34 - Sheba - Saba
Osmonlardagi narsalar va yerdagi narsalar Uniki bolgan Allohga hamd bolsin. Oxiratdagi hamd ham Unikidir. Va U ota hikmatli, ota xabardor Zotdir.
U, yerga nima kirsa va undan nima chiqsa, biladir, osmondan nima tushsa va unga nima chiqsa, biladir. Va U ota rahimli va ota mag`firatli Zotdir.
Kufr keltirganlar: «Bizga soat (qiyomat) kelmas», dedilar. Sen: «Yoq! Foyibni bilguvchi Robbim ila qasamki, u sizlarga albatta kelur. U zotdan osmonlaru yerdagi zarra vaznicha, undan kichik narsa ham, katta narsa ham goyib bo`lmas. Illo, hammasi ochiq kitobdadir», deb ayt.
Iymon keltirgan va yaxshi amallarni qilganlarni mukofotlash uchun. Ana oshalarga, magfirat va go`zal rizq bordir.
Bizning oyatlarimizni ojiz qoldirguvchi bolish uchun harakat qilganlarga esa, ana oshalarga, alamli jazodan iborat azob bordir.
Ilm berilganlar senga Robbingdan nozil qilingan narsani ayni haq deb va aziyz va maqtalgan Zotning yo`liga hidoyat qiladir, deb bilurlar.
Kufr keltirganlar esa: «Sizlarga butunlay titilib bitgan chogingizda albatta, yangitdan yaratilishingiz xabarini berayotgan kishini korsataylikmi?!
U, Allohga nisbatan yolgon toqidimi yoki jinni bolib qoldimi?» – dedilar. Yoq! Oxiratga iymon keltirmaydiganlar azobda va yiroq zalolatdadirlar.
Axir, ular osmonu yerdagi, oldilaridagi narsalarni, ortlaridagi narsalarni ko`rmaydilarmi?! Agar xohlasak, ularni yerga yuttirib yuborurmiz yoki ustlariga osmondan parchalar tushirurmiz. Albatta, bunda U zotga qaytguvchi har bir banda uchun oyat(belgi) bordir.
Batahqiq, Biz Dovudga Ozimizdan fazl berdik. «Ey toglar, u bilan birga (tasbihni) qaytar va qushlar ham», (dedik). Va unga temirni yumshoq qildik.
Va (unga): «Sovutlar qilgin va bichimini olchovli qil. Solih amallar qilinglar. Albatta, Men nima amal qilayotganingizni yaxshi korib turguvchiman, dedik.
Va Sulaymonga shamolni (berdik). U(shamol)ning ertalab ketishi bir oylik, kechqurun qaytishi bir oylik yol edi. Unga mis bulogini oqizib qo`ydik va jinlardan Robbining izni ila uning huzurida ishlaydiganlari bor edi. Ulardan kim amrimizdan chiqsa, unga qattiq olov azobini tottiramiz.
U(jin)lar unga mehroblar, haykallar, hovuzlar kabi laganlar va sobit qozonlardan xohlaganini qilib berishar edi. Ey, Oli Dovud, shukr qilinglar! Bandalarimdan shukr qilguvchilari ozdir.
Qachonki, Biz u(Sulaymon)ga olimni hukm etganimizda, ularga uning olimi haqida asosini yeyayotgan yogoch qurtidan boshqa hech bir narsa dalolat qilmadi. Qachonki, u yiqilganda, jinlarga, agar ular gaybni bilganlarida, xorlovchi azobda qolmagan bolishlari ayon boldi.
Batahqiq, saba'liklar uchun oz maskanlarida oyat (belgi) — ong va chapdan ikki bog bor edi. «Robbingiz rizqidan yeng va Unga shukr qiling! Ne gozal yurt va ota magfiratli Robbingiz bor», (dedik).
Ular yuz ogirdilar. Bas, Biz ustlariga arim selini yubordik va ularning ikki boglarini achchiq mevali, yulgunzor va bir ozgina sidrli ikki «bog»ga aylantirdik.
Ularni noshukrlik qilganlari uchun ana shundoq jazoladik. Biz faqat o`ta noshukrlargagina jazo berurmiz.
Biz ular bilan Ozimiz barakali qilgan shaharlar orasida ketma-ket qishloqlar qilib, ular orasidagi yurishni olchovli etib qo`ygan va «Ularda kechalar ham, kunduzlar ham omonlik-la yuravering», (degan edik).
Ular: «Ey Robbimiz, safarlarimiz orasini uzoq qil!» dedilar va ozlariga zulm qildilar. Bas, Biz ularni hikoyalarga aylantirdik va butunlay parcha-parcha qilib tashladik. Albatta, bunda har bir ota sabrli va o`ta shukrli uchun oyat (belgi)lar bordir.
Batahqiq, iblis ular haqidagi gumonini royobga chiqardi. Bas, faqat bir guruh mominlardan boshqalari unga ergashdilar.
Holbuki, uning ular ustidan hech bir hukmronligi bolmas edi. Magar, Biz oxiratga iymon keltiradiganni unda (oxiratda) shaki bordan ayirishimiz uchun boldi. Robbing har bir narsani muhofaza qilguvchidir.
Sen: «Allohdan ozga gumon qilganlaringizga duo qilaveringlar! Ular osmonlaru yerda zarra vaznicha narsaga molik emaslar. Ularga bu(ikki)larida sheriklik ham yoq. Va U zotga ulardan birorta yordamchi ham yo`q», deb ayt.
U zotning huzurida faqat Ozi izn berganlardan boshqaning shafoati manfaat bermas. Toki qalblaridan qorqinch ketgach: «Robbingiz nima dedi?» – derlar. «Haqni», derlar. U oliy va buyuk Zotdir.
Sen: «Sizga osmonlaru yerdan kim rizq beradir?» – deb ayt. Sen: «Alloh. Va albatta, biz yoki siz hidoyatda yoxud ochiq-oydin zalolatdadirmiz», deb ayt.
Sen: «Sizlar biz qilgan jinoyatdan soralmassiz, biz esa siz qilgan amaldan soralmasmiz», deb ayt.
Sen: «Robbimiz bizlarni jamlar, songra haq ila oramizni ochiq qilur. U ota ochguvchi va o`ta bilguvchidir», deb ayt.
Sen: «U zotga sheriklar qilib tiqishtirganlaringizni menga korsating. Yoq! Faqat Aziyz va Hakiym bo`lgan Allohgina bordir», deb ayt.
Biz seni barcha odamlarga faqat xushxabarchi va ogohlantirguvchi qilib yubordik. Lekin odamlarning ko`plari bilmaslar.
Ular: «Agar rostgoy bolsangiz, bu va'da qachon bo`lur?» – derlar.
Sen: «Sizga bir kunning va'dasi bor. Undan bir on ortga ham qola olmassiz, oldin ham keta olmassiz», deb ayt.
Kufr keltirganlar: «Ushbu Qur'onga ham, undan oldingi narsaga ham hech iymon keltirmasmiz», dedilar. Agar sen osha zolimlarning Robbilari huzurida turgazib qoyilganlarida bir-birlariga gap qaytarayotganlarini korsang edi. Oshanda zaif sanalganlar mutakabbirlik qilganlarga: «Siz bolmaganingizda, albatta, biz momin bolar edik», derlar.
Mutakabbirlik qilganlar zaif sanalganlarga: «Sizga hidoyat kelganidan keyin biz sizni undan tosdikmi?! Yoq! Ozingiz jinoyatchi boldingiz», derlar.
Zaif sanalganlar mutakabbirlik qilganlarga: «Yoq! Kechayu kunduzning makr-hiylasi (tosdi). Oshanda sizlar bizni Allohga kufr keltirishimizga, unga tengdoshlar qoshishimizga amr qilar edingiz», dedilar. Ular azobni korgan choglarida nadomatni ichlarida tutdilar. Biz kufr keltirganlarning bo`yinlariga kishanlar soldik. Ular faqat qilib yurgan amallariga yarasha jazolanurlar.
Qaysiki bir shahar-qishloqqa ogohlantirguvchi yuborsak, albatta, uning maishatbozlari: «Biz, albatta, siz ila yuborilgan narsaga kufr keltirguvchilarmiz», dedilar.
Ular: «Bizning molu dunyomiz, bola-chaqamiz ko`proq. Biz azoblanguvchi emasmiz», derlar.
Sen: «Albatta, Robbim xohlagan kishisiga rizqni keng qilur va tor qilur. Lekin odamlarning ko`plari bilmaslar», deb ayt.
Na molu dunyolaringiz va na bola-chaqalaringiz sizni Bizning huzurimizga yaqin qila olmas. Magar kim iymon keltirgan va solih amal qilgan bolsa, ana oshalargagina qilgan amallari tufayli ko`paytirilgan mukofot bordir. Ular (jannat) boloxonalarida omonlikdadirlar.
Bizning oyatlarimizni ojiz qoldirish uchun harakat qiladiganlar esa, ana o`shalar azob ichiga hozir qilinganlardir.
Ayt: «Albatta, Robbim rizqni Oz bandalaridan kimni xohlasa oshanga keng qilur va tor qilur. Har bir infoq qilgan narsangizning ornini U toldirur. U zot rizq berguvchilarning yaxshisidir».
Ularning barchalarini jamlaydigan, so`ngra U zot farishtalarga: «Anavilar sizlarga ibodat qilgan edilarmi?» deydigan kunda...
Ular: «Sen poksan! Sen bizning valiyimizsan! Ular emas! Yoq! Ular jinlarga ibodat qilar edilar. Koplari o`shalarga iymon keltirguvchidirlar», derlar.
Bugungi kunda bir-biringiz uchun manfaatga ham, zararga ham molik emassizlar. Va zulm qilganlarga: «Ozingiz yolgonga chiqarib yurgan olovning azobini tatib ko`ring», dermiz.
Qachonki ularga Bizning ochiq-oydin oyatlarimiz tilovat qilinsa: «Bu, sizni ota-bobolaringiz ibodat qilib yurgan narsadan tosmoqni iroda qiladigan odam, xolos», dedilar va «Bu, toqilgan uydirmadan boshqa narsa emas», dedilar. Va kufr keltirganlar ozlariga haq kelgan chogda: «Bu, ochiq-oydin sehrdan boshqa narsa emas», dedilar.
Holbuki, Biz ularga dars oladigan kitoblarni bermagan edik. Shuningdek, sendan oldin ularga biror ogohlantirguvchi ham yubormagan edik.
Ulardan ilgari otganlar ham (Paygambarlarni) yolgonchi qilgan edilar. (Bular) ularga bergan narsalarimizning ondan biriga ham yetganlari yoq. Bas, Paygambarlarimni yolgonchi qildilar, ammo inkorim qandoq boldi?!
Sen: «Men sizga birgina nasihat qilurman: Alloh uchun xolis, yakka-yakka va top-top turib bir fikr yuritib koringlar. Sohibingizda jinga oid hech narsa yoq. U sizlarga shiddatli azobdan oldingi ogohlantirguvchi, xolos», deb ayt.
Sen: «Men sizlardan hech bir ajr-haq soramadim. Bas, u sizga bolsin. Mening ajrim faqat Allohning zimmasida. U zot har bir narsaga O`zi shohiddir», deb ayt.
Sen: «Albatta, Robbim haqni otur. U zot gayblarni ota bilguvchidir», deb ayt.
Sen: «Haq keldi! Botil boshlay olmas va qaytara ham olmas», deb ayt.
Sen: «Agar men zalolatga ketgan bolsam, oz zararimga ketaman. Agar hidoyat topsam, Robbim menga vahiy qilgan narsa tufayli topaman. Albatta, U zot o`ta eshitguvchi, yaqindir», deb ayt.
Agar ularning talvasaga tushishlarini, endi qochib qutulish yoq va yaqin makondan tutilishlarini bir korsang edi?
Ular: «Unga iymon keltirdik», derlar. Endi, uzoq bir makondan qo`llari qandoq yetsin?!
Holbuki, unga oldin kufr keltirgan edilar. Foyibga uzoq joydan tosh otar edilar.
Va ular bilan ozlari ishtaha qilgan narsaning orasi tosildi. Xuddi oldin o`tgan maslakdoshlari kabi. Albatta, ular shak-shubha ichida edilar.