aholisiga kelgan paytni misol qilib keltir.
Oshanda Biz ularga ikkitani yuborgan edik, ular ikkovlarini yolgonchiga chiqardilar. Bas, Biz uchinchi bilan qolladik. Shunda: «Albatta, biz sizlarga yuborilgan Paygambarlarmiz», dedilar.
Ular: «Siz bizga oxshagan bashardan boshqa narsa emassiz. Rohman hech narsa nozil qilgani yoq. Sizlar faqat yolgon sozlamoqdasiz, xolos», dedilar.
Ular: «Robbimiz biladi. Albatta, biz sizlarga yuborilgan Payg`ambarlarmiz», dedilar.
Bizning zimmamizda ochiq-oydin yetkazishdan boshqa narsa yo`q.
Ular: «Biz sizlardan badgumon boldik. Agar toxtamasangiz, sizni albatta toshbo`ron qilurmiz va sizga bizdan alamli azob yetadir», dedilar.
Ular: «Badgumonligingiz ozingiz bilan. Sizga eslatma berilganigami?! Yoq! Siz o`zingiz isrofchi qavmsiz», dedilar.
Shahar chetidan bir kishi shoshilib kelib: «Ey qavmim, yuborilgan Payg`ambarlarga ergashing!
Sizdan ajr-haq soramaydigan, ozlari hidoyatda bo`lgan shaxslarga ergashing!
Menga nima bolibdiki, ozimni yaratgan Zotga ibodat qilmayin?! Ungagina qaytarilursizlar.
Men Uni qo`yib, boshqa ilohlar tutaymi?! Agar Rohman menga biror zararni iroda qilsa, ularning shafoati menga hech foyda bermas va ular meni qutqara olmaslar.
Albatta, u taqdirda men ochiq-oydin adashuvda bo`lurman.
Albatta, men Robbingizga iymon keltirdim. Bas, meni tinglangiz», dedi.
«Jannatga kir», deyildi. U: «Koshki, qavmim bilsalar edi.
Robbim meni mag`firat etganini va ikrom qilinganlardan qilganini», dedi.
Biz uning qavmiga undan keyin osmondan biror qo`shin tushirmadik va tushiruvchi emas ham edik.
Faqat birgina qichqiriqdan boshqa narsa bolmadi. Birdan ular sonib qoldilar.
Bandalarga hasratlar bolsin! Har qachon ularga Paygambar kelsa, uni faqat istehzo qilar edilar.
Axir, ular ozlaridan oldingi qancha asrlarni halok etganimizni va, albatta, oshalar ularga qaytmasliklarini ko`rmaydilarmi?!
Albatta, barchalari to`plangan hollarida huzurimizga hozir qilingaylar.
Ular uchun o`lik yer oyat-(belgi)dir. Biz uni tiriltirdik va undan don chiqardik. Bas, undan yerlar.
Va unda xurmo va uzum bog`lari yaratdik hamda ichidan buloqlarni chiqardik.
Uning mevalaridan va oz qollari qilgan narsalardan yeyishlari uchun. Shukr qilmaydilarmi?!
Yer ostiradigan narsalardan, ularning ozlaridan va ular bilmaydigan narsalardan, barchasidan juftlarni yaratgan Zot pok bo`ldi.
Ular uchun kechasi ham oyat (belgi)dir. Biz uni kunduzdan shilib olurmiz. Bas, ular birdan zulmatda qolguvchilardir.
Quyosh oz istiqrori uchun jarayon etar. Bu aziyzu ota bilguvchi Zotning taqdir qilganidir.
Oyni esa, toki eski (xurmo) shingili (holiga) qaytgunga qadar manzillarini bichib qo`yganmiz.
Na quyoshning oyga yetib olmogi durust bolar va na kecha kunduzdan o`zib ketar. Har biri falakda suzib yurar.
Ular uchun Biz ularning nasllarini tola kemada kotarganimiz ham bir oyat(belgi)dir.
Va Biz ular uchun unga o`xshash minadigan narsalarni xalq qildik.
Agar xohlasak, ularni garq eturmiz. Bas, ularning yordamchisi bolmas va ular qutqazilmaslar ham.
Magar Bizdan bir rahmat va ma'lum muddatgacha bahramand bolish bolsagina (omon qolurlar).
Ularga: «Oldingizdagi narsadan va ortingizdagi narsadan qo`rqing. Shoyad, rahim qilinsangiz», deyilganda...
Va ularga Robbilari oyatlaridan bir oyat kelganda, faqat undan yuz ogirguvchi bolurlar.
Ularga: «Alloh sizga rizq qilib bergan narsadan infoq qilinglar», deyilganida, kufr keltirganlar iymon keltirganlarga: «Alloh xohlasa, O`zi taom beradigan kimsani biz taomlantiramizmi?! Siz ochiq-oydin zalolatdan boshqa narsada emassiz», derlar.
Ular: «Agar rostgoy bolsangiz, bu va'da qachon bo`lur?» derlar.
Ular talashib-tortishib turganlarida ozlarini birdan oladigan birgina qichqiriqdan boshqa narsani kutayotganlari yoq.
Ular na vasiyat qilishga qodir bolarlar va na oz ahllariga qaytarlar.
Va surga puflandi. Bas, ular birdan Robbilari tomon qabrlardan shoshilib chiqurlar.
Ular: «Voh, shorimiz qurisin! Bizni yotgan joyimizdan kim qozgatdi?! Bu Rohman va'da qilgan va yuborilgan Paygambarlar tasdiqlagan narsa-ku?!» – derlar.
Faqat birgina qichqiriqdan boshqa narsa bolgani yoq. Bas, ular birdan to`planib, huzurimizda hozir qilingandirlar.
Bugungi kunda biror jonga hech bir zulm qilinmas. Qilib o`tgan amallaringizdan boshqasiga jazo ham olmassiz.
Albatta, jannat egalari u kunda rohatlanish ila mashg`ullar.
Ular va ularning juftlari soyalarda so`rilarda yonboshlab yoturlar.
Ular uchun u yerda mevalar bordir. Ular uchun u yerda istagan narsalari bordir.
Rohiym bolgan zot Robbdan «Salom» sozi bordir.
Ey, jinoyatchilar! Bugungi kunda siz ajralingiz!
Men sizlarga: «Ey, Odam bolalari, shaytonga ibodat qilmang, albatta, u sizga ochiq-oydin dushmandir.
Va Menga ibodat qiling, mana shu togri yo`ldir», deb amr qilmagan edimmi?!
Batahqiq, u sizlardan kopchilik avlodni adashtirdi. Aql yurituvchi bolmagan edingizmi?!
Mana bu sizga va'da qilingan jahannamdir!
Kufr keltirib o`tganingiz tufayli bugungi kunda unga kiring!
Bugungi kunda ularning ogizlariga muhr uramiz. Nima kasb qilganlarini Bizga qollari so`zlar va oyoqlari guvohlik berur.
Agar xohlasak, kozlarini tep-tekis qilib qoyurmiz. Bas, ular yolga shoshilurlar. Ammo, qanday ham korsinlar.
Agar xohlasak, ularni joylarida qotirib qoyurmiz. Bas, oldinga yurishga ham qodir bolmaslar, ortga ham qayta olmaslar.
Kimning umrini uzoq qilsak, uni xilqatida nochor qilib qoyamiz. Axir, aql ishlatib kormaydilarmi?!
Biz unga she'rni ta'lim berganimiz yoq. Bu uning uchun togri ham kelmas. U — zikr va ochiq-oydin Qur'ondan ozga narsa emas.
Tirik bolgan shaxslarni ogohlantirish va kofirlarga (azob) sozini haq qilish uchundir.
Axir, Biz ular uchun Oz qollarimiz-la qilgan narsalardan chorvalarni yaratib qoyganimizni kormaydilarmi?! Bas, ular o`shalarga molik(ega)dirlar-ku!
Biz ularga osha(hayvon)larni boyinsundirib qo`ydik. Bas, ulardan markablari bor va ulardan yerlar.
Ular uchun o`shalarda manfaatlar va ichimliklar bor. Axir, shukr qilmaydilarmi?!
Ular Allohdan ozga ilohlar tutdilar. Goyoki, ularga yordam berilar emish.
Ularning yordamiga («xudolari») qodir bolmaslar. Ular esa, osha(«xudo»)lari uchun hozir qilingan askardirlar.
Ularning gapi seni xafa qilmasin. Albatta, Biz nimani sir tutsalar va nimani oshkor qilsalar, bilurmiz.
Inson Biz uni nutfadan yaratganimizni bilmaydimi?! Endi esa, u ochiq-oydin xusumatchi bo`lib turibdi?!
U Bizga misol keltirdi va o`z yaratilishini unutdi. «Suyaklarni kim tiriltirur? Holbuki, ular titilib ketgan-ku?!» – dedi.
Sen: «Ularni ilk marta yo`qdan bor qilgan Zot tiriltiradi va u har bir yaratilgan narsani yaxshi bilguvchidir», deb ayt.
U zot sizlarga yashil daraxtdan olov qilib bergandir. Endi esa, siz undan olov yoqmoqdasiz.
Osmonlaru yerni yaratgan Zot ularga oxshashni yaratishga qodir emasmi?! Yoq! U ota yaratguvchi, ota bilguvchi Zotdir.
Qachon biron narsani iroda qilsa, Uning ishi «Bol» demoqlikdir, xolos. Bas, u narsa bolur.
Bas, barcha narsaning tom egaligi qolida bolgan Zot pokdir. Ungagina qaytarilursizlar.