Barcha Islom kutubxonasi

35 - Originator - Fāţir

:1

Hamdu sano osmonlaru yerni yoqdan bor qilgan, farishtalarni ikki, uch, tort qanotli elchilar qilgan Allohga bo`lsin. U zot maxluqotlarda nimani xohlasa, ziyoda qilur. Albatta, Alloh har bir narsaga qodirdir.

:2

Alloh odamlarga ne rahmatni ochsa, bas, uni tutib qolguvchi bolmas. U zot tutib qolgan narsani Undan keyin qoyib yuborguvchi bo`lmas. U zot Aziyzu Hakiymdir.

:3

Ey odamlar! Allohning sizga bergan ne'matlarini eslang! Sizlarga osmon va yerdan rizq beradigan Allohdan boshqa xoliq bormi? Undan ozga ibodatga sazovor zot yoq. Bas, qayon ketmoqdasiz?!

:4

Agar seni yolgonchiga chiqarsalar, bas, sendan oldin ham Paygambarlar yolg`onchi qilinganlar. Barcha ishlar Allohga qaytarilur.

:5

Ey odamlar! Albatta, Allohning va'dasi haqdir. Bas, dunyo hayoti sizni gururga ketkazmasin. Ota gururga ketkazguvchi sizni Alloh ila gururga ketkazmasin.

:6

Albatta, shayton sizga dushmandir. Bas, uni dushman tuting. U oz guruhini faqat ota qizigan dozaxga ega bolishlariga chaqirur.

:7

Kufr keltirganlarga shiddatli azob bordir. Iymon keltirib, solih amallarni qilganlarga mag`firat va ulkan ajr bordir.

:8

Axir, qilgan yomon amali oziga ziynatlab korsatilib, uni go`zal deb bilgan odam(dan yaxshilik chiqarmidi)?! Albatta, Alloh xohlagan kimsani zalolatga ketkazur, xohlagan kimsani hidoyatga solur. Bas, ularga joning hasrat-la achinmasin. Albatta, Alloh nima qilayotganlarini yaxshi bilguvchidir.

:9

Alloh shamollarni yuborgan Zotdir. Bas, ular bulutni qozgatadi. Biz uni olik yurt tomon haydab, u bilan yerni olib yotganidan keyin tiriltirurmiz. Tirilish ham shunga o`xshashdir.

:10

Kimki izzat istasa, bas, barcha izzat Allohnikidir. Unga xush kalomlar yuksalur va solih amal kotarur uni. Makr ila yomonliklar qilganlarga shiddatli azob bordir. Ana oshalarning makri botil bo`lur.

:11

Alloh sizlarni tuproqdan, songra nutfadan yaratib, keyin juft-juft qilib qoydi. Qaysi bir urgochi nimaga homilador bolsa, nimani tugsa, faqat Uning ilmi bilan bolur. Har bir umr ko`rguvchiga umr berilishi yoki uning umrining qisqartirilishi albatta kitobda bordir. Albatta, bu Allohga osondir.

:12

Daryoyu dengiz, ikkisi teng bola olmas. Bunisi totli, chanqoq bosar, ichish osondir. Bunisi esa shor, taxirdir. Siz har biridan toza gosht yeysiz va taqinchoq chiqarib taqursiz. Va Uning fazlidan talab qilishingiz uchun u(suv)ni yorib ketayotgan kemalarni korursiz. Shoyadki, shukr qilsangiz.

:13

U zot kechani kunduzga, kunduzni kechaga kiritur, quyosh va oyni beminnat xizmatkor qilib qoygandir. Har biri belgilangan muddatgacha yuradir. Ana shu Alloh Robbingizdir. Mulk Unikidir. Undan ozga iltijo qilayotganlaringiz esa, danak postlogiga ham molik emaslar.

:14

Agar ularga duo qilsangiz, duoingizni eshitmaslar. Gar eshitsalar ham, sizga javob bera olmaslar. Qiyomat kuni esa, sizning ularni shirk keltirganingizni inkor eturlar. O`ta xabardor Zotdek hech kim senga xabar bera olmas.

:15

Ey odamlar! Sizlar Allohga muhtojdirsiz. Alloh esa, O`zi behojat va maqtalgan Zotdir.

:16

Agar U zot xohlasa, sizni ketkazib, yangi bir xalqni keltirur.

:17

Va bu Alloh uchun qiyin emasdir.

:18

Ozi yukli jon ozga jonning yukini kotara olmas. Yuki ogir jon oz yukiga (boshqani) chaqirsa-da, undan hech bir narsa kotarilmas. Garchi qarindosh bolsa ham. Sen faqat gaybdagi Robbilaridan qorqadigan va namozni tokis ado etganlarni ogohlantirursan. Kim poklansa, o`zi uchun poklanur. Qaytish Allohgadir.

:19

Kor bilan kozi ochiq teng bo`lmas.

:20

Zulumotlar bilan nur ham.

:21

Soya bilan jazirama ham.

:22

Tiriklar bilan oliklar teng bolmas. Albatta, Alloh xohlagan kimsaga eshittirur. Sen qabrlardagi kimsalarga eshittirguvchi emassan.

:23

Sen faqat ogohlantirguvchisan, xolos.

:24

Albatta, Biz seni haq ila xushxabarchi va ogohlantirguvchi etib yubordik. Qaysi bir ummatki bolsa, unda ogohlantirguvchi bolgan.

:25

Agar seni yolgonchi qilsalar, bas, batahqiq, ulardan oldin otganlar ham yolgonchi qilganlar. Holbuki, Paygambarlari ularga ravshan mo`'jizalar, sahifalar va nurli kitob keltirgan edilar.

:26

Songra, kufr keltirganlarni tutdim. Bas, Mening inkorim qandoq boldi?!

:27

Allohning osmondan suv tushirganini kormadingmi? Bas, u ila turli ranglardagi mevalarni va toglardan ham yol-yol, oq hamda qizilning turli ranglarini va qop-qoralarini chiqardik.

:28

Shuningdek, odamlardan, hayvonlardan va chorvalardan ham turli ranglardagilarini chiqardik. Allohdan bandalari ichidan faqat olimlarigina qorqarlar. Albatta, Alloh aziyz va ota mag`firatli Zotdir.

:29

Albatta, Allohning kitobini tilovat qiladiganlar, namozni tokis ado etib, Biz ularga rizq qilib bergan narsalardan maxfiy va oshkora infoq qilganlar hargiz kasodga uchramaydigan tijoratdan umidvor bolurlar.

:30

Chunki, U zot ularga ajrlarini toliq qilib berur va Oz fazlidan ziyoda ham qilur. Albatta, U ota magfiratli va Shakur(oz amal uchun ko`p savob beruvchi)dir.

:31

Biz senga vahiy qilgan kitob ayni haqdir, ozidan oldingi narsani tasdiqlovchi bolgandir. Albatta, Alloh Oz bandalaridan ota xabardor va ularni ota korguvchidir.

:32

Songra bu kitobni Oz bandalarimizdan tanlab olganlarimizga meros qildik. Bas, ulardan oziga ozi zulm qiluvchilari bor, ulardan ortachalari bor va ulardan Allohning izni ila yaxshiliklarga ozuvchilar ham bor. Ana shu ayni ulug` fazldir.

:33

Ular adn jannatlariga kirurlar. Unda tillo bilakuzuklar va injular ila bezatilurlar. Unda liboslari ipakdir.

:34

Ular: «Bizdan gam-qayguni ketkazgan Allohga hamdu sano bolsin. Albatta, Robbimiz ota magfiratli va Shakur(oz amal uchun kop savob beruvchi)dir», – derlar.

:35

U zot bizlarni Oz fazli ila bir turar joyga joylashtirdiki, u yerda bizga charchoq ham yetmas, horginlik ham yetmas.

:36

Kufr keltirganlarga jahannam otashi bordir. Ularga na hukm qilinmaski, o`lsalar va na ulardan u(jahannam)ning azobidan yengillatilmas. Har bir kofirni shundoq jazolaymiz.

:37

Ular u yerda: «Ey Robbimiz!!! Bizlarni chiqar!!! Qilib yurgan amallarimizdan boshqa, solih amallar qilamiz!!!» – deb dodu faryod solurlar. «Sizlarga eslaydigan odam eslagudek umr bermagan edikmi?! Sizlarga ogohlantirguvchi kelmagan edimi?! Bas, endi, totaveringlar! Zolimlarga hech bir yordamchi yo`qdir», (deyilur).

:38

Albatta, Alloh osmonlaru yerning gaybini bilguvchidir. Albatta, U dillardagi sirlarni ham ota bilguvchidir.

:39

U zot sizlarni yer yuzida xalifalar qilib qoygandir. Kim kufr keltirsa, uning kofirligi oziga zarar. Kofirlar uchun kufrlari Robbilari huzurida g`azabdan boshqani ziyoda qilmas. Kofirlar uchun kufrlari ziyondan boshqani ziyoda qilmas.

:40

Sen: «Menga Allohdan boshqa iltijo qilayotgan sheriklaringizning xabarini bering-chi?! Menga korsatinglar-chi, ular yerda nimani yaratdilar?! Yoki ularning osmonlar(ishi)da sherikliklari bormi?!» – deb ayt. Yoki Biz ularga kitob berganmiz-u, ular undan biron hujjatga ega bolganlarmi?! Yo`q!!! Zolimlar bir-birlariga aldovdan boshqani va'da qilmaslar.

:41

Albatta, Alloh osmonlaru yerni qulab tushishlaridan ushlab turur. Agar ular qulaydigan bolsalar, Undan ozga hech kim ularni ushlab tura olmas. Albatta, U ota haliym va ota magfiratli bolgan Zotdir.

:42

Ular jon-jahdlari bilan, agar ozlariga ogohlantiruvchi kelsa, har qanday ummatdan kora hidoyatli bo`lishlari haqida Alloh nomi ila qasam ichar edilar. Qachonki ogohlantiruvchi kelganida, ularda nafratdan boshqani ziyoda qilmadi.

:43

Yer yuzida mutakabbirlik va yomon makr uchun (qildilar). Yomon makr esa, faqat oz egasiga qaytadir. Ular faqat ilgarigilarning sunnatiga intizor bolmoqdalar, xolos. Allohning sunnatiga hargiz badal topa olmassan. Allohning sunnatiga hargiz o`zgartirish topa olmassan.

:44

Axir, ular yer yuzida yurib ozlaridan oldin otganlarning oqibati qandoq bolganiga nazar solmaydilarmi?! Holbuki, oshalar bulardan kora quvvatliroq edilar. Na osmonlarda va na yerda biror narsa Allohni ojiz qoldira olmas. Albatta, U zot ota ilmli va o`ta qodirdir.

:45

Agar Alloh odamlarni qilganlariga yarasha oladigan bolsa, yer ustida qimir etgan jonivorni qoymas edi. Lekin ularni belgilangan muddatgacha qoyib qoyur. Osha ajallari kelganda esa... Bas, albatta, Alloh bandalarini korib turguvchi Zotdir.